Mengliev Ismoil Abdunazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Avtoyo‘l ko‘prikli inshootlarining temirbeton qovurg‘ali oraliq qurilmalarini transport yuklari ta’siriga hisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.09.02 – “Geotexnika” (Ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4965.
Ilmiy rahbar: Miralimov Mirzohid Xamitovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, Namangan muhandislik-qurilish instituti “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor; Yuvmitov Anvar Sayfullaevich, texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori, PhD, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar temirbeton qovurg‘ali oraliq qurilmalari uchun transport yuklarining ta’sirini taqsimlanish qonuniyatini ifodalovchi aniqlashtirlgan hisoblash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarning temirbeton qovurg‘ali oraliq qurilmalarini turli ko‘rinishdagi transport yuklari ta’siriga hisoblash orqali, zamonaviy qurilish mexanikasing asosiy tenglamalarni qo‘llagan holda matematik modeli ishlab chiqilgan;
transport yuklarining taqsimlanishini belgilovchi koeffisientni aniqlash uchun chekli elementlar usuli nazariyasini qo‘llagan holda va bunda to‘sinlarning egilishi hamda buralish deformatsiyalanishini sterjinli chekli element orqali ifodalash  asoslangan;
turli bikrliklarga ega bo‘lgan oraliq qurilmalarda transport yuklari harakatlarini modellashtirish asosida bosh to‘sinlardagi ichki zo‘riqish kuchining ta’sir chizig‘ini qurish usuli taklif etilgan;
temirbeton qovurg‘ali oraliq qurilmalarning plitasi va qatnov qismi qoplamasining tashkil etuvchi qatlamlari bikrliklarini inobatga olgan holda vaqtinchalik yuklardan tushadigan bosim kuchini kamaytirish uchun ko‘ndalang taqsimlash koeffisientini hisoblash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtoyo‘l ko‘prikli inshootlarining temirbeton qovurg‘ali oraliq qurilmalarini transport yuklari ta’siriga hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Taklif etilgan hisoblash usuli Sirdaryo tumanining “Toshkent-Samarqand” temir yo‘l liniyasi ustidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining PK82+460 km dagi yo‘l o‘tkazgichning temirbeton qovurg‘ali oraliq qurilmalarini mustahkamligini tekshirishda qo‘llanilgan. “Ko‘prikqurilish” AJ tashkilotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 9 oktyabrdagi №4/9532-sonli malumotnomasi). Natijada yo‘l o‘tkazgichning temirbeton qovurg‘ali oraliq qurilmalarini mustahkamligini 9 % oshirishga erishilgan;
M-34 avtomobil yo‘lining PK82+460 km dagi yo‘l o‘tkazgichning oraliq qurilmalarining plitasi va qatnov qismi qoplamasi birgalikda ishlashi orqali  yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish jarayonida amaliyotga “Ko‘prikqurilish” AJ tashkilotida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 9 oktyabrdagi №4/9532-sonli malumotnomasi).   Natijada ko‘prik inshootlarida yuk ko‘tarish qobiliyati hamda ularning zahirasi etarli darajada samarali himoyalashga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish