Norkuzieva Dildora Sheralievnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Zoomorfizmlarning lingvomadaniy tavsifi (o‘zbek va nemis tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/2967
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismailov Salaxiddin Ismailovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nazarov Sardor Xasanovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va nemis leksikografik manbalarida zoonim olami kognitiv manzarasining aks ettirilishini qiyoslash asosida zoomorfizm shakllanishini belgilovchi kognitiv mezonlarni aniqlash va zoomorfizm vositasida shaxsni identifikatsiyalash hamda tavsiflashning kognitiv-madaniy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hayvonot olami manzarasi obektlarini nomlash sohasining leksik kategoriyalarini ifodalovchi atamalarining nominativ salohiyati etnolisoniy ongda shakllangan zoonim asl ma’nosining semantik belgilarini ham, “hayvon→predmet→tushuncha” semantik modelidagi zoometafora ma’nolarini ham, “hayvon→odam” semantik modelidagi zoomorfizm baholovchi konnotatsiyalarni ham anglatish qobiliyatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
zoomorf leksikaning ko‘rish, kuzatish, eshitish, hidlash, sezish, ta’m bilish kabi idrok kanallari orqali qabul qilinadigan lingvokognitiv hamda tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati, xarakteri, yashash tarzini idrok etish va kuzatish orqali milliy ongda shakllangan tasavvurlarining lingvomadaniy jihatlari ochib berilgan;
nemis jamiyatida kuchli, ziyrak, tajribali, o‘zbek jamiyatida esa kuchli, yuvosh, beozor kabi ijobiy fazilatlar ustuvor qadriyatlar ekanligi hamda ahmoq, qo‘rqoq, ochko‘z belgilari nemis lingvomadaniyatida eng ko‘p qoralanishi, ahmoq o‘jar, ayyor belgilari esa o‘zbek lingvomadaniyatida qoralanishi asoslab berilgan;
ayrim zoomorfizmlar metaforik yoki metonimik ko‘shishlar asosida o‘zbek va nemis jamiyatida o‘ta salbiy baholanadigan sifatlarga ega bo‘lishi va nemislarga ham, o‘zbeklarga ham jiddiy kamchilik yoki shaxsning ijtimoiy xulq-atvor me’yorlaridan chetga chiqishi bo‘lib ko‘rinishi, ularning yordamida odamni haqorat qilish mumkinligi ko‘rsatilgan, invektiv gaplar sifatida shaxs haqidagi mulohazalarni ekstremal shaklda ifodalab, qiyoslanayotgan madaniy hamjamiyatning qadriyatli belgilar tizimini aks ettirishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek va nemis tillaridagi zoomorfizmlarning kognitiv va lingvomadaniy tahlili jarayonida erishilgan natijalar asosida:
           hayvonot olami manzarasi obektlarini nomlash sohasining leksik kategoriyalarini ifodalovchi atamalarining nominativ salohiyati etnolisoniy ongda shakllangan zoonim asl ma’nosining semantik belgilarini ham, “hayvon→predmet→tushuncha” semantik modelidagi zoometafora ma’nolarini ham, “hayvon→odam” semantik modelidagi zoomorfizm baholovchi konnotatsiyalarni ham anglatish qobiliyatida namoyon bo‘lishi haqidagi ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 12-yanvardagi №17.01/236-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalar zoomorfizmlarning etnolingvomadaniy tavsifi (o‘zbek va nemis tillari misolida) yuzasidan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
zoomorf leksikaning ko‘rish, kuzatish, eshitish, hidlash, sezish, ta’m bilish kabi idrok kanallari orqali qabul qilinadigan lingvokognitiv hamda tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati, xarakteri, yashash tarzini idrok etish va kuzatish orqali milliy ongda shakllangan tasavvurlarining lingvomadaniy jihatlari ochib berilganligi xususidagi nazariy xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand”, “Qadriyat” loyihalarida foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-yanvardagi №01.07/9-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi teletomoshabinlariga o‘zbek va nemis tillari tizimida mavjud bo‘lgan zoomorfizmlar vositasida shaxsni identifikatsiyalash va tavsiflashdagi umumiy hamda milliy o‘ziga xos hayvon obrazlari haqida ma’lumotlar taqdim etilgan;
nemis jamiyatida kuchli, ziyrak, tajribali, o‘zbek jamiyatida esa kuchli, yuvosh, beozor kabi ijobiy fazilatlar ustuvor qadriyatlar ekanligi hamda ahmoq, qo‘rqoq, ochko‘z belgilari nemis lingvomadaniyatida eng ko‘p qoralanishi, ahmoq o‘jar, ayyor belgilari esa o‘zbek lingvomadaniyatida qoralanishi haqidagi xulosalardan Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi qozoq milliy pedagogika universiteti talaba va magistrantlariga Germaniya tarixi, madaniyati, nemis tilidagi zoomorfizmlar ma’nolarining kognitiv va lingvomadaniy tahlili, xalq og‘zaki ijodi, qadimiy urf-odat va an’analarini o‘qitishda, madaniyatlararo muloqot, etnografizmlar haqidagi modullarni tuzishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi qozoq milliy pedagogika universitetining 2024-yil 11-yanvardagi №10-07-28/30-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis tilidagi zoomorfizmlar ma’nolarining kognitiv va lingvomadaniy tahlillari leksik tizimning uzviy bo‘lagi ekanligini aks ettirilishiga doir o‘quv kurslar tashkil qilinish saviyasini oshirilishiga erishilgan;
ayrim zoomorfizmlar metaforik yoki metonimik ko‘shishlar asosida o‘zbek va nemis jamiyatida o‘ta salbiy baholanadigan sifatlarga ega bo‘lishi va nemislarga ham, o‘zbeklarga ham jiddiy kamchilik yoki shaxsning ijtimoiy xulq-atvor me’yorlaridan chetga chiqishi bo‘lib ko‘rinishi, ularning yordamida odamni haqorat qilish mumkinligi ko‘rsatilgan, invektiv gaplar sifatida shaxs haqidagi mulohazalarni ekstremal shaklda ifodalab, qiyoslanayotgan madaniy hamjamiyatning qadriyatli belgilar tizimini aks ettirishiga dalillangan xulosalardan Akademik B.G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari amaliyotida bevosita foydalanildi (Akademik B.G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universitetining 2024-yil 11-yanvardagi №01/148-son ma’lumotnomasi). Natijada “Zamonaviy nemis adabiyoti”, “Adabiyot nazariyasi”, “Nemis tili tarixi”, “Matnshunoslik”, “Madaniyatshunoslik” kurslari mazmuni yanada boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish