- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
- Pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy kengashlar faoliyati tahlil etildi
Mamlakatimizda ta’lim va fan sohalarini sifat jihatdan rivojlantirish hamda yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishda dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ilmiy kengashlar faoliyatini nizomlar talablari asosida tashkil etish, dissertatsiyalar sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan, 17 fevral` kuni Oliy attestatsiya komissiyasida pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda dissertatsiyalar sifatini oshirish, ilmiy kengashlar faoliyatini nizomlar talablari asosida tashkil etish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va attestatsiya hujjatlarini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirish kabi masalalar muhokama qilindi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘tkazilgan yig‘ilish yakunida mavzu doirasida yo‘llangan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
OAK Axborot xizmati
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering