Xamroev Gulom Abdiganievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chov churrasini keksa va qari yoshdagi bemorlarda xirurgik davolashning xususiyatlari», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4147.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafarjon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jabaev Safarboy Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Ochiq protezli plastik jarrohlik va laparoskopik TAPP gernioplastikasini tanlashni individuallashtirish orqali katta va keksa yoshli bemorlarda chov churralarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gernioplastikaning turli usullaridan so‘ng katta va keksa yoshdagi bemorlarda chov churrasining qaytalanishi uchun jarrohlik va anestetik xavf omillari (ligaturalarning ochilishi, to‘qimalarda degenerativ-distrofik o‘zgarishlar, Lixtenshteyn bo‘yicha ochiq protezli plastik jarrohlikda implantning fiksatsiya nuqtalaridan siljishi) aniqlangan;
katta va keksa yoshli bemorlarda chov churrasi gernioplastikasi usulini tanlashga individual yondashuv ochiq protez va laparoskopik operatsiyalarni tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ishlab chiqilgan;
katta yoshdagi bemorlarda transabdominal preperitoneal plastika (TAPP) texnikasidan foydalangan holda laparoskopik gernioplastika uchun ko‘rsatmalar chov soxasidagi mahalliy patologik o‘zgarishlarni va Amerika anesteziologlar asotsiatsiyasi (ASA) tasnifiga ko‘ra umumiy jarrohlik va anestetik xavf omillarini (umumiy kon yukotish, organizm zaxarlanishi, gipotoniya va gipoksiya) hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
keksa va kari yoshda laparoskopik transabdominal preperitoneal plastika (TAPP) va ochiq tortilmaydigan protezli (takomillashtirilgan Lichtenstein texnikasi) chov churrasi gernioplastikasining klinik samaradorligi (operatsiyadan keyingi o‘ziga xos uzoq muddatli asoratlarning chastotasini 14,9% dan 7,7% gacha,  churraning qaytalanishi 10,6% dan 3,1% gacha kamayishi) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chov churrasini keksa va qari yoshdagi bemorlarda xirurgik davolashning xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 y. 05/20-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: gernioplastikaning turli usullaridan so‘ng katta va keksa yoshdagi bemorlarda chov churrasining qaytalanishi uchun jarrohlik va anestetik xavf omillari (ligaturalarning ochilishi, to‘qimalarda degenerativ-distrofik o‘zgarishlar, Lixtenshteyn bo‘yicha ochiq protezli plastik jarrohlikda implantning fiksatsiya nuqtalaridan siljishi) aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gernioplastikaning turli usullaridan so‘ng keksa yoshdagi bemorlarda chov churrasining qaytalanishi uchun xavf omillari aniqlash bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 08 apreldagi 55-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Xirurgiya paxovix grij u bol`nix starshix vozrastnix grupp» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 05.08.2024 y. 302-U-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 07.08.2024 y. 2732-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chov churrasi bilan og‘rigan keksa va qari yoshdagi, shuningdek giperstenik tipdagi bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlikning kamayishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliyotga tatbiq etilgan takomillashtirilgan taranglashmagan chov gernioalloplastikasini qo‘llash natijasida og‘riq qoldiruvchi dori – vositalarini buyurish soni keskin kamaygan, shuningdek bemorlarning statsionar sharoitida davolanish davri qisqargan. Xulosa: Lichtenstein operatsiyasini tanlab bajarish oqibatida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 700000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Chov churrasini keksa va qari yoshdagi bemorlarda xirurgik davolashning xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 26-avgustdagi 5097-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: katta va keksa yoshli bemorlarda chov churrasi gernioplastikasi usulini tanlashga individual yondashuv ochiq protez va laparoskopik operatsiyalarni tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: katta va keksa yoshli bemorlarda chov churrasi gernioplastikasi usulini tanlashga individual yondashuv ochiq protez va laparoskopik operatsiyalarni tabaqalashtirilgan yondashuv bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 08 apreldagi 55-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Xirurgiya paxovix grij u bol`nix starshix vozrastnix grupp» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 05.08.2024 y. 302-U-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 07.08.2024 y. 2732-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundaki, chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishi va og‘riq kuzatilmasligi hisobiga bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Chov churralari xirurgik davosida takomillashtirilgan usulni qo‘llash oqibatida operatsiyadan keying asoratlar chastotasi 13,5% dan 7,2% gacha (r=0,045) kamaygan, operatsiya davomiyligi, reabilitatsiya davri, hamda statsionar davoning umumiy muddatini qisqarishi imkonini bergan. Xulosa: Chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi erta asoratlar kamayganligini hisobga olib, 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 6400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Chov churrasini keksa va qari yoshdagi bemorlarda xirurgik davolashning xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 26-avgustdagi 5097-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: katta yoshdagi bemorlarda transabdominal preperitoneal plastika (TAPP) texnikasidan foydalangan holda laparoskopik gernioplastika uchun ko‘rsatmalar chov soxasidagi mahalliy patologik o‘zgarishlarni va Amerika anesteziologlar asotsiatsiyasi (ASA) tasnifiga ko‘ra umumiy jarrohlik va anestetik xavf omillarini (umumiy kon yukotish, organizm zaxarlanishi, gipotoniya va gipoksiya) hisobga olgan holda takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: katta yoshdagi bemorlarda TAPP texnikasidan foydalangan holda laparoskopik gernioplastika uchun ko‘rsatmalar chov soxasidagi mahalliy patologik o‘zgarishlarni va ASA tasnifiga ko‘ra umumiy xavf omillarini hisobga olgan holda optimallashtirish bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 08 apreldagi 55-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Xirurgiya paxovix grij u bol`nix starshix vozrastnix grupp» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 05.08.2024 y. 302-U-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 07.08.2024 y. 2732-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 7 kundan 3 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 210 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitasiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitasiya uchun ishlatiladigan 35000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan bemorning yashash joyi bo‘yicha poliklinikalarda) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda gernioalloplastikaning taranglashmagan usulini qo‘llash natijasida 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 6400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Chov churrasini keksa va qari yoshdagi bemorlarda xirurgik davolashning xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 26-avgustdagi 5097-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: keksa va kari yoshda laparoskopik transabdominal preperitoneal plastika (TAPP) va ochiq tortilmaydigan protezli (takomillashtirilgan Lichtenstein texnikasi) chov churrasi gernioplastikasining klinik samaradorligi (operatsiyadan keyingi o‘ziga xos uzoq muddatli asoratlarning chastotasini 14,9% dan 7,7% gacha,  churraning qaytalanishi 10,6% dan 3,1% gacha kamayishi) isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: laparoskopik (TAPP) va ochiq tortilmaydigan protezli (takomillashtirilgan Lichtenstein texnikasi) chov churrasi gernioplastikasining klinik samaradorligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 08 apreldagi 55-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Xirurgiya paxovix grij u bol`nix starshix vozrastnix grupp» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 05.08.2024 y. 302-U-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 07.08.2024 y. 2732-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundaki, chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishi va og‘riq kuzatilmasligi hisobiga bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Chov churralari xirurgik davosida takomillashtirilgan usulni qo‘llash oqibatida operatsiyadan keying asoratlar chastotasi kamaygan, operatsiya davomiyligi, reabilitatsiya davri, hamda statsionar davoning umumiy muddatini qisqarishi imkonini bergan. Xulosa: chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi erta asoratlar kamayganligini hisobga olib, 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 3640000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 5360000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Chov churrasini keksa va qari yoshdagi bemorlarda xirurgik davolashning xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 26-avgustdagi 5097-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish