Eshtaev Sergey Anvarovichning
Pedagogika fanlari doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli malakali gimnastikachilarga gimnastika mashqlarini o'rganish jarayonini boshqarish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, Pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped547
Ilmiy maslahatchi: Xalmuhamedov Rustam Dehkanovich Pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Xankeldiev Sher Xakimovich Pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Vladimir Shavkatovich Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Olimov Muxsunbek Sotvoldievich Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli malakali gimnastikachilar uchun ko‘pkurash musobaqalarida gimnastika elementlari bo‘yicha o‘quv dasturlari asosini tashkil etuvchi vositalar, uslublar va uslubiy usullarni optimallashtirish tamoyillarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turli malakali gimnastikachilarning harakat malakalarini shakllantirishning tuzilmaviy va parametrik komponentlarini operativ boshqarish hisobiga gimnastika snaryadlarida elementlarni o‘rgatish jarayoni optimallashtirilgan;
harakatning yetakchi kinematik (bo‘g‘im burchaklari, oraliq va ishga tushirish holatlari) va fazo-vaqt parametrlarini aniqlash yo‘li bilan turli yoshdagi va malakali gimnastikachilar tomonidan gimnastikaning ko‘pkurash turlari bo‘yicha turli murakkablik guruhlari elementlarini o‘zlashtirish samaradorligi va ishonchliligi oshirilgan;
gimnastikachilarning sportga tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda mushaklarning elektr faolligi ma’lumotlari asosida gimnastikaning ko‘pkurash turlarida musobaqa mashqlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida gimnastika elementlari, birikmalari va kombinatsiyalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini tuzatish imkoniyatlari kengaytirilgan;
gimnastika bo‘yicha SU va XSU uchun chiziqli tarmoqlangan o‘quv dasturi, 1-toifaga ega gimnastikachilar va SUN uchun bosqichli o‘quv dasturi va 2-toifaga ega gimnastikachilar uchun spiral o‘quv dasturidan foydalanish orqali gimnastikachilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda ko‘pkurash musobaqalarida murakkab koordinasion mashqlarini o‘rgatish tuzilmasi takomillashtirilgan;
ko‘p yillik sport tayyorgarligining har bir bosqichida gimnastikachilarning texnik tayyorgarligi darajasining o‘sishiga ta’sir etuvchi musobaqa mashg‘ulotlarining biokinematik modeli parametrlarini takrorlash yo‘li bilan gimnastika ko‘pkurash turlari bo‘yicha fundamental mashqlarni o‘rgatish metodikasi ishlab chiqilgan;
sport mahoratini shakllantirish va takomillashtirishning turli bosqichlarida gimnastikachilarni tayyorlashga funksional, jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasini aniqlashning ob’ektiv omillariga asoslangan holda gimnastika ko‘pkurash turlarida elementlarni o‘rgatish jarayonini boshqarish tizimi modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik tajribalar natijalari va turli malakali gimnastikachilarning o‘quv jarayonini boshqarish tizimini ilmiy-Pedagogik asoslash asosida quyidagilar joriy etildi:
turli malakali gimnastikachilarning harakat mahoratining tuzilmaviy va parametrik komponentlarini operativ boshqarish bo‘yicha tavsiyalar “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” darsligida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 30 avgust 2024 yil 03-16/8586-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘pkurash turlari bo‘yicha murakkab mashqlarini o‘rgatish vaqti 16-18%ga qisqargan;
harakatning yetakchi kinematik va fazoviy-vaqt parametrlariga asoslangan o‘rgatish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 30 avgust 2024 yil 03-16/8586-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yoshdagi va malakali gimnastikachilarning gimnastika ko‘pkurashida turli murakkablik guruhlari elementlarini o‘zlashtirish samaradorligi va ishonchliligi 17%ga oshgan;
gimnastikaning ko‘pkurash turlari bo‘yicha musobaqa mashqlarini bajarishning tayyorgarlik jarayonida mushaklarning elektr faolligi ma’lumotlari asosida gimnastikachilarning sportga tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda gimnastika elementlari, birikmalari va kombinatsiyalar uchun o‘quv dasturlarini tuzatish bo‘yicha takliflar gimnastika sport turlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabining “Sport gimnastika” bo‘limining o‘quv jarayoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 30 avgust 2024 yil 03-16/8586-son ma’lumotnomasi). Natijada gimnastikachi-qizlar guruhi umumiy ballar bo‘yicha o‘z sport natijalarini mos ravishda 21,6%ga, gimnastikachi-yigitlar guruhi esa 22,4%ga yaxshilay olgan;
SU va XSU toifasiga ega gimnastikachilar uchun chiziqli tarmoqlangan o‘quv dasturi, SUN va 1-toifali gimnastikachilar uchun bosqichma-bosqich o‘quv dasturi va 2-chi toifaga ega gimnastikachilar uchun spiral o‘quv dasturini qo‘llash orqali gimnastikachilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda gimnastika ko‘pkurash turlarida murakkab koordinatsion mashqlarini o‘rgatishning takomillashtirilgan tuzilmasidan foydalanish bo‘yicha takliflar o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 30 avgust 2024 yil 03-16/8586-son ma'lumotnomasi). Samarqand shahar sport maktabidagi turli malakali gimnastikachilar uchun namunaviy (model) xarakteristikalar ishlab chiqilgan. Namunaviy (model) xarakteristikalardan foydalanish o‘quv-mashq jarayoni samaradorligini 18,4%ga oshirish imkonini bergan;
musobaqa mashqlarining biokinematik modeli ko‘rsatkichlarini qayta takrorlash orqali gimnastika ko‘pkurash turlarida fundamental mashqlarini o‘rgatish uchun mashqlar majmuasidan foydalanish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi sport gimnastika bo‘yicha terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 30 avgust 2024 yil 03-16/8586-son ma'lumotnomasi). Natijada sport gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Mirvaliev Abdulaziz 14,066 (ball) to‘plab kumush medal, Abdurasulov Ozotillo esa 13,200 (ball) to‘plab Osiyo chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi (12-19-iyun 2023-yil. Singapur);
sport mahoratini shakllantirish va takomillashtirishning turli bosqichlarida gimnastikachilarni tayyorlashga funksional, jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasini aniqlashning ob’ektiv omillariga asoslangan holda, ko‘pkurash turlarida gimnastika elementlarini o‘rgatish jarayonini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” darsligi mazmunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 30 avgust 2024 yil 03-16/8586-son ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan modelni qo‘llash natijasida Farg‘ona shahar sport maktabidagi turli malakali gimnastikachilarning murakkab gimnastika elementlariga o‘rgatishning tayyorgarlik darajasini aniqlash qobiliyati 24,1%ga yaxshilangan.