Ortiqov Elbek Elmirza o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suyuq mahsulotlarning kichik sarflarini o‘lchash usuli va asboblarini takomillashtirish”, 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T3130
Ilmiy rahbar: Ruziev Umidjon Abdimajitovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Uljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Shavkat Abdikayumovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suyuq mahsulotlarning kichik sarfini yuqori aniqlikda o‘lchash usuli va asboblarini ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyuqlik sarfini o‘lchash asboblarining statik va dinamik tavsiflari asosida nazorat qilinayotgan muhit sarfini o‘lchashlardagi dinamik xatoliklarni aniqlash imkonini beruvchi suyuq va gaz-suyuq muhitlar sarfini o‘lchash natijalariga harorat ta’sirining matematik tavsifi ishlab chiqilgan;
issiqlik kompensatsiyasi usullari asosida o‘zgartkichlarda yuzaga keladigan o‘lchash noaniqligi va atrof-muhit ta’sirini kamaytirish imkonini beradigan suyuqlik sarfini o‘lchash asboblarining aniqligini oshirish usuli ishlab chiqilgan;
o‘zgaruvchan oqim dinamik strukturasini tadqiq etish asosida sarf o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydigan sarf o‘lchash o‘zgartkichi kanalining konstruktiv tavsiflarini hisoblash uslubiyati ishlab chiqilgan;
neyron tarmoqlar yordamida o‘lchash ma’lumotlarini qayta ishlash asosida sarf o‘lchash natijalarining yuqori ishonchliligini ta’minlaydigan suyuq va gazsimon muhitlarning kichik sarflarini o‘lchash uchun intellektual sarf o‘lchagich ishlab chiqilgan;
virtual analizator hamda datchikning o‘lchash qiymatlarini qiyosiy tahlili asosida suyuqlik sarfini o‘lchash asboblarining holatini aniqlovchi o‘z-o‘zini nazorat qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suyuq mahsulotlarning kichik sarflarini o‘lchash usuli va asboblarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik kompensatsiyasi usullari asosida ishlab chiqilgan suyuqlik sarfini o‘lchash asboblarining aniqligini oshirish usuli “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ da joriy qilingan (“O‘zyog‘moysanoat” Korxonalar Uyushmasining 2024-yil 11-noyabrdagi № KC/3-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, suyuqliklar sarfini o‘lchash aniqligini 2% ga oshirishga erishilgan;
suyuq va gazsimon muhitlarning kichik sarflarini o‘lchash uchun intellektual sarf o‘lchagich “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ da joriy qilingan (“O‘zyog‘moysanoat” Korxonalar Uyushmasining 2024-yil 11-noyabrdagi № KC/3-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekstraksiyalash jarayonida tezkor boshqarishni ta’minlash orqali mahsulot sifatini oshirish imkoni yaratilgan;
suyuqlik sarfini o‘lchash asboblarining o‘z-o‘zini nazorat qilish usuli “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ da joriy qilingan (“O‘zyog‘moysanoat” Korxonalar Uyushmasining 2024-yil 11-noyabrdagi № KC/3-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, sarf o‘lchash asboblarining ishlash muddatini oshirishga erishilgan.