Nematova Dildora Odiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sabzi ildizmevasini qayta ishlash va organik kukun olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4611.
Ilmiy rahbar: Merganov Avazxon Turg‘unovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Sherzod Mashrabjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamadjanov Latifjon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sabzi ildizmevasini qayta ishlash va organik kukun olish texnologiyasini takomillashtirish orqali keng assortimentli mahsulotlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproq va iqlim sharoitlarida xorijiy sabzi navlari tanlab olingan va organoleptik ko‘rsatkichlari yuqori sharbat tayyorlash texnologiyasi aniqlangan;
sabzi ildizmevasidan tabiiy ingredientlar (zanjabil, asal, limon kislota, olma kislota) qo‘shilgan sharbat tayyorlash va “Ommabop”, “Parxezbop” hamda “Bolalar uchun maxsus” sharbat namunalarini resepturasi ishlab chiqilgan;
sabzi ildizmevasidan innovatsion usulda quritilgan organik kukun tayyorlashning texnologik parametrlari ishlab chiqilgan;
sabzi ildizmevasidan olingan sharbatning texnik shart, texnologik yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan va sabzi ildizmevasini innovatsion qayta ishlashning texnologik sxemasi ishlab chiqilib, iqtisodiy ko‘rsatkichlari 23 % yuqoriligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sabzi ildizmevasini qayta ishlash va organik kukun olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ildizmevalar kukuni asosida keks tayyorlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi tomonidan ixtiroga patent olingan (FAP №022383. 2024 y.). Natijada, sabzi ildizmevasidan tayyorlangan organik kukundan foydalanib oziq-ovqat sanoatida keks tayyorlash uchun mahsulot hajmiy nisbatini 25 % sabzi kukuni, 1÷1,5 % gacha zanjabil kukuni BFQ sifatida foydalanish imkonini bergan;
sabzi ildizmevasini kompleks qayta ishlab sharbat olish jarayonini takomillashtirish texnologiyasi “Meva’s Agro” MChJning “2024-2025-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 8 iyundagi 08-57/06-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan sharbatning sifat ko‘rsatkichlari yahshilanishiga, ozuqaviylik qiymati ana’naviy mahsulot turiga nisbatan 25-30 % ga yuqori bo‘lishiga erishiladi. Qayta ishlash korxonasida yangi turidagi mahsulotlar tayyorlanishi hisobiga rentabellik darajasi “Ommabop” sharbatlarda 23,0 % ga, “Parxezbop” va “Bolalar uchun maxsus” sharbatlarda 28,5 % ortish imkoniyatini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish