Mamadaliev Ulug‘bek Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Qo‘zg‘aluvchan qismining faol yuzasi o‘zgaruvchan bo‘lgan burchak siljishlarini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichlar, 05.01.06 – “Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari”.
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/T4179
Ilmiy rahbar: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Siddikov Ilhomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalikov Sodiqjon Salixdjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: sezgirligi va aniqligi yuqori, diapazoni kengaytirilgan hamda chiziqli o‘zgartirish funksiyasiga ega burchak siljishlarini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishchi havo oraliqlarida joylashtirilgan chulg‘am, ferromagnit o‘zak yoki ekranini o‘roqsimon halqa ko‘rinishida yasash orqali sezgirligi va aniqligi yuqori, keng diapazonli hamda statik xarakteristikasi chiziqli bo‘lgan burchak siljishlarini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgich ishlab chiqilgan;
bitta o‘qda joylashtirilgan ikkita berk halqasimon magnit o‘tkazgich qalinligini ularni tutashtirgich bilan ulangan nuqtasidan unga qarama-qarshi diametrial nuqtasiga tomon chiziqli kamayib boradigan qilib yasash orqali o‘zgartirish funksiyasi chiziqli bo‘lgan burchak siljishlarini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgich ishlab chiqilgan;
yangi transformator o‘zgartirgichlarning uzun ferromagnit sterjenlari, ishchi havo oraliqlari va faol yuzasi o‘zgaruvchan bo‘lgan chulg‘ami, o‘zagi va ekrani parametrlari tarqoqligini inobatga olgan holda matematik modellari ishlab chiqilgan;
chulg‘ami, ferromagnit o‘zagi va ekranining faol yuzasi o‘zgaruvchan bo‘lgan yangi transformator o‘zgartirgichlar magnit zanjirlarini faol yuzasi o‘zgaruvchan elementgacha, shu elementning o‘zi va undan keyingi uchastkalarga bo‘laklab hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Burchak siljishlarini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
transformator o‘zgartirgich qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasidan ixtiroga patent olingan (№IAP 07519; 2023 y.). Natijada, o‘zgartirish funksiyasi chiziqli bo‘lgan ega bo‘lgan burchak siljishlarini o‘lchovchi qurilma yaratilgan;
transformator o‘zgartirgich qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasidan ixtiroga patent olingan (№IAP 07683; 2024 y.). Natijada, sezgirligi va aniqligi yuqori, diapazoni kengaytirilgan hamda chiziqli o‘zgartirish funksiyasiga ega bo‘lgan burchak siljishlarini o‘lchovchi qurilma yaratilgan;
sezgirligi va aniqligi yuqori, diapazoni kengaytirilgan hamda chiziqli o‘zgartirish funksiyasiga ega bo‘lgan burchak siljishlarini o‘lchovchi yangi transformator o‘zgartirgich qurilmasi “Temiryo‘linfratuzilma” aksiyadorlik jamiyati “Xovos” elektr ta’minoti distansiyasiga qarashli “Yangier” kontakt tarmog‘i uchastkasi(EChK-8)da kontakt osmasining tebranish holati haqidagi aniq ma’lumotlarni olish va unda avtotebranish hodisasi vujudga kelganligini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida qo‘llanilgan (“Temiryo‘linfratuzilma” AJning 2024 yil 12-noyabrdagi 4/E1538-son ma’lumotnomasi). Natijada, kontakt osmasining tebranish holatini avtomatik nazorat qilish va elektrovoz harakatlanishi uchun xavfli bo‘lgan avtotebranish hodisasini o‘z vaqtida aniqlash hamda tebranish amplitudalari haqidagi aniq ma’lumotlarni olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish