Latipov Shahriyor Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parametrik noaniqliklar va tashqi g‘alayonlar mavjudligi sharoitida etalon modelli adaptiv boshqarish tizimlarni sintezlash algoritmlari”, 05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3652.
Ilmiy rahbar: Botirov To‘lqin, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Sevinov Jasur Usmonovich texnika fanlari doktori, professor; Xusanov Suban Nurullaevich PhD., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parametrik noaniqliklar va tashqi ta’sirlar mavjudligi sharoitida etalon modelli adaptiv boshqarish tizimlarini sintez qilish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etalon modelli adaptiv boshqarish tizimlarining ishonchligi va aniqligini oshirishga imkon beruvchi parametrik noaniqliklar sharoitida sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
parametrik g‘alayonlarni samarali qayta ishlab berish va real vaqtda zaruriy boshqarish sifatini ta’minlash imkonini beruvchi timsollarni tanish usularida etalon modelli kvazi-invariant chiziqli adaptiv boshqarish tizimlarini sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
turli sharoitlarida ishlovchi tizimlarni egiluvchanligi va boshqarish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi etalon modelli chiziqli uzlyuksiz boshqarish tizimlarining moslashuvchanlik algoritmlari ishlab chiqilgan;
murakkab shovqinli-signallar sharoitida boshqarish tizimlarining barqarorligi va samaradorligini ta’minlovchi, tashqi chegaralangan g‘alayonlar va signalning to‘yinganlik sharoitida parametrlarning ixtiyoriy nisbiy noaniqlik darajasi bilan adaptiv boshqarish algoritmlari sintez qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bevosita yondashuv mezonlari asosida dinamik obektlarni adaptiv boshqarish tizimlarini sintez qilish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ishlab chiqilgan parametrik noaniqliklar va tashqi g‘alayonlar mavjudligi sharoitida etalon modelli adaptiv boshqarish tizimlarni sintezlash algoritmlarning dasturiy ta’minoti “Navoiyazot” AJ da joriy qilingan (“O‘ZKIMYoSANOAT” AJ ning 2024-yil 19-iyundagi 23-3-1960-son ma’lumotnomasi). Natijada, tizimning moslashish jarayolarini ishonchligi va aniqligini oshirishga imkon bergan;
ishlab chiqilgan timsollarni tanish usullari asosida etalon modelli
kvazi-invariant chiziqli adaptiv boshqarish tizimlarini sintezlash algoritmlarining dasturiy ta’minoti “Navoiyazot” AJ da joriy qilingan (“O‘ZKIMYoSANOAT” AJ ning 2024-yil 19-iyundagi 23-3-1960-son ma’lumotnomasi). Natijada, real vaqt rejimida talab etilgan boshqarish sifatini ta’minlash va parametrik g‘alayonlarni samarali qayta ishlashga imkon bergan.