Mamatkulov Nematillo Narzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmogʻi): “Fenollarning xlorasetil hosilalarini sintezi, xossalari va qo‘llanilishi”, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/K208.
Ilmiy maslahatchi: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori, professor; Beknazarov Hasan Soibnazarovich, texnika fanlari doktori professor; Raxmanberdiev G‘affor, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fenol va izomer krezollarni katalitik miqdordagi L’yus kislotalari va nano katalizatorlar ishtirokida xlorasetillash reaksiyasi mahsulotlarining modifikasiyasi, qo‘llanilishi va olish texnologiyasini ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor xlorasetilxlorid bilan fenol va krezollarni xlorasetillash reaksiyalari katalitik miqdordagi L’yuis kislotalari ishtirokida sistematik tarzda amalga oshirilgan. Xlorasetillash reaksiyalarining yo‘nalishi va unumning turli omillarga bog‘liqligi aniqlangan.
Ilk bor xlorasetilxlorid bilan fenol va izomer krezollarni xlorasetillash reaksiyalarida nano FeCl3/SiO2-TiO2 katalizator qo‘llanilgan. Reaksiya yo‘nalishi, mahsulot tarkibi hamda unumi turli omillarga bog‘liqligi aniqlangan.
Fenol va izomer krezollarni xlorasetillash reaksiyasining regioselektiv borish sharoitlari aniqlangan. Ushbu moddalarni katalitik miqdordagi Lyuis kislotalari ishtirokida reaksiyasida O- va C-asillash borish sharoitlari borish sharoitlari topilgan.
O- asilmahsulot olish usullari ishlab chiqilgan va O- xlorasetillash reaksiyasi uchun mexanizmi ishlab chiqilgan.
Fenil- va izomer tolilxlorasetatlarning fenollar, krezolar, etil spirt, benzoy kislota bilan nukleofil almashinish reaksiyalari olib borish sharoitlari topilgan va yangi ketoefirlar olishning usullari yaratilgan. Nukleofil almashinish reaksiya mexanizmi tavsiya qilingan.
Yaratilgan uslublar asosida sintez qilingan yangi moddalarni biologik faollikga va ingibitorlik xossalarga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fenollarning xlorasetil hosilalarining sintezi, xossalari va qo‘llanilishini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fenilfenoksiasetatni laboratoriya sharoitida sintez qilish ishlab chiqildi va o‘quv jarayonida qo‘llanildi. «Fenilfenoksiasetatning sintez qilish va texnologik reglamenti ishlab chiqildi. Sintez qilingan “Fenilfenoksiatset” o‘simliklrni kasalliklari (gommoz va ildiz chirish) ga qarshi amaliyotga qollashga Navoiy “Elektrokimyozavod” QK-AJ tomonidan sinov dalolatnoma (2023 yil 10 oktyabr №12/208) va ma’lumotnoma (2023 yil 13 oktyabr №14/215) mavjud. Natijada ishlab chiqrish jarayonida aftof-muhitni iftoslantiruvchi toksik moddala hosil bo‘lmasligi, texnologk jarayonning soddalashtirilganligini inobatga olgan holda ushbu moddani ishlab chiqarishga joriy qilingan;
tadqiq qilingan fenil- va izomer tolilxlorasetat asosida sintez qilingan moddalarning, neft-gaz qazib olish hamda uni qayta ishlash sanoati tehnologik qurilmalaridagi tehnologik jihozlar va quvurlar hamda sig‘imlaridagi biokorroziyaning oldini olishda o-tolil-4-metoksifenoksiasetat, fenil-4-metoksifenoksiasetat, m-tolil-4-metilfenoksiasetat, nisbatan samarador ingibitor ekanligi aniqlandi va “O‘zbekneftgaz” AJ “Muborak neftni qayta ishlash zavodi” tomondan ishlab chiqarishga joriy etildi. Sinov dalolatnoma (2024 yil 06 sentyabr №844/G‘K-09) va ma’lumotnoma (2024 yil 06 sentyabr №845/G‘K-09) mavjud. Natijada import qilinuvchi kimyoviy reagentlar miqdorini sezilarli darajada kamayishiga olib kelishi munosabati bilan ishlab chiqarishga joriy etilgan;
fenil- va izomer tolilxlorasetat asosida sintez qilingan o-tolilfenoksiasetat va p-tolilbenzoiloksiasetatlar yuqori samaradorlikka ega boʻlib, sanoatda ishlatiladigan ingibitorlarga nisbatan yuqori haroratlarda va kuchli kislotali muhitda metallarni korroziyadan yaxshi himoyalashi sababli “GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston Shveysariya qoshma korxonasi tomonidan amaliyotga joriy etiladi. Sinov dalolatnoma (2024 yil 21 oktyabr №682-01/13/GNG) va ma’lumotnoma (2024 yil 21 oktyabr №683-01/13/GNG) mavjud. (Analitik va organik kimyo nomli darslik nashr ruxsatnomasi (O‘zMU kengashi 2024 yil 31 oktyabr №3 sonli qarori, ro‘yxatga olish raqami №477) . Natijada fenollarni xlorasetillash reaksiyalari va ularning mexanizmlari to‘grisidagi ma’lumotlar ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalanilmoqda. Natijada sintez qilingan birikmalar yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, sanoatda ishlatiladigan ingibitorlarga nisbatan yuqori haroratlarda va kuchli kislotali muhitda metallarni korroziyadan yaxshi himoyalaydi.