Sobirov Jasur G‘aybillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mul`tifokal aterosklerozni xirurgik davolash strategiyasini ishlab chiqish», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib878.
Ilmiy rahbar: Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Ruziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Komarov Roman Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Ma’mur Mustafoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.N.Bakulev nomidagi yurak qon-tomir ilmiy milliy tibbiyot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Zamonaviy diagnostika usullarini qo‘llash, natijalarni integral baholash va optimal taktikani tanlash yo‘li bilan mul`tifokal aterosklerotik (aorta yoyi tarmoqlari, toj tomirlari, qorin aortasi terminal qismi va oyoq arteriyalari qo‘shma aterosklerozi) zararlangan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mul`tifokal ateroskleroz bilan kasallangan bemorlarda metabolik sindrom komponentlarini gipertrigliseridemiya, giperxolesterinemiya, kompleks laborator ko‘rsatkichlari baholangan va ekstrakranial arteriyalar zararlanishlari angiosemiotikasi o‘rganilib, qo‘shma zararlanishlarining anatomik tasnifi ishlab chiqilgan;
aorta yoyi tarmoqlari, qorin aortasi terminal qismi va oyoq arteriyalari zararlanish og‘irligini integral baholovchi usullarni uch va undan ortik arterial xavzalarning qo‘shma aterosklerotik zararlangan bemorlarda ko‘llanilishi asoslangan;
oyoq arteriyalari aterosklerotik zararlangan bemorlarda integral (smart) prognostik usulini qo‘llab, xavf omillari (chekish, arterial gipertoniya, qandli diabet va boshq.) ning xirurgik davolashning yaqin natijalariga patomorfologik ta’siri aniqlangan;
uch va undan ortiq arterial xavzalar aterosklerotik zararlanishlari og‘irligini integral baholash va davolash-diagnostika taktikasi algoritmini takomillashtirish evaziga Li/Ci ko‘rsatkichlarining - 1,5 gacha, 1,5 - 2,5 ortasida va 2,5 dan yuqori holatlarga ko‘ra xirurgik davolash taktikasi asoslangan.
mul`tifokal aterosklerozni davolashning yaqin va uzoq muddatdagi asoratlarini davolash natijalari, qo‘shma aterosklerotik zararlanishlarda xirurgik davolashning iqtisodiy samaradorligini yillik hayot sifat ko‘rsatkichi orasidagi QALY farqi 0,57 ni tashkil etganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mul`tifokal aterosklerozni xirurgik davolash strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.10.2024 y. 07/08-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: mul`tifokal ateroskleroz bilan kasallangan bemorlarda metabolik sindrom komponentlarini gipertrigliseridemiya, giperxolesterinemiya, kompleks laborator ko‘rsatkichlari baholangan va ekstrakranial arteriyalar zararlanishlari angiosemiotikasi o‘rganilib, qo‘shma zararlanishlarining anatomik tasnifi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mul`tifokal ateroskleroz bilan kasallangan bemorlarda metabolik sindrom komponentlarini gipertrigliseridemiya, giperxolesterinemiya, kompleks laborator ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar Milliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 16 apreldagi 2-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Ekstrakarnial tomirlar aterosklerotik zararlanishining diagnostikasi va davolash tamoyillari» va 2024 yil 16 apreldagi 3-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Multifokal aterosklerozni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.08.2024 y. 120-1/I-son buyrug‘i va Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi 06.08.2024 y. 89-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: uch va undan ortiq arterial xavzalar aterosklerotik zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda xavfli omillarni o‘rganish asosida, 90% dan ortiq bemorlar amaliyotdan keyingi asoratlar rivojlanish yuqori xavfiga ega ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mul`tifokal ateroskleroz bilan kasallangan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4576480 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855300 so‘m sarflanadi. Agarda bemorlarda to‘liq yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1810900 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: Amaliyot aorta yoyida ko‘rsatma bo‘lgan ikki tomonlama zararlanishlarda birinchi bosqichda karotid indeks Si yuqori tomonda. Qorin aortasi va oyoq arteriyalarining ko‘p qavatli aterosklerozida amaliyotga ko‘rsatma bo‘lganda birinchi bosqichda zararlanish indeksi (Li) ko‘rsatkichi yuqori tomonda amaliyot bajarilishi kerak. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mul`tifokal aterosklerozni xirurgik davolash strategiyasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Milliy tibbiyot markazi direktori tomonidan 2024 yil 04-oktabrdagi 01-09/383-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: aorta yoyi tarmoqlari, qorin aortasi terminal qismi va oyoq arteriyalari zararlanish og‘irligini integral baholovchi usullarni uch va undan ortik arterial xavzalarning qo‘shma aterosklerotik zararlangan bemorlarda ko‘llanilishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: aorta yoyi tarmoqlari, qorin aortasi terminal qismi va oyoq arteriyalari zararlanish og‘irligini integral baholovchi usullar bo‘yicha takliflar Milliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 16 apreldagi 2-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Ekstrakarnial tomirlar aterosklerotik zararlanishining diagnostikasi va davolash tamoyillari» va 2024 yil 16 apreldagi 3-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Multifokal aterosklerozni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.08.2024 y. 120-1/I-son buyrug‘i va Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi 06.08.2024 y. 89-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot guruxlarida amaliyotga qadar xavfli omillarni korreksiya qilish natijasida, amaliyotdan keyingi asoratlar ehtimolligi kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aorta yoyi tarmoqlari, qorin aortasi terminal qismi va oyoq arteriyalari zararlangan bemorlar davolanishi orqali umumiy o‘rtacha 1280600 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3821500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Zararlanishlar og‘irligini integral baxolash Si-indeksi va Li-indeksi aterosklerotik o‘zgarishlar og‘irligini o‘rtacha Si - 4,4±0,2 va Li - 9,5±0,4 ballni tashkil etib, Ci va Li bosh miya va oyoq surinkali ishemiyasi bosqichlarida I dan IV ga to‘g‘ri proporsional o‘sib boradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mul`tifokal aterosklerozni xirurgik davolash strategiyasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Milliy tibbiyot markazi direktori tomonidan 2024 yil 04-oktabrdagi 01-09/383-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: oyoq arteriyalari aterosklerotik zararlangan bemorlarda integral (smart) prognostik usulini qo‘llab, xavfli omillarning xirurgik davolashning yaqin natijalariga patomorfologik ta’siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: oyoq arteriyalari aterosklerotik zararlangan bemorlarda integral (smart) prognostik usulini bo‘yicha takliflar Milliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 16 apreldagi 2-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Ekstrakranial tomirlar aterosklerotik zararlanishining diagnostikasi va davolash tamoyillari» va 2024 yil 16 apreldagi 3-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Multifokal aterosklerozni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.08.2024 y. 120-1/I-son buyrug‘i va Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi 06.08.2024 y. 89-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tekshiruvlar klinik, gemodinamik va angiosemiotik natijalarini integral miqdoriy o‘lchash usuli tadqiqot guruxlarida ko‘llanilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq arteriyalari aterosklerotik zararlangan bemorlarda integral (smart) prognostik usulini qo‘llash bilan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Ekstrakranial ateroskleroz angiosemiotikasini o‘rganish natijasida aorta yoyi tarmoqlarining 4 tipdan iborat qo‘shma zararlanishlar anatomik tasnifini taklif etildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mul`tifokal aterosklerozni xirurgik davolash strategiyasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Milliy tibbiyot markazi direktori tomonidan 2024 yil 04-oktyabrdagi 01-09/383-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: uch va undan ortiq arterial xavzalar aterosklerotik zararlanishlari og‘irligini integral baholash va davolash-diagnostika taktikasi algoritmini yaxshilash evaziga xirurgik davolash taktikasi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: uch va undan ortiq arterial xavzalar aterosklerotik zararlanishlari og‘irligini integral baholash va davolash-diagnostika taktikasi algoritmi bo‘yicha takliflar Milliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 16 apreldagi 2-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Ekstrakranial tomirlar aterosklerotik zararlanishining diagnostikasi va davolash tamoyillari» va 2024 yil 16 apreldagi 3-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Multifokal aterosklerozni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.08.2024 y. 120-1/I-son buyrug‘i va Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi 06.08.2024 y. 89-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: klinik amaliyotda har bir bemorda xavf darajasini baholash va xirurgik davo natijasini yaxshilashga yordam beruvchi xirurgik taktikaning davolash-diagnostika algoritmi taklif etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: aterosklerotik zararlanishlari og‘irligini integral baholash bilan bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 6893350 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 6648800 so‘mni (1 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: Metabolik sindrom komponentlarini kompleks laborator o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, oyoq arteriyalarining shikastlanishi gipertrigliseridemiya fonida, koronar arteriyalar zararlanishi giperxolesterinemiya fonida, mul`tifokal aterosklerozda metobolik sindromning barcha klasteri oshgan bo‘ladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mul`tifokal aterosklerozni xirurgik davolash strategiyasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Milliy tibbiyot markazi direktori tomonidan 2024 yil 04-oktyabrdagi 01-09/383-sonli xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: mul`tifokal aterosklerozni davolashning yaqin va uzoq muddatdagi asoratlarini davolash natijalari, qo‘shma aterosklerotik zararlanishlarda xirurgik davolashning iqtisodiy samaradorligini yillik hayot sifat ko‘rsatkichi orasidagi QALY farqi 0,57 ni tashkil etganligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mul`tifokal aterosklerozni davolashning yaqin va uzoq muddatdagi asoratlar va davolash natijalari, qo‘shma aterosklerotik zararlanishlarda xirurgik davolashning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha takliflar Milliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 16 apreldagi 2-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Ekstrakarnial tomirlar aterosklerotik zararlanishining diagnostikasi va davolash tamoyillari» va 2024 yil 16 apreldagi 3-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Multifokal aterosklerozni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.08.2024 y. 120-1/I-son buyrug‘i va Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi 06.08.2024 y. 89-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: uch va undan ortik arterial xavzalar aterosklerotik zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda xirurgik muolajalar optimal ketma-ketligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qo‘shma aterosklerotik zararlanishlarda xirurgik davolashning iqtisodiy samaradorligini yillik hayot sifat ko‘rsatkichida (QALY) baholangan bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 6893350 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 6648800 so‘mni (2 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: Mul`tifokal aterosklerozli bemorlar o‘rtacha 5-6 ta xavfli omillarga (guruxlarda 5,8±0,2 va 6,26±0,23 ball), SMART bo‘yicha 410 ballga (guruxlarda 407±11 va 407±12,3 ball) ega bo‘lib asorat rivojlanish xavf darajasi o‘ta yuqori (95%) va amaliyotgacha adekvat muolajalarni talab etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mul`tifokal aterosklerozni xirurgik davolash strategiyasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Milliy tibbiyot markazi direktori tomonidan 2024 yil 04-oktyabrdagi 01-09/383-sonli xat yuborilgan.