Tashpulatova Visola Ismatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fentezi romanlarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasida lingvopragmatik va lingvomadaniy aspektlar (D.Rouling romanlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1382
Ilmiy rahbar: Arustamyan Yana Yurevna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Umarova Maxliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fenteziga oid badiiy tarjimalarning lingvopragmatik va lingvomadaniy jihatlarini chuqur o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘tkazilgan badiiy, lingvopragmatik va lingvomadaniy tahlillar asosida fentezi badiiy tarjima doirasiga kiruvchi xayoliy olamlar va ular amal qiluvchi qonuniyatlarning o‘ziga xos tuzilishi, maxsus lingvistik vositalar, sehrli realizmni voqelantiruvchi uslublar, badiiy eskapizm, mifologiya, folklor va madaniy an’analarga murojaat qilish, murakkab va ko‘p qirrali personajlarni mujassam etgan alohida mustaqil yo‘nalish ekanligi aniqlangan;
fentezi asarlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda uchraydigan asosiy lingvopragmatik va milliy-madaniy unsurlarning tarjima muammolari, obektga xos qo‘shimcha implisit xususiyatlarni yaratishda qo‘llaniladigan muallifning subektiv modalligi va so‘zlovchi nomlar/antroponimlarning ifodalanishi, asliyat tilining milliy-madaniy o‘ziga xosligi va okkazional frazeologik birliklar tarjimasi bilan bog‘liq muammolar aniqlangan hamda tizimlashtirilgan;
ingliz tilidan o‘zbek tiliga fentezi asarlarini tarjima qilishda aniqlangan lingvopragmatik va lingvomadaniy qiyinchiliklarni bartaraf etishda tarjimonlar tomonidan samarali qo‘llaniladigan domestikatsiya, forenizatsiya, pragmatik moslashtirish, eksplikatsiya, kontekstual almashtirish, kompensatsiya va modulyasiya kabi asosiy tarjima strategiyalari hamda transformatsiyalari aniqlangan va tizimlashtirilgan;
o‘zbek kitobxonlarining fenteziga oid asarlarni idrok etishi va talqin qilishi ularning lingvistik hamda madaniy o‘ziga xosligi, ayniqsa, atrofdagi olamni idrok etishning milliy va madaniy jihatlari, shuningdek diniy ramziylik negizida amalga oshishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarjimaning lingvomadaniy va lingvopragmatik jihatlarini tadqiq etish jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalar asosida:
fentezining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni xayoliy olamlar va ularning qonuniyatlarining o‘ziga xos tuzilishi, o‘ziga xos til vositalari, sehrli realizm, adabiy eskapizm, mifologiya, folklor va madaniy an’analarga havolalar, murakkab va ko‘pqatlamli xarakterlarga ega ekanligi kompleks adabiyotshunoslik, lingvopragmatik va lingvomadaniy tahlil asosida aniqlanganligi tarjimonlar kasbiy tayyorgarligi sifatini nazorat qilishni tashkil etishga oid YoA-1-06-Tarjimonlarning kasbiy tayorgarligi sifatini nazorat qilishni tashkil etishga vakolatli yondashuv amaliy  loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining №04/11-8059-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihada fentezi matnlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda tarjimonlar duch keladigan asosiy lingvistik va milliy-madaniy unsurlar tarjima muammolari korsatilib berildi, shu tariqa talabalarda badiiy tarjima mahoratini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
ingliz tilidan o‘zbek tiliga fentezidagi badiiy matnlarni tarjima qilishda tarjimonlar duch keladigan asosiy lingvopragmatik va madaniy o‘ziga xos qiyinchiliklar, xususan, muallifning subektiv modalligi, so‘zlovchi ismlar/antroponimlarning obektning qo‘shimcha implisit xususiyatlarini yaratishda reprezentatsiyasi va asliyat tilining milliy-madaniy o‘ziga xosligi bilan bog‘liq okkazional frazeologizmlar Erasmus+ UNICAC 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “Markaziy Osiyo va Xitoyda bilimlarni uzatish boyicha universitetlararo hamkorlik asoslari” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 30-sentyabrdagi  №04/11-8058-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilidan o‘zbek tiliga fentezini tarjima qilishda aniqlangan lingvopragmatik va lingvomadaniy qiyinchiliklarni bartaraf etishda tarjimonlar tomonidan samarali qo‘llaniladigan domestikatsiya, forenizatsiya, pragmatik moslashtirish, eksplikatsiya, kontekstual almashtirish, kompensatsiya va modulyasiya kabi tarjima strategiyalari va usulari haqidagi bilimlar bazasini kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qildi;
fenteziga oid matnlarni idrok etish va talqin qilishga oid xususiyatlar bilan bog‘liq xulosalardan  O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi buyurtmasi asosida namoyish etiladigan “Bir asar tarixi” radioeshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (“Mahalla teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024-yil 3-oktyabrdagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarning fentezi, xususan, mazkur janrning milliy-madaniy o‘ziga xosligi, olamni idrok etish hamda diniy ramziylik haqidagi bilimlarini boyitishga hissa qo‘shdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish