Ashurova Gulchexra Zokirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda sepsisda oqsil-energetik etishmovchiligi va uni korreksiyasi», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2964.
Ilmiy raxbar: Satvaldieva Elmira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022. Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Xuriya Nuriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Nematjon Komiljonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Rossiya tibbiyot akademiyasi uzluksiz kasbiy ta’limning Federal davlat byudjetli qo‘shimcha kasbiy ta’lim muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda sepsisda nutritiv statusni diagnostika qilish orqali, standart va glutamin qo‘shilgan kombinirlangan nutritiv qo‘llab-quvvatlash samaradorligining baholash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda sepsisni erta aniqlash uchun ilk bor zamonaviy biomarkerlar, klinik mezonlar va pSOFA shkalasini o‘z ichiga olgan kompleks metodika qo‘llanilib, terapiyani o‘z vaqtida boshlash orqali asosiy guruhda reanimatsiya bo‘limida bemorlarning statsionarda davolanish muddati 17,55 % kunga qisqarishi isbotlangan.
sepsisni diagnostika qilish va davolashda mikrobiologik monitoring yordamida infeksiya qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash va antibakterial terapiyani maqsadli to‘g‘rilash orqali agressiv davolash usullariga ehtiyojni 48,7% ga qisqartirilgani isbotlangan.
sepsis bo‘lgan bolalarda oqsil-energetik etishmovchilikni aniqlash uchun antropometriya va laboratoriya tahlillarini o‘z ichiga olgan kompleks diagnostik usulga asoslanib, nutritiv defisitlarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatish orqali klinik natijalar yaxshilanishi hamda o‘lim ko‘rsatkichi 8,89% ga kamayishi isbotlangan.
sepsis bilan bemorlarni Glutaminli nutritiv qo‘llab-quvvatlash natijasida sun’iy o‘pka ventilyasiyasi davomiyligini 41,62% ga kamayganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda sepsisda oqsil-energetik etishmovchiligi va uni korreksiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangiligi: bolalarda sepsisni erta aniqlash uchun ilk bor zamonaviy biomarkerlar, klinik mezonlar va pSOFA shkalasini o‘z ichiga olgan kompleks metodika qo‘llanilib, terapiyani o‘z vaqtida boshlash orqali asosiy guruhda reanimatsiya bo‘limida bemorlarning statsionarda davolanish muddati 17,55 % kunga qisqarishi isbotlanganligi bo‘yicha «Bolalardagi sepsis va oqsil-energetik etishmovchiligini diagnostika qilishga kompleks yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 06 martdagi № 03/210 sonli xulosasi) va tasdiqlangan. Mazkur taklif Qo‘qon shahar Tez tibbiy yordam markazi bo‘yicha 17.04.2024 yildagi  № 4 – sonli,  2-chi Bolalar shahar jarroxlik klinik shifonasi bo‘yicha  08.04.2024 yildagi  № 89-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi № 7/119 – sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: Sepsisni diagnostika qilish va davolashni yaxshilash bolalar o‘rtasida kasallanish va o‘lim darajasini kamaytirib, jamoat salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; iqtisodiy samaradorligi: sepsisni kompleks diagnostika qilish usuli reanimatsiyada bemorlarning qolish muddatini va tegishli xarajatlarni kamaytirishga imkon bergan. RITBda bemorlarning qolish muddati: asosiy guruh: 11,93 ± 1,34 kun, kiyosiy guruh: 14,47 ± 1,57 kun.  RITBda bir kunlik xarajat: 214350 so‘m. Bir bemorga bo‘lgan umumiy xarajatlar. Asosiy guruh: 2556445 so‘m. Qiyosiy guruh: 3100234 so‘m. Iqtisodiy samaradorlik: Bir bemorga 543789 so‘m (17.54%) tejamkorlik. Xulosa: zamonaviy biomarkerlar, klinik mezonlar va pSOFA shkalasi asosida bolalarda poliorgan etishmovchiligini erta aniqlash davolash samaradorligini oshirishi asoslangan.  
