Yusupov Dilshodbek Turdalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoiti uchun shamol va quyosh fotoelektr stansiyalari asosidagi kombinatsiyalangan energetik majmuani ishlab”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4702.
Ilmiy rahbar: Zaxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Mamadalieva Lola Kamildjanovna texnika fanlari doktori, professor, Aliev Raimjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shamol va quyosh fotoelektr stansiyalari asosida kombinatsiyalangan energiya qurilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘g‘rilagichlar, akkumulyator, invertor, boshqariladigan kalitlar va ko‘paytiradigan kenglik-impulsli kuchlanish o‘zgartirgichilar orqali energiya samaradorlikni 18,7 % ga oshirish imkonini beruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi elektroenergetik tizimning struktura sxemasi ishlab chiqilgan(IAP 07561);
asosiy, ikkilamchi va yordamchi toifalarga ajratish orqali iste’molchilarni uzlyuksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda oshirilgan energiyani qo‘shimcha zahiralash imkonini beruvchi kombinatsiyalangan quyosh va shamol energiya qurilmasining takomillashtirilgan struktura sxemasi taklif etilgan (FAP 02110);
kombinatsiyalangan shamol va quyosh fotoelektr stansiyasining quvvati, kuchlanishi va tok kuchi asosida ekspluatatsion parametrlarini hisoblash imkonini beruvchi imitatsion model ishlab chiqilgan;
ilk bor, uzlyuksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beruvchi quvvati 4 kW li quyosh fotoelektr stansiyasi va 1 kW li shamol elektr stansiyasidan iborat kombinatsiyalangan energiya qurilmaning tajriba namunasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi.
O‘zbekiston sharoiti uchun shamol va quyosh fotoelektr stansiyalari asosidagi kombinatsiyalangan energiya majmuasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iste’molchilarni uch turdagi toifalarga ajratish va energiya zahiralash sig‘imini oshirish hisobiga uzlyuksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan kombinasiyalangan energetik majmua (FAP 02110) Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi “Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik tadqiqot instituti”da joylashgan issiqxona elektr energiya ta’minotiga joriy qilingan (“Energetika vazirligi” ning 2023-yil 27-iyuldagi 02-13-4478-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot institutining markazlashtirilgan elektr tarmog‘idan yillik elektr energiya sarfini 9942 kW∙soatga kamaytirish imkonini bergan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi elektroenergetik tizimning yangi sxemasi (IAP 75061) Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “ASMO SOLAR GOLD” MChJ da kombinatsiyalangan energetik majmuaning tajriba namunasini ishlab chiqish jarayoniga joriy etilgan (“ASMO SOLAR GOLD” MChJning 2024-yil 10-oktabdagi 02-69-son ma’lumotnomasi). Natijada, kombinatsiyalangan qurilmaning energiya samaradorligni 18.7% ga oshirish imkonini bergan.