Suvanov Ilhom Abdixalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs ma’naviyatini yuksaltirishda milliy g‘oya va o‘zlikni anglash dialektikasi», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal47.
Ilmiy rahbar: Xo‘jamurodov Ibrohim Ro‘zievich, falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Otamuratov Sa’dulla Otamuratovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Nasriddin Ataqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxs ma’naviyatini yuksaltirishda milliy g‘oya va milliy o‘zlikni anglashning o‘zaro aloqadorligi bilan bog‘liq o‘ziga xos jarayonlarni ijtimoiy-falsafiy tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«milliy g‘oya», «milliy o‘zlikni anglash», «shaxs», «shaxs ma’naviyati» tushunchalari ijtimoiy-falsafiy tadqiq etilib, fuqarolik jamiyati ma’naviy hayotining yuksalishi jarayonidagi umuminsoniylik mohiyati va milliy jipslikni, millatlarning hamkorlik qilishini ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan;
insonning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘zlikni anglash milliy g‘oya va shaxs ma’naviyatining o‘zaro aloqadorligi ma’naviy asos ekanligi asoslagan;
shaxs ma’naviyatining yuksalishi milliy-tarixiy meros va ona tili bilan bog‘liqligi hamda o‘zlikni anglashda, milliy taraqqiyotga erishishda mas’ullik, izchillik, uyushqoqlik kabi rivojlanishning asosiy tendensiyalari ochib berilgan;
polietnik sharoitda o‘zlikni anglash va milliy g‘oya umuminsoniy negizlarining shaxs ma’naviyatini yuksaltirishidagi uyg‘unligi ilmiy-nazariy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxs ma’naviyatini yuksaltirishda milliy g‘oya va o‘zlikni anglash dialektikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«milliy g‘oya», «milliy o‘zlikni anglash», «shaxs», «shaxs ma’naviyati» tushunchalari ijtimoiy-falsafiy tadqiq etilib, fuqarolik jamiyati ma’naviy hayotining yuksalishi jarayonidagi umuminsoniylik mohiyati va milliy jipslikni, millatlarning hamkorlik qilishini ta’minlashdagi ahamiyatining tahliliga oid takliflardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida hamda O‘zbekiston Milliy universitetidagi A-1-240 raqamli ««Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari» kursi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasini nashrga tayyorlash» amaliy loyihasi doirasida 2016 yilda chop etilgan «Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari» nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2017 yil 20 oktyabrdagi 11/273-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazining 2017 yil 23 oktyabrdagi 58-son, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2017 yil 20 oktyabrdagi 04-13/1467-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 martdagi 89-03-870-son ma’lumotnomalari). Bu milliy g‘oya targ‘ibotida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishga, ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning natijadorligiga erishishda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
insonning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘zlikni anglash, milliy g‘oya va shaxs ma’naviyatining o‘zaro aloqadorligi ma’naviy asos ekanligiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining I-2015-1-5 raqamli «Milliy g‘oyaning innovatsion targ‘ibot texnologiyalari va yoshlarni axborot-psixologik xurujlardan himoya qilishning zamonaviy usullari» kitobini tayyorlash va chop etish» mavzusidagi innovatsion grant dasturi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 martdagi 89-03-870-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyihani amalga oshirishda milliy g‘oya va o‘zlikni anglash munosabatiga oid takliflarni o‘rganish, yoshlarga oid davlat siyosatini tatbiq qilish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish hamda milliy g‘oya targ‘ibotida samaradorlikka erishish imkonini bergan;
shaxs ma’naviyatining yuksalishi milliy-tarixiy meros va ona tili bilan bog‘liqligi hamda o‘zlikni anglashda, milliy taraqqiyotga erishishda mas’ullik, izchillik, uyushqoqlik kabi rivojlanishning asosiy tendensiyalari tahliliga oid xulosalardan Respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining I-2015-1-4-raqamli «O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy siyosatning tadrijiy rivojlanishi va takomillashtirish istiqbollari» mavzuidagi innovatsion grant dasturi doirasida chop etilgan monografiyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 martdagi 89-03-870-son ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan ilmiy xulosalar ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga hamda monografiyani nazariy-metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;
polietnik sharoitda o‘zlikni anglash va milliy g‘oya umuminsoniy negizlarining shaxs ma’naviyatini yuksaltirishidagi uyg‘unligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yilgi chora-tadbirlar dasturining «Ilmiy-nazariy, metodik yordam ko‘rsatish va ilmiy tadqiqotlar» nomli 1-bobning 16-bandi «Millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi audio va vedio roliklar tayyorlash va ularni mamlakatimiz bo‘ylab tashqi reklama tablolari, shahar yo‘lovchi tashish transportlaridagi teleekranlar va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ekspertlar kengashini tashkil etish, uning nizom va tarkibini ishlab chiqib, ro‘yxatdan o‘tkazish»; «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish» nomli 2-bobning 2-bandi «Boy tarixiy merosimizning dunyo miqyosidagi targ‘ibotini kuchaytirish, samaradorligini oshirish maqsadida tarixiy obidalarimizni tanishtiruvchi gidlar tarqatayotgan ma’lumotlarni o‘rganish va takomillashtirish» ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil 25 oktyabrdagi 02/03-973-son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mamlakatimiz yoshlari ma’naviyatini yanada yuksalishiga, milliy o‘zligini anglashiga, umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.