Zayniev Alisher Faridunovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez xavfsiz kasalliklarini tashxislash va jarrohlik davosini maqbullashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib741.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Byulent Yunal, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Smolensk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
qalqonsimon bez xavfsiz kasalliklari bo‘lgan bemorlar jarrohlik davolash natijalarini operatsiya hajmini tanlashga morfologik asoslangan yondashuvni ishlab chiqish, hamda aralashuv texnikasini takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘qoqning qaytalanish chastotasi uning patomorfologik shakllariga, tireoperoksidazaga nisbatan antitanchalar darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha autoimmun jarayonning faollik darajasiga, shuningdek, bajarilgan operatsiya hajmiga bog‘liqligi aniqlangan va ingichka ignali punksion aspiratsion biopsiya, hamda intraoperatsion ekspress diagnostikadan iborat morfologik tekshiruvni bosqichma-bosqich qo‘llash bo‘qoqning gistologik shaklini aniqlashtirish imkonini berishi isbotlangan;
qalqonsimon bez to‘qimalarida morfologik o‘zgarishlarning rivojlanishi qalqonsimon bez epiteliyasining proliferatsiyasi va transformatsiyasining ustunligini ko‘rsatuvchi tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalar darajasiga bevosita bog‘liq ekanligi isbotlangan, bu esa antitanacha titrining yuqori ko‘rsatkichlari bo‘lgan buqoq bilan bemorlarda tireoidektomiya bajarishni taqozo etadi, shuningdek, a’zoni saqlashga qaratilgan rezeksiyalar qaytalanish yuzaga kelishiga olib keluvchi noradikal operatsiya ekanligi, hamda tiroidektomiya va yaqqol subtotal rezeksiyalar, ayniqsa toksik buqoq bo‘lgan bemorlarda adekvat radikal aralashuv ekanligi isbotlangan;
ultratovushli disektor-aspirator (CUSA) qo‘llash bilan strumektomiyani amalga oshirishning texnik jihatlarini takomillashtirilishi qalqonsimon bez arteriya tuzilmalarining xavfsiz ajratilishini, qaytuvchi xiqildoq nervi, hamda qalqonoldi bezlari identifikatsiyasini ta’minlashi va shu orqali operatsiya ichi asoratlar xavfini kamaytirishi isbotlangan;
tireostatiklar qo‘llash mumkin bo‘lmaganligi tufayli buqoqning toksik shakli og‘irlashgan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlashda plazmani gipoxlorit natriy bilan bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi, qo‘shimcha ozonlash va detoksikatsiya qilingan plazmani qayta quyish orqali diskret plazmoferezning qo‘llanilishi eutireoz holatiga erta erishish orqali operatsiya ichi qon ketishini 6,8%dan 1,2%gacha kamaytirishi, hamda operatsiyadan keyingi davrda tireotoksik krizlarni to‘liq bartaraf etishi isbotlangan;
qalqonsimon bez xavfsiz kasalliklