Ruzmetova Inobat Yangibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artritda vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘im tuzilmalari remodellanishi va uning klinik jihatlari» 14.00.05 - Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2667.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Revmatoid artritda vitamin D etishmovchiligini bo‘g‘imning tuzilmaviy o‘zgarishlariga ta’siri va uning klinik kechishini o‘rganish hamda uni korreksiyalashning davo-profilaktik tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artritning dastlabki davrlarida vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘im tuzilmasini erta remodellanishi aniqlangan va undagi tog‘ayning erta destruksiyalanish hamda suyakdagi rezorbsiyalanish mexanizmi asoslangan;
revmatoid artritda vitamin D etishmovchiligini kasallikning faollanishi (DAS-28 va SDAI) hamda O‘NO- va IL-6larning ekspressiyasi avjlanishi va shu tufayli suyak epifizida erta osteoporoz hamda subxondrial osteoskleroz erta shakllanishidagi o‘rni aniqlangan;
revmatoid artritda bo‘g‘im tuzilmasini xaritalash tizimi orqali vitamin D etishmovchiligi negizida shakllangan erta remodellanishni aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
revmatoid artritda bazis davo negizida vitamin D etishmovchiligi tiklanishiga qaratilgan algoritmning kasallik klinik remissiyalanishini (2,6 > DAS28 > 6 oy) ta’minlashi va bo‘g‘imlarning funksional imkoniyatlarini yaxshilashdagi o‘rni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
"Revmatoid artritda vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘im tuzilmasining erta remodellanishini aniqlash usuli" mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/62-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritning dastlabki davrlarida vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘im tuzilmasini erta remodellanishi aniqlangan va undagi tog‘ayning erta destruksiyalanish hamda suyakdagi rezorbsiyalanish mexanizmi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Revmatoid artritda vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘im tuzilmasining erta remodellanishini aniqlash usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 26.02.2024 yil, Nº02-24/260-t son bilan tasdiqlangan) mazmuniga singdirilgan. RAda taklif berilgan usulni shifokorlar tomonidan amaliyotda qo‘llanilishi vitamin D etishmovchiligi tufayli bӯg‘imdagi tuzilmaviy o‘zgarishlarda erta tegishli davoni qo‘llashga imkoniyat yaratgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qo‘llanilgan usul kasallikning klinik remissiyalanishini ta’minlanishi va bo‘g‘imlarning funksional imkoniyatlarini yaxshilashga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: Bunda RA chalingan bӯg‘im sindromi yuzasidan murojaati 37,5% ga kamaygan. Bir yilda kuzatuvdagi bemorlar 2,4±1,1 marta statsionar davo olgan va shu kasallikka chalingan bemorni 10 kun davomida statsionar sharoitida davolash xarajatlari o‘rtacha 4750000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: taqdim etilgan usul qo‘llanilishi orqali vitamin D etishmovchiligi aniqlanishi va uni korreksiya qilishi bemorlarda statsionar davoga ehtiyojlikni 50,6% ga kamaytirgan va o‘rtacha hisobda bemorlar 0,8±0,1 marta statsionar davo ehtiyojini kamaytirishga olib kelgan. Natijada kasalxonada yotib davolanish bemor uchun 3800000 so‘mni tashkil etib, harajat 7600000 so‘m tejab kolish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda vitamin D etishmovchiligini kasallikning faollanishi (DAS-28 va SDAI) hamda O‘NO- va IL-6larning ekspressiyasi avjlanishi va shu tufayli suyak epifizida erta osteoporoz hamda subxondrial osteoskleroz erta shakllanishidagi o‘rni aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Revmatoid artritda vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘im tuzilmasining erta remodellanishini aniqlash usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 26.02.2024 yil, Nº02-24/260-t son bilan tasdiqlangan) mazmuniga singdirilgan. RA ning klinik faollanishi va bӯg‘im sindromini agressiv ko‘rinishda kelishi bemorlar qon zardobidagi vitamin D etishmovchiligi bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy samaradorligi: vitamin D miqdori kamaygan sari kasallikning faollanishi ortib boradi va bӯg‘imlardagi funksional imkoniyat chegaralanib boradi. Bunda u kasallikning faollanishiga turtki omil hisoblanib, rentgenologik belgilarni keyingi bosqichlarida 68,2% gacha bo‘lgan vaziyatda tez sur’atlardagi avjlanishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: RA da vitamin D etishmovchiligi negizida esa yil davomida 37,5%ga bo‘g‘imdagi muammolar yuzasidan bemorlarni vrachga murojaati kamayishi hamda shifoxonada davolanish ehtiyoji va mehnatga yaroqsizlik kunlarni kamayishi, moddiy sarf-harajatlarning qisqarishi kuzatiladi. Xulosa: RA da vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘imda remodellanishini erta aniqlash tegishli maqsadli davo taktikasini erta qo‘llashga imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda bo‘g‘im tuzilmasini xaritalash tizimi orqali vitamin D etishmovchiligi negizida shakllangan erta remodellanishni aniqlash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Revmatoid artritda vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘im tuzilmasining erta remodellanishini aniqlash usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 26.02.2024 yil, Nº02-24/260-t son bilan tasdiqlangan) mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: RA da vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘im tuzilmalarida erta remodellanish kuzatilib, kasallikning erta davrlaridan osteit shakllanib, suyak epifizida uning zichlashishi susayib boradi. Bo‘g‘im tog‘ayida defektlar tufayli uning shaklining o‘zgarishi bo‘g‘im bo‘shlig‘i oralig‘ini erta torayishiga hamda suyak to‘qimasida rezorbsiya jarayonini yuzaga kelishi pannusni suyakka invaziyasiga turtki bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: Bunda RA chalingan 1 nafar bemor kasalxonada yotib davolanish uchun bir yilda 11400000 so‘m xarajat qilgan. Shu bilan bir qatorda taqdim etilgan usul qo‘llanilishi orqali vitamin D etishmovchiligi aniqlanishi va uni korreksiya qilishi bemorlarda statsionar davoga ehtiyojlikni 50,6% ga kamaytirgan va o‘rtacha xisobda bemorlar 0,8±0,1 marta statsionar davo olgan. Xulosa: kasalxonada yotib davolanish bemor uchun 3800000 so‘mni tashkil etib, xarajat 7600000 so‘m tejab qolish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda bazis davo negizida vitamin D etishmovchiligi tiklanishiga qaratilgan algoritmning kasallik klinik remissiyalanishini (2,6 > DAS28 > 6 oy) ta’minlashi va bo‘g‘imlarning funksional imkoniyatlarini yaxshilashdagi o‘rni aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Revmatoid artritda vitamin D etishmovchiligi tufayli shakllangan bӯg‘im tuzilmalardagi buzilishlarni korreksiyalash algoritmi" (Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 26.02.2024 yil, Nº02-24/259-t son bilan tasdiqlangan) mazmuniga singdirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: vitamin D etishmovchiligi tiklanishiga qaratilgan algoritmni qo‘llanilishi klinik remissiyani ta’minlashi va bo‘g‘imlarning funksional imkoniyatlarini yaxshilab, uning negizida IL-6 ning ijobiy siljish kuzatilib, bo‘g‘im tuzilmadagi buzilishlar va qolaversa, bo‘g‘im suyagi va tog‘ayini erta destruksiyalanishini oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: RA da vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘im sindromi bilan bir yil davomida bemorlar 2,4±1,1 marta statsionar davo olgan va 10 kun davomida statsionar sharoitida davolash xarajatlari o‘rtacha 4750000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: RA da vitamin D etishmovchiligi negizida bo‘g‘imda remodellanishini erta aniqlash tegishli maqsadli davo taktikasini erta qo‘llashga imkoniyat yaratadi. Shuning negizida esa yil davomida 37,5%ga bo‘g‘imdagi muammolar yuzasidan bemorlarni shifokorga murojaati kamayishi hamda shifoxonada davolanish ehtiyoji va mehnatga yaroqsizlik kunlarni kamayishi, moddiy sarf-harajatlarning qisqarishi imkonini bergan.