Kasimova Saxibaxon Abduvasilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlarda o‘tkir appendisitni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2024.2.PhD/Tib3215
Ilmiy rahbar: Kadirov Shavkat Nomonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yariev Alisher Alijanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilador ayollarda o‘tkir appendisitni tashxislash va xirurgik davolashni takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda o‘tkir appendisitni tashxislash va davolash usulini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘tkir appendisit bilan og‘rigan homilador ayollarda homiladorlikning turli trimestlarida bemor va homila uchun xavfsiz bo‘lgan optimal xirurgik kirish usuli ishlab chiqilgan;
leykotsitoz, intoksikatsiyaning leykotsitar indeksi va neytrofillar javob indeksi ko‘rsatkichlariga asoslanib, nafaqat o‘tkir appendisitni verifikatsiyalash, balki uning morfologik shaklini bashoratlash mumkunligi isbotlangan;
klinik tadqiqot natijalari asosida homilador ayollarda homiladorlikning turli trimestlarida o‘tkir appendisitni tashxislash va optimal operativ davolash usulini tanlash bilan tavsiflanuvchi differensial xirurgik taktika ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollarda o‘tkir appendisitni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda o‘tkir appendisitni tashxislash va davolash usulini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritm Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 oktyabrda 6i-69/u-son bilan tasdiqlangan “Homiladorlik davrida o‘tkir appendisitni davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2024 yil 14 oktyabrdagi 231/8-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2024 yil 10 oktyabrdagi 135-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/09-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda o‘tkir appendisitni tashxislash va davolash usulini tanlash algoritmi bemorlar shifoxonada yotish hamda reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga va muvaffaqiyatli operativ amaliyotlar ulushini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir appendisit bilan og‘rigan 1 nafar homilador ayolning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy ashyolar uchun jami 460000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar homilador ayolni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish 920000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: o‘tkir appendisit bilan og‘rigan homilador ayolning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=70) 64400000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir appendisit bilan og‘rigan homilador ayollarda homiladorlikning turli trimestlarida bemor va homila uchun xavfsiz bo‘lgan ishlab chiqilgan optimal xirurgik kirish usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 oktyabrda 6i-69/u-son bilan tasdiqlangan “Homiladorlik davrida o‘tkir appendisitni davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2024 yil 14 oktyabrdagi 231/8-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2024 yil 10 oktyabrdagi 135-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/09-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda appendektomiya tashrixini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan optimal kam invaziv xirurgik kirish usulini qo‘llash bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga va ularni reabilitatsiya qilish vaqtini qisqartirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan usuldan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 275000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 275000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan usul kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 70 nafar bemorlarda 1 kun uchun 19250000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi;
uchinchi ilmiy yangilik: leykotsitoz, intoksikatsiyaning leykotsitar indeksi va neytrofillar javob indeksi ko‘rsatkichlariga asoslanib, nafaqat o‘tkir appendisitni verifikatsiyalash, balki uning morfologik shaklini bashoratlash mumkunligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 oktyabrda 6i-69/u-son bilan tasdiqlangan “Homiladorlik davrida o‘tkir appendisitni davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2024 yil 14 oktyabrdagi 231/8-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2024 yil 10 oktyabrdagi 135-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/09-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda laborator tekshiruv natijalari asosida o‘tkir appendisitni verifikatsiyalash hamda uning morfologik shaklini bashoratlash amalga oshiriladigan tashrix xajmi va usulini to‘g‘ri rejalashtirishga, natijada asoratlar sonini kamaytirishga va davolash sifatini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir appendisit bilan og‘rigan 1 nafar homilador ayolning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon uchun jami 182000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar homilador ayolni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga 364000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: o‘tkir appendisit bilan og‘rigan homilador ayolning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=70) 25480000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik tadqiqot natijalari asosida homilador ayollarda homiladorlikning turli trimestlarida o‘tkir appendisitni tashxislash va optimal operativ davolash usulini tanlash bilan tavsiflanuvchi ishlab chiqilgan differensial xirurgik taktika Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 oktyabrda 6i-69/u-son bilan tasdiqlangan “Homiladorlik davrida o‘tkir appendisitni davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2024 yil 14 oktyabrdagi 231/8-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2024 yil 10 oktyabrdagi 135-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/09-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda o‘tkir appendisitda ishlab chiqilgan differensial xirurgik taktikani qo‘llash xirurgik va akusherlik asoratlari chastotasini kamaytirishga, xayot sifatini oshirishga, shuningdek bemor va homila o‘limi chastotasini pasaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan taktikadan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 275000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 275000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan taktika kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 70 nafar bemorlarda 1 kun uchun 19250000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi.