Ruzmetova Novval Vaxabdjanovnaning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy kompetentligini ingliz tilini o‘qitish vositasida shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped348
Ilmiy maslahatchi: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped48.01
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna pedagogika fanlari doktori, professor; Riskulova Kamola Djummaevna pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailova Gulnoza Saydiganihodjaevna yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilini o‘qitish vositasida bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy kompetentligi tuzilmasining muhim parametrlari va indekatorlarini belgilashda o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonini analitik tahlil qilish orqali kasbiy kompetentlikning o‘zaro bog‘liqlikdagi huquqiy xabardorlik, ma’naviy-axloqiy etuklik kabi ustuvor tarkibiy qismlari mazmuni aksiologik, pedagogik-psixologik, didaktik omillarga ustuvorlik berish hamda huquqiy savodxonlik va ingliz tilini bilish orqali kasbiy muhitga moslashish qobiliyatilarini rivojlantirish asosida mazmunan takomillashtirilgan;
yuridik texnikumlarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi mazmuniga geyming (“Quest”, “Simulyasiya”, “Quiz” usullari), edjayl (“Kanban” usuli), storitelling (“Monomif” usuli), podkast (“Audio Podcast” usuli) kabi innovatsion usullarni kiritish orqali ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitishga qaratilgan “Legal culture of future lawer (bo‘lajak huquqshunosning huquqiy madaniyati)” mualliflik kursi va kursni o‘qitish metodikasi ishlab chiqildi;
bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy kompetensiyalarini hamda madaniy zehnlik, empatiya, kross-madaniyatli kommunikativlik, o‘z ishiga sadoqat kabi shaxsiy-kasbiy fazilatlarini shakllantirishning cross-culture (madaniyatlar kesishuvi) zamonaviy yondashuvlarini qo‘llash asosida mualliflik mavzularini kiritish orqali “English for law studens” (Yuristlar uchun ingliz tili) fani o‘quv dasturining mazmuni, shuningdek bo‘lajak yuristlar uchun kasbiy atamalar tezaurusini ishlab chiqilganligi bilan ingliz tiliga kasbga yonaltirilgan o‘qitishning didaktik ta’minotini amalga oshirilishi takomillashtirilgan;
yuridik texnikumlarda ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning shakllari, usullari va texnologiyalarini “VOLL strategiyasi” asosida takomillashtirish hamda bo‘lajak huquqshunosning mustaqillik, tashabbuskorlik, faollik, kasbga sadoqat, odob-axloq tamoyillariga amal qilish kabi kasbiy muhim sifatlarini aniqlash asosida yuridik texnikum o‘quvchilarining ingliz tili vositasida kasbiy kompetentligini shakllantirishning strukturaviy-funksional modeli, uning asosiy bloklari (maqsadli, mazmunli, uslubiy, natijaviy) mazmunan takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini baholashning majmuaviy vositalari (mezonlar, ko‘rsatkichlar) hamda kasbiy faoliyatda ingliz tilini bilish va qo‘llash darajasini baholash mezonlarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida motivatsion, kognitiv-kommunikativ, faoliyatga asoslangan, refleksiv mezonlar talablari va ko‘rsatkichlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tilini o‘qitish vositasida bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy kompetentligi tuzilmasining muhim parametrlari va indekatorlarini belgilashda o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonini analitik tahlil qilish orqali kasbiy kompetentlikning o‘zaro bog‘liqlikdagi huquqiy xabardorlik, ma’naviy-axloqiy samaradorlik, axloqiy etuklik kabi ustuvor tarkibiy qismlari mazmuni aksiologik, pedagogik-psixologik, didaktik omillarga ustuvorlik berish hamda huquqiy savodxonlik va ingliz tilini bilish orqali kasbiy muhitga moslashish qobiliyatilarini kiritishga doir takliflardan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish va o‘quv amaliyotini takomillashtirish uchun yangi ilmiy-tadqiqot va amaliy laboratoriyalarni yaratish” mavzusidagi ilmiy amaliy loyihani (2019-2023-yillar) amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 02/19-659-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilarida kasbiy kompetentlik va umumiy kompetentlikni shakllantirish talablari takomillashtirilgan;
yuridik texnikumlarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi mazmuniga geyming (“Quest”, “Simulyasiya”, “Quiz” usullari), edjayl (“Kanban” usuli), storitelling (“Monomif” usuli), podkast (“Audio Podcast” usuli) kabi innovatsion usullarni kiritish orqali ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitishga qaratilgan “Legal culture of future lawer (bo‘lajak huquqshunosning huquqiy madaniyati)” mualliflik kursi va kursni o‘qitish metodikasi Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati va Jizzax viloyatidagi yuridik texnikumlarida o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 20-martdagi 12/03-6/5262-sonli ma’lumotnomsi). Mazkur kurs ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda samaradorlikka erishishga xizmat qilgan;
bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy kompetensiyalarini hamda madaniy zehnlik, empatiya, kross-madaniyatli kommunikativlik, o‘z ishiga sadoqat kabi shaxsiy-kasbiy fazilatlarini shakllantirishning cross-culture (madaniyatlar kesishuvi) zamonaviy yondashuvlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan “English for law studens” (Yuristlar uchun ingliz tili) fani o‘quv dasturi va kasbiy atamalar tezaurusini o‘z ichiga olgan “Legal culture of future lawer (Bo‘lajak huquqshunosning huquqiy madaniyati)” o‘quv-uslubiy qo‘llanma va “English in topics (Ingliz tili matnlarda – yuridik texnikum talabalari uchun)”, “Yuridik atamalarning inglizcha-o‘zbekcha-ruscha elektron lug‘ati (yuridik texnikumlari talabalari uchun)” didaktik ta’minoti Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati va Jizzax viloyatidagi yuridik texnikumlarida o‘quv jarayoniga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 02/19-659-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dastur hamda didaktik ta’minot globallashuv sharoitida o‘quvchilarning ta’lim faoliyatini samarali amalga oshirish va mustaqil ta’lim natijalarini xolisona baholashga xizmat qildi;
yuridik texnikumlarda ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning shakllari, usullari va texnologiyalarini “VOLL strategiyasi” asosida takomillashtirish hamda bo‘lajak huquqshunosning mustaqillik, tashabbuskorlik, faollik, kasbga sadoqat, odob-axloq tamoyillariga amal qilish kabi muhim kasbiy sifatlarini aniqlash asosida yuridik texnikum o‘quvchilarining ingliz tili vositasida kasbiy kompetentligini shakllantirishga doir takliflardan “Toshkent Jan Mone nomidagi Evropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi”ning amaliy loyihasini (2020-2023-yillar) bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 02/19-659-son ma’lumotnomasi). Natijada “English for law studens” (yuristlar uchun ingliz tili) fani o‘quv dasturi, didaktik va metodik ta’minoti takomillashtirilgan;