Musaev Baxrom Baxtierovichning
pedagogika fanlari doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholini gimnastika vositalari yordamida sog‘lomlashtirish konsensiyasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped678
Ilmiy rahbar:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xankeldiev Sher Xakimovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muhammadiev Komil Burxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bugungi kundagi uy sharoitida aholiga gimnastika vositalari yordamida jismoniy tarbiya va sport xizmatini ko‘rsatishda ularga kasalliklarini oldini olish va profilaktika ishlarini keng targ‘ib qilish strategiyasi asosida amalga oshirish mexanizmlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholini keng qatlamini gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi mashqlari orqali jismoniy faollik darajasini oshirish hamda kasbiy-amaliy tayyorlashning pedagogik jarayonini samarali rejalashtirishda o‘quv-mashg‘ulotlarini boshqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan harakat tayyorgarligini tabaqalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarlik darajasini monitoring qilish samaradorligi oshirilgan;
jins va yosh guruhlari bo‘yicha ixtiyoriy va majburiy nazorat mashq me’yorlari dasturini ishlab chiqish hisobiga psixoemotsional-jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda mustaqil rivojlanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
aholi jismoniy ish qobiliyatini oshirish uchun maxsus-harakat tayyorgarligi va zahira imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan sog‘lomlashtiruvchi-gimnastikasi maxsus mashqlar majmuasini kun tartibiga kiritish hisobiga organizmning jismoniy va funksional tayyorgarligini ekspert baholash uslubiyati takomillashtirilgan;
aholining mehnatga mos guruh yoshini kasbiy-mehnat faolligini optimallashtirish uchun mehnat sharoitlarini inobatga olgan holda sog‘lolashtiruvchi gimnastikasi tarkibiga kiruvchi “Kirish gimnastikasi, Gimnastika pauzalari, faol dam olish pauzasi” daqiqalari majmuasini kasbiy-amaliy faoliyatiga kiritish hisobiga mehnat faoliyati samaradorligi oshirilgan;
og‘ir mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning oraganizmini qayta tiklashda turli mushak guruhlari faolligini oshirishga qaratilgan o‘rta og‘irlikdagi kombinatsiyalashgan statik va dinamik mashq (o‘rtacha 6-10) daqiqalarini ish kuni tartibiga kiritish hisobiga mehnat yuklamasining ta’sir darajasini pasaytirish imkoniyati kengaytirilgan;
ishchi xodimlarning jismoniy va aqliy zo‘riqishlarini oldini olish uchun kundalik mehnat faoliyati davomida jismoniy faollikni oshirish orqali bo‘g‘imlar harakatchanligini rivojlantirishga qaratilgan (tiklovchi va tinchlantiruvchi) mashqlar blokini jismoniy-sog‘lomlashtirish tadbirlariga kiritish hisobiga kun davomida faol dam olish imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi bilan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil qilish, mashqlar majmuasini tuzish, mashqlarni tanlashda tabaqalashtirilgan modulli texnologiyalarni qo‘llash bo’yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
aholini keng qatlamini gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi mashqlari orqali jismoniy faollik darajasini oshirish hamda kasbiy-amaliy tayyorlashning pedagogik jarayonini samarali rejalashtirishda o‘quv-mashg‘ulotlarini boshqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan harakat tayyorgarligini tabaqalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Nurafshon shahri mahallarida istiqomat qiluvchi aholining kun tartibiga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabr 03-16/8864-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining antropometrik o‘lchashlarni amalga oshirish jarayonida, tadqiqot boshida TGning vazn-bo‘y indeksi (489,92±10,21 g/sm) ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan bo‘lsa ham, pedagogik tajriba oxirida u 12,1%ga pasaydi va me’yor darajasiga to‘g‘ri kelganligi (P<0,05) aniqlangan;
jins va yosh guruhlari bo‘yicha ixtiyoriy va majburiy nazorat mashq me’yorlari dasturini ishlab chiqish hisobiga psixoemotsional-jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon viloyati Andijon shahri mahallarida istiqomat qiluvchi aholining kun tartibiga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabr 03-16/8864-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining umumiy jismoniy xolatini monitoringi o‘tkazish uchun majburiy va ixtiyoriy testlar tanlab olindi. Qayd etilgan natijalar shuni ko‘rsatdiki tadqiqotdan oldin olingan natijalarga nisbatan majburiy sinovlarda erkaklar 12,1% ayollarda esa 15,4% o‘sish kuzatilgan bo‘lsa ixtiyoriy sinflarda esa erkaklarda 12,7 ayollarda 14,2% o‘sgan;
aholi jismoniy ish qobiliyatini oshirish uchun maxsus-harakat tayyorgarligi va zahira imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan sog‘lomlashtiruvchi-gimnastikasi maxsus mashqlar majmuasini kun tartibiga kiritish hisobiga organizmning jismoniy va funksional tayyorgarligini ekspert baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Jizzah viloyati Jizzax mahallarida istiqomat qiluvchi aholining kun tartibiga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabr 03-16/8864-son ma’lumotnomasi). Natijada, NGda - 11,9±0,4 marta (o‘rtacha daraja), TGda esa - 8,3±0,3 marta (past daraja), ya’ni o‘tirgan ishchi holat va kam harakatli kasb faoliyatining ustuvorligi tajriba guruhi sinaluvchilarda qorin pressi mushaklarining rivojlanish darajasi past ekanligi oldindan aniqlab berilgan;
aholining mehnatga mos guruh yoshini kasbiy-mehnat faolligini optimallashtirish uchun mehnat sharoitlarini inobatga olgan holda sog‘lolashtiruvchi gimnastikasi tarkibiga kiruvchi “Kirish gimnastikasi, Gimnastika pauzalari, faol dam olish pauzasi” daqiqalari majmuasini kasbiy-amaliy faoliyatiga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Nurafshon shahri mahallarida istiqomat qiluvchi aholining kun tartibiga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabr 03-16/8864-son ma’lumotnomasi). Natijada,  psixo-emotsional holatni yaxshilash monitoringi pedagogik tajriba jarayonida tajriba guruhi sinaluvchilarida umumiy zo‘riqish (9,3%) pasayganligi hamda qulaylik (11,2%), emotsional tonus (16,7%), ruhiy faollashish (15,5%), qiziqish (16,8%) yaxshilanganligi aniqlangan;
og‘ir mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning oraganizmini qayta tiklashda turli mushak guruhlari faolligini oshirishga qaratilgan o‘rta og‘irlikdagi kombinatsiyalashgan statik va dinamik mashq (o‘rtacha 6-10) daqiqalarini ish kuni tartibiga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati mahallarida istiqomat qiluvchi aholining kun tartibiga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabr 03-16/8864-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini oshishi xisobiga birgina Toshkent viloyatining o‘zida 2023 yil yakunlari bo‘yicha uch million nafar fuqarolarning 23% sportga jalb qilingan;
ishchi xodimlarning jismoniy va aqliy zo‘riqishlarini oldini olish uchun kundalik mehnat faoliyati davomida ko‘rish reseptorlarini tiklash, qon aylanishini yaxshilash hamda bo‘g‘imlar harakatchanligini rivojlantirishga qaratilgan (tiklovchi va tinchlantiruvchi) mashqlar blokini jismoniy-sog‘lomlashtirish tadbirlariga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalarToshkent viloyati Nurafshon shahri mahallarida istiqomat qiluvchi aholining kun tartibiga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabr 03-16/8864-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyatining o‘zida uch million nafar fuqarolarning sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi soni 23% etkazilishida amaliy yordam berdi. Undan tashqari 2023 yuil hisobida Toshkent viloyati aholisining 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan to‘rt ming ikki yuz nafari (1,2%) aholining yosh toifalari bo‘yicha sport sinovlari o‘tkazilishida o‘zining xissasini qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish