Usarov G‘afur Xusanovichchning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy va Janubiy O‘zbekiston moskitlari (Diptera: Phlebotominae) faunasi va ularning epidemiologik ahamiyati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B983.
Ilmiy rahbar: Turisin Vladimr Seergevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Eshova Xolisa Saidovna biologiya fanlari doktori professor, Mirzaeva Gulnara Saidarifovna biologiya fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy va Janubiy O‘zbekiston hududlarining leyshmanioz o‘choqlarida moskitlarning tur tarkibida so‘nggi yillarda kuzatilgan o‘zgarishlar ko‘lamini aniqlash va leyshmanioz tashuvchisi sifatidagi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida so‘nggi 50 yil ichida leyshmanioz o‘choqlarida moskitlar faunasi va tur tarkibidagi o‘zgarishlar aniqlangan;
leyshmanioz o‘choqlarida moskitlarning ikki avlodi (Phlebotomus va Sergentomyia) ga mansub, 9 turi (Ph.papatasi, Ph. sergenti, Ph. longiductus , Ph. caucasicus, Ph. mongolensis, Ph. andrejevi, Ph. alexandri, S. sogdiana, S. grecovi) aniqlanib, shulardan Ph. papatasi va Ph. sergenti dominant turligi ilmiy asoslangan;
Phlebotomus longiductus turi Surxondaryo viloyati Denov tumani, Jizzax viloyati Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududlarida ilk marotaba topilgan va ushbu hududlarda ichki leyshmaniozning yangi o‘choqlari shakllanishi mumkinligi isbotlangan;
iqlim o‘zgarishidan kelib chiqgan holda hududlarda moskitlarning generatsiya davrlaridagi o‘zgarishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy hududlarining leyshmanioz o‘choqlarida moskitlarning tur tarkibini aniqlash usullarini takomillashritish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida leyshmanioz o‘choqlarida moskitlarning tur tarkibi, generatsiya davrlari, moskt turlarining molekulyar tahlill natijalari va moskitlarga qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Surxondaryo va Jizzax viloyati boshqarmalari entomologiya va parazitologiya bo‘limlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023 yil 27 dekabrdagi 03-8/2091-son ma’lumotnomasi). Natijada, leyshmanioz o‘choqlarida moskitlarning tur tarkiblarini morfologik va molekulyar-genetik usulda aniqlash hamda moskitlarning generatsiya davrlaridan kelib chiqgan holda dizenfeksiyalash muddatlarini belgilash, leyshmanioz kasalligini tarqalishini oldini olish imkonini bergan;
teri leyshmaniozi asosiy tashuvchilari hisoblangan Ph. papatasi va Ph. sergentilarining mitoxondrial DNKsining COI geni nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar “Biotexnologik axborotlar milliy markazi” Genbank bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2024-yil 25-fevraldagi va 2024-yil 10-apreldagi ma’lumotnomasi, NCBI). Natijada, SUB14268119 Ph.papatasi PP389414 va SUB14360763 Ph.sergenti PP590312 turlarining identifikasiya raqamlari olingan va turlarni molekulyar taksonomik va filogenetik o‘rnini asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish