Tanish Gul Axmadning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Endoxirurgik aralashuvlar yuli bilan ayollar tuxumdon genezli bepushtlikni davolash usullarini takomillashtirish”, 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.3. PhD /Tib2999.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Guldjaxan Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ruzieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarinning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuxumdon genezli ayollar bepushtligi xavf omillari va sabablarini o‘rganish, rivojlanish mexanizmlarini aniqlash, kompleks differensial davolash usulini ishlab chiqish va reproduktiv funksiyaning tiklanishi samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Afg‘oniston xududida yashovchi reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdon genezli bepushtlik rivojlanishining eng ahamiyatli xavf omili tuxumdon polikistozi sindromi bo‘lib, 67% ayollarda fertillik buzilishining asosiy sababi ekanligi isbotlangan;
fertil yoshdagi ayollarda tuxumdon genezli bepushtlikda TPKS rivojlanishining negizidagi patogenetik mexanizmlardan 32,5% hollarda anovulyator sikl rivojlanishi bilan tavsiflangan giperandrogenizm va 20% bemorlarda og‘irlashgan oila anamnezi (irsiy giperandrogeniya 49,1%, semizlik 17,5%, ota-onasida qandli diabet 11%) asosiy sabablari isbotlangan;
TPKS genezli bepusht ayollarda gormonal buzilishlardan 24% xollarda giperprolaktinemiya, 8,6% hollarda qalqonsimon bez funksiyasining buzilishi va 17,5%da insulinga rezistentlik rivojlanishi bilan bog‘likligi isbotlangan;
TPKS genezli bepushtlikda patogenetik asoslangan dori vositalar va endojarrohlik (piling-61,3%, drilling-29,3%) korreksiya yo‘li bilan kompleks davolash va natija bulmaganida QRT EKU yuli bilan algoritmi ishlab chiqilgan va 70% bemorlarda fertillikni tiklash imkonini berishi bilan isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuxumdon genezli bepushtligi mavjud ayollarda tuxumdonlar faoliyatini o‘rganish va reproduktiv funksiyani tiklash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Afg‘oniston xududida yashovchi reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdon genezli bepushtlik rivojlanishining eng ahamiyatli xavf omili tuxumdon polikistozi sindromi bo‘lib, 67% ayollarda fertillik buzilishining asosiy sababi ekanligi isbotlangan. Mazkur taklif Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasida 28.12.2023 yildagi. 2083-sonli buyrug‘i hamda Balx universiteti (Afg‘oniston, Mozori sharif sh.) klinikasi 15.12.2023 iyldagi bosh direktorining buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 22.10.2024 yildagi № 07/78-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bepushtlikka chalingan ayollarni tekshirish asosida bepushtlikning eng asosiy sabablarining aniqlanishi va tashhislash bo‘yicha tavsiyalar berilishi ayollar reproduktiv funksiyasini tiklash uchun samarali kompleks bosqichma-bosqichli davolanish imkoniyatlarini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf omilini hisobga olgan holda 56% ayollarda giperandrogeniya negizidagi bepushtlik sabablarini aniqlashga muvofiq bo‘ldi, bu bir nafar bemorga tekshirishlar uchun 1330000 so‘m mablag‘ini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bepushtlik sabablarini aniqlash maqsadida taklif etilgan usul va tavsiyalar bo‘yicha ehtimolligi eng yuqori bo‘lgan xavf omillarini aniqlash kerak. Bepushtlikka chalingan bemorni tekshirishga individual yondashuv bepushtlik turining noto‘g‘ri tashhislanishini istisno etadi va bir nafar bemorga shifokorga murojaat qilishga va tashhis qo‘yilishi uchun kompleks tekshiruvdan o‘tishga 1330000 so‘m mablag‘nini iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: fertil yoshdagi ayollarda tuxumdon genezli bepushtlikda TPKS rivojlanishining negizidagi patogenetik mexanizmlardan 32,5% hollarda anovulyator sikl rivojlanishi bilan tavsiflangan giperandrogenizm va 20% bemorlarda og‘irlashgan oila anamnezi (irsiy giperandrogeniya 49,1%, semizlik 17,5%, ota-onasida qandli diabet 11%) asosiy sabablari isbotlangan. Mazkur taklif Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasida 28.12.2023 yildagi. 2083-sonli buyrug‘i hamda Balx universiteti (Afg‘oniston, Mozori sharif sh.) klinikasi 15.12.2023 yldagi bosh direktorining buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 22.10.2024 yildagi № 07/78-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tuxumdon genezli bepushtlikka chalingan bemorlarni kompleks tekshirish va giperandrogeniya mavjudligi bilan izohlanadigan TPKS aniqlanishi nafaqat bunday bemorlarda bepushtlik rivojlanishi mexanizmini asoslash, balki tuxumdonlar patologiyasining og‘irlik darajasini ham aniqlash imkonini beradi. Normogonadotropiya negizida testosteron va prolaktin miqdorining oshishi, insulinga rezistentlik rivojlanishi anovulyasiya rivojlanishiga olib keladi, bu esa tuxumdon genezli bepushtlik rivojlanishiga shart-sharoit yaratadi, olingan natijalar davolash taktikasini giperandrogeniya miqdoriga qarab to‘g‘ri ishlab chiqish imkoniyatni oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ayol bepushtlik sababini aniqlash uchun takroriy tekshiruvlarga taklif etilgan tekshirish algoritmiga qaraganda ko‘proq mablag‘ sarflaydi, bunda bir nafar bemorga xarajatlar 2520000 so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Taklif etilgan algoritm bo‘yicha bir marta tekshirilganda xarajat 1190000 so‘mni tashkil etadi, ya’ni bir nafar bemorga ko‘rikdan o‘tkazish, tekshirishlarni amalga oshirish, takroriy konsultatsiyalar va tekshirishlardan 1330000 so‘m tejaladi; umumiy hisobda, tekshirilgan 42 nafar ayolga tejamkorlik 55860000 so‘m mablag‘nini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: taklif etilgan algoritm bo‘yicha bir marta to‘g‘ri tekshiruvlar o‘tkazish nafaqat tuxumdon genezli bepushtlik sababini aniqlash, balki takroriy tekshirishlar va davolanishdan mablag‘ tejash imkonini ham beradi. Umumiy hisobda, bu bir nafar ayolga bepushtlik sabablarini aniqlashga ketadigan 1330000 so‘m mablag‘nini iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: TPKS genezli bepusht ayollarda gormonal buzilishlardan 24% xollarda giperprolaktinemiya, 8,6% hollarda qalqonsimon bez funksiyasining buzilishi va 17,5%da insulinga rezistentlik rivojlanishi bilan bog‘likligi isbotlangan. Mazkur taklif Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasida 28.12.2023 yildagi. 2083-sonli buyrug‘i hamda Balx universiteti (Afg‘oniston, Mozori sharif sh.) klinikasi 15.12.2023 yildagi bosh direktorining buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 22.10.2024 yildagi № 07/78-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: TPKS va giperandrogeniyali bemorlar anamnezini chuqur o‘rganish TPKS va bepushtlik rivojlanishida og‘irlashgan oila anamnezi (arterial gipertoniya, semizlik, oilaviy giperandrogeniya va qandli diabet) muhim rol o‘ynashini aniqlash imkonini bergan. Taklif etilgan algoritm bo‘yicha tekshirish va anamnestik xavf omillarini aniqlash tuxumdon genezli bepushtlik patogenezini aniqlash, tashhis qo‘yish uchun gormonal tekshiruvlarni asosli tarzda o‘tkazish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: anamnezi haqida ma’lumotlarni olish bemorlarda tuxumdon genezli bepushtlik rivojlanishining xavf omillarini va uning rivojlanishi mexanizmini aniqlash, tashhisni qo‘yish uchun gormonal tekshiruvlarni to‘g‘ri o‘tkazish va patogenetik asoslangan davolash imkonini bergan. Xulosa: bunda TPKSli bemorni bir marta tekshirishda biokimyoviy tahlillar, shu jumladan gormonal qon tahlillariga bir nafar bemorga 1330000 so‘m mablag‘nini iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: TPKS genezli bepushtlikda patogenetik asoslangan dori vositalar va endojarrohlik (piling-61,3%, drilling-29,3%) korreksiya yo‘li bilan kompleks davolash va natija bulmaganida QRT EKU yuli bilan algoritmi ishlab chiqilgan va 70% bemorlarda fertillikni tiklash imkonini berishi bilan isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: tuxumdon genezli bepushtlikka chalingan bemorlarni kompleks tekshirish bemorlarda reproduktiv funksiyaning tiklanishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: tekshiruv natijalari asosida dori-darmonli davolanish, qo‘shimchasiga laparoskopik usuldagi xirurgik korreksiya, zarur bo‘lganda, QRTni EKU yo‘li bilan qo‘llashni o‘z ichiga oladigan kompleks davolanishga xarajatlarni qisqartirish va bir nafar bemorga o‘rtacha 1330000 so‘m mablag‘nini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tuxumdon genezli bepushtlikni davolash algoritmini joriy etish davolanish davomiyligi va karraliligini qisqartirish, ayollar fertilligini tiklash imkonini bergan, bu esa, o‘z navbatida, oilaning mustahkamlanishiga xizmat qildi va farzand ko‘rish imkoniyatlarini oshirdi.