ikkinchi ilmiy yangilik: Sepsisni diagnostika qilish va davolashda mikrobiologik monitoring yordamida infeksiya qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash va antibakterial terapiyani maqsadli to‘g‘rilash orqali agressiv davolash usullariga ehtiyojni 48,7% ga qisqartirilgani isbotlanganligi bo‘yicha «Bolalardagi sepsis va oqsil-energetik etishmovchiligini diagnostika qilishga kompleks yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 06 martdagi № 03/210 sonli xulosasi) va tasdiqlangan. Mazkur taklif Qo‘qon shahar Tez tibbiy yordam markazi bo‘yicha 17.04.2024 yildagi  № 4 – sonli,  2-chi Bolalar shahar jarroxlik klinik shifonasi bo‘yicha  08.04.2024 yildagi  № 89-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi № 7/119 – sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: mikrobiologik monitoringni joriy etish tibbiy yordam sifatini oshirgan, bolalarda asoratlar xavfini kamaytirish va bemorlar holatini yaxshilashga yordam bergan; iqtisodiy samaradorligi: mikrobiologik monitoring antibakterial terapiyani qo‘zg‘atuvchiga muvofiqlashtirish orqali antibiotik-rezistentlik xavfini kamaytirgan va agressiv davolash usullariga ehtiyojni qisqartirgan. Sanatsion muolajalar soni asosiy guruhda 4,8 ± 1,49, qiyosiy guruhda 9,36 ± 1,79. Bitta sanatsion muolaja - 320000 so‘m. Asosiy guruhda xarajatlar 1459200 so‘mga kamaytirilgan. Xulosa: mikrobiologik monitoringni joriy etilishi sepsisni diagnostika qilish va davolashni yaxshilagan, sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanishga yordam bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: sepsis bo‘lgan bolalarda oqsil-energetik etishmovchilikni aniqlash uchun antropometriya va laboratoriya tahlillarini o‘z ichiga olgan kompleks diagnostik usulga asoslanib, nutritiv defisitlarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatish orqali klinik natijalar yaxshilanishi hamda o‘lim ko‘rsatkichi 8,89% ga kamayishi isbotlanganligi bo‘yicha «Bolalardagi sepsis va oqsil-energetik etishmovchiligini diagnostika qilishga kompleks yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 06 martdagi № 03/210 sonli xulosasi) va tasdiqlangan. Mazkur taklif Qo‘qon shahar Tez tibbiy yordam markazi bo‘yicha 17.04.2024 yildagi  № 4 – sonli,  2-chi Bolalar shahar jarroxlik klinik shifonasi bo‘yicha  08.04.2024 yildagi  № 89-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi № 7/119 – sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: OEEni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatish bemorlarning tiklanish imkoniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, bolalar o‘limi va nogironligini kamaytirgan; iqtisodiy samaradorligi: sepsis bo‘lgan bolalarda oqsil-energetik etishmovchilikni aniqlash uchun antropometriya va laboratoriya tahlillarini o‘z ichiga olgan kompleks diagnostik usulga asoslanib, nutritiv defisitlarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatish orqali umumiy iqtisodiy samaradorlik asosiy guruhda o‘lim holatlari nazorat guruhiga nisbatan 4 ta (8,89%) ga kamaygani asoslangan. Asosiy guruhda 45 bemordan 7 ta o‘lim (15,56%). Nazorat guruhida 45 bemordan 11 ta o‘lim (24,44%) kuzatildi. Xulosa: metodologiya OEEni aniq va o‘z vaqtida aniqlash, nutritiv qo‘llab-quvvatlashni optimallashtirish orqali intensiv terapiya sifati va klinik natijalarini yaxshilashga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sepsis bilan bemorlarni Glutaminli nutritiv qo‘llab-quvvatlash natijasida sun’iy o‘pka ventilyasiyasi davomiyligini 41,62% ga kamayganligi isbotlanganligi bo‘yicha «Bolalardagi sepsis va oqsil-energetik etishmovchiligini diagnostika qilishga kompleks yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 06 martdagi № 03/210 sonli xulosasi) va tasdiqlangan. Mazkur taklif Qo‘qon shahar Tez tibbiy yordam markazi bo‘yicha 17.04.2024 yildagi  № 4 – sonli,  2-chi Bolalar shahar jarroxlik klinik shifonasi bo‘yicha  08.04.2024 yildagi  № 89-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi № 7/119 – sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: sun’iy o‘pka ventilyasiyasi davomiyligini qisqartirish, reanimatsiyada qolish muddatini kamaytirish va o‘lim darajasini pasaytirish orqali jamoat salomatligi yaxshilangan; iqtisodiy samaradorligi: glutamin qo‘llanilishi bilan ishlab chiqilgan nutritiv qo‘llab-quvvatlash shakli klinik natijalarni yaxshilash, SO‘V davomiyligini kamaytirish va kislorodga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish orqali mablag‘larni tejash samaradorligini ko‘rsatgan. Umumiy kislorod ehtiyoji: Asosiy guruh (4,42 kun) - 346032 litr. Nazorat guruhi (7,57 kun) - 587088 litr. Kislorod tejamkorligi: 241056 litr (41,06%). Xulosa: glutamin asosidagi nutritiv qo‘llab-quvvatlash tizimi davolash samaradorligini oshirgan, resurslardan samarali foydalanishni ta’minlagan va tibbiy yordam sifatini yaxshilagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish