Bobojonov Dilshod Jumaqul o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gazeta sarlavhalarining pragmatik va lingvomadaniy tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2534
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07
Rasmiy opponentlar: Jollibekova Maryash Risnazarovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Kazakov Ilhom Rozmamatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek gazeta sarlavhalarining strukturaviy tuzilishi, pragmatik va milliy-madaniy xususiyatlarini farqli va o‘xshash jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek mediamakonida newspaper headline – gazeta sarlavhasining axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda namoyon bo‘lish darajasi, uslubiy belgilari, mediamatnning asosiy g‘oyasini ifodalashdagi roli, struktur xususiyatlari hamda ularning axboriy vazifalari ingliz tilida tanqidiy maqola, lavha, feleton va o‘zbek tilida xabar, axborot, lavha, ocherk janrlarida ustunlikka ega ekanligi aniqlangan;
sarlavhalarning lingvomadaniy xususiyatlari har ikki millatning mentaliteti, madaniy omillar bilan belgilanishi, ularning shakllanishida ayniqsa, millat ko‘zgusi, millatning ori, nomusi, vatan timsoli kabi ko‘chma ma’no va milliy-madaniy belgilarni o‘zida mujassam qilgan maqollardan foydalanish o‘zbek gazeta sarlavhalariga xosligi, ingliz tilidagi sarlavhalarda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ibora, maqol, modal so‘zlar, ramzlar, realiya kabilar jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni aks ettirilishida ijtimoiy omillar ta’siri natijasida yuzaga kelganligi asoslangan;
har ikkala tilda standartlik va ekspressiv tamoyillari asosida tuzilgan sarlavhalarning nominativ funksiyasi maqolaning maqsadi, auditoriyasi va nashrning kontekstiga qarab tanlanishi hamda maqola lidi orqali axborot qiymatini baholash amalga oshirilishi va bu jarayonda atoqlar otlar ingliz tilidagi sarlavhalarda siyosatchilar, mashhur insonlar va sportchilaridan, o‘zbek tilidagi sarlavhalarda shoirlar, tarixiy shaxslar, taniqli insonlarning nomlaridan foydalanish darajasi yuqori ekanligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek gazeta sarlavhalarida bayonot → tasdiq → taklifdan iborat mantiqiy zanjirning hosil qilinishi pragmatik birliklarning maxsus tizimini tartibga soluvchi, perlokasion effekt uchun mo‘ljallangan polemik elementlar va ta’sir etuvchi til vositalarini qo‘llash orqali yuzaga kelishi hamda bu jarayon jurnalistning nutqiy va kasbiy mahorati bilan bilan bog‘liqligi, transformatsiya usuli asnosida faqat intellektual va axboriy funksiyani bajaruvchi informememalar ingliz, emotsional leksika orqali baholovchi funksiyaga ega pragmemalar o‘zbek gazeta sarlavhalariga xosligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek gazeta sarlavhalarining pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek mediamakonida newspaper headline – gazeta sarlavhasining axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda namoyon bo‘lish darajasi, uslubiy belgilari, mediamatnning asosiy g‘oyasini ifodalashdagi roli, struktur xususiyatlari hamda ularning axboriy vazifalari ingliz tilida tanqidiy maqola, lavha, feleton va o‘zbek tilida xabar, axborot, lavha, ocherk janrlarida ustunlikka ega ekanligi xususidagi ilmiy yangiliklardan “Surxondaryo telekanali”ning “Munavvar kun” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “Surxondaryo telekanali”ning 2023-yil 26-iyuldagi 01-16/ 700 23-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy auditoriyaning gazeta sarlavhasining axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda namoyon bo‘lish darajasi, uslubiy belgilari haqidagi bilimlari boyishiga xizmat qilgan;
sarlavhalarning lingvomadaniy xususiyatlari har ikki millatning mentaliteti, madaniy omillar bilan belgilanishi, ularning shakllanishida ayniqsa, millat ko‘zgusi, millatning ori, nomusi, vatan timsoli kabi ko‘chma ma’no va milliy-madaniy belgilarni o‘zida mujassam qilgan maqollardan foydalanish o‘zbek gazeta sarlavhalariga xosligi, ingliz tilidagi sarlavhalarda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ibora, maqol, modal so‘zlar, ramzlar, realiya kabilar jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni aks ettirilishida ijtimoiy omillar ta’siri natijasida yuzaga kelganligi kabi ilmiy yangilik va xulosalardan Surxondaryo viloyati “Chag‘oniyon ijtimoiy-siyosiy gazetasida chop etilayotgan tanqidiy-tahliliy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati “Chag‘oniyon ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2024-yil 16-fevraldagi 10-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyorlangan maxsus tahlilliy-tanqidiy materiallarning sifat va samaradorligi, mazmun-mohiyati yangi g‘oyalar, yangi so‘z va iboralar bilan uslubiy boyitilgan;
har ikkala tilda standartlik va ekspressiv tamoyillari asosida tuzilgan sarlavhalarning nominativ funksiyasi maqolaning maqsadi, auditoriyasi va nashrning kontekstiga qarab tanlanishi hamda maqola lidi orqali axborot qiymatini baholash amalga oshirilishi va bu jarayonda atoqli otlar ingliz tilidagi sarlavhalarda siyosatchilar, mashhur insonlar va sportchilaridan, o‘zbek tilidagi sarlavhalarda shoirlar, tarixiy shaxslar, taniqli insonlarning nomlaridan foydalanishiga oid ilmiy yangilik va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan monitoring va hisobotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining Surxondaryo viloyat boshqarmasining 2024-yil 15-fevraldagi 01-17/43-son ma’lumotnomasi).
Natijada gazeta sarlavhalarining mediamatn mazmunini aks etishida pragmatik birliklarning maxsus tizimini tartibga soluvchi, ta’sir etuvchi til vositalarini qo‘llash jurnalistning nutqiy va kasbiy mahorati bilan bilan bog‘liqligi haqida ma’lumotga erishilgan va boshqarma mutaxassislarining xabardorlik darajasi oshgan.