Sagdullaev Kozimxon Kaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Teatr va ommaviy axborot vositalari kommunikativ tizim sifatida», 17.00.08–San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/San3.
Ilmiy rahbar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti huzuridagi ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash, DSs.27.06.2017.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafruz Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Yusupova Marina Rimovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:«Teatr va OAV» kommunikativ tizimini teatr, OAV, auditoriyaning yaxlitligi va o‘zaro ta’siri sifatida tavsiflash hamda uni hozirgi davr o‘zbek teatr san’ati va madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Teatr va OAVning o‘zaro aloqadorligi kommunikativ tizim sifatida tavsiflanib, uning teatr san’ati va madaniyatini rivojlantirishga ta’siri aniqlangan;
teatr va matbuot, teatr va radio, teatr va televidenie, teatr va Internet o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish tahlil hamda mualliflik hodisasi bilan bog‘liqligi dalillangan;
kommunikatsiya jarayonida teatr jurnalistikasi teatr, teatrshunoslik bilan o‘zaro bog‘liqlikda yoritilib, teatr san’ati targ‘ibotini amalga oshirishda janrlarning xususiyatlari asoslab berilgan;
teatr axborot xizmati ishini samarali tashkil etish – polifunksional kommunikativ tizimni faollashtirish vositasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi.
Teatr va ommaviy axborot vositalari kommunikativ tizim bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston teatr san’atidagi tamoyillarga (tarixiy mavzuga murojaatning kuchayishi, zamon qahramonining talqini) oid masalalardan «Noveyshaya istoriya Uzbekistana» darsligining “Duxovnoe i kul`turnoe razvitie Uzbekistana v godi nezavisimosti” bobini yaratishda foydalanilgan (№603-127, 24.08.2017 y). Natijada xronologik faktlar bilan birga repertuardagi o‘zgarishlarni ham qamrab olganligi jihatidan o‘quvchida teatr san’atiga oid tasavvurlarni kengaytirish imkonini bergan;
janrlarning tipologik xususiyatlari, metodologik yondashuvlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Kinoteatr» telekanalining «Timsol» ko‘rsatuvi konsepsiyasini takomillashtirishda, uni shaklan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi «Dunyo bo‘ylab» davlat unitar korxonasining 2018 yil 1 maydagi 08-14-227-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi televidenie orqali asar haqida berilayotgan ma’lumotning mazmundorligini oshirib, muayyan darajada tomoshabin tasavvurida spektakl` obrazini shakllantirishga xizmat qilgan.