Matqosimov Muhammadsodiq Mahamadxoshim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “MikroGES asinxron generatorini dinamik ish rejimlarini modellashtirish”, 05.05.02 ‒ “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: № B2023.3. PhD/T3943
Ilmiy rahbar: Berdiev Usan Turdievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bedriskiy Ivan Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor; Shavazov Abdulatif Achilovich, texnika fanlari falsafa doktori, k.i.x
Yetakchi tashkilot: “Jizzax politexnika instituti”.
II. Tadqiqotning maqsadi: mikroGESlarda qo‘llaniluvchi asinxron generatorining dinamik ish rejimlarida chiqish kuchlanishi rostlash metodikasini takomillashtirish va tadqiq etish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtonom mikroGESlarda qo‘llaniluvchi qo‘zg‘atuvchi kondensator elementlari ishlab chiqarayotgan reaktiv quvvatni ventilli elementlar yordamida rostlash orqali, boshqariluvchi asinxron generatorning klassik matematik model takomillashtirilgan.
mikroGESlarda qo‘llaniluvchi asinxron generatorining nominal, kuchlanishlar nosimmetriyasi hamda o‘ta yuklama ish rejimi vaqtidagi chiqish kuchlanishini Droop boshqaruv, Adaptiv va PID boshqaruv metodikasining kuchlanishlarni rostlash usullari yordamida boshqaruv algoritmi takomillashtirilgan.
mikroGESlarda qo‘llaniluvchi asinxron generatorining dinamik ish rejimlari vaqtida rostlash qurilmasiga kiruvchi va chiquvchi kuchlanish parametrlarini hisobga olgan holda tahlil qilish imkonini beruvchi imitatsion model takomillashtirilgan.
mikroGESlarda qo‘llaniluvchi asinxron generatorining nominal, kuchlanishlar nosimmetriyasi va o‘ta yuklama ish rejimlari vaqtida chiqish kuchlanishini kondensator elementlari ishlab chiqarayotgan reaktiv quvvatni tiristor elementlari hisobiga rostlanishi takomillashtirilgan boshqarish sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. MikroGES asinxron generatorni dinamik ish rejimlarini modellashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot asosida:
mikroGES asinxron generatori reaktiv quvvatini ventilli elementlar yordamida rostlash uchun ishlab chiqilgan namunaviy qurilma “AGRO PRODSTAR” fermer xo‘jaligida elektr energiya bilan ta’minlash uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari” kengashining 2023-yil 28-fevraldagi 01-03-0440‒son ma’lumotnomasi). Natijada avtonom iste’molchilarni talabiga mos holda mikroGESlarda qo‘llanilgan asinxron generatorlar dinamik ish rejimlaridagi chiqish kuchlanishini doimiy nazorat va boshqargan holda elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
asinxron generatorining dinamik ish rejimlaridagi chiqish kuchlanishini boshqarish uchun ishlab chiqilgan takomillashgan usullar “AGRO PRODSTAR” fermer xo‘jaligida elektr energiya bilan ta’minlash uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari” kengashining 2023-yil 28-fevraldagi 01-03-0440‒son ma’lumotnomasi). Natijada mikroGES asinxron generatorni dinamik ish rejimlarini modellashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-texnik chora-tadbirlar asosida iqtisodiy samaradorlik 109 000 000 (bir yuz to‘qqiz million) so‘mni tashkil etgan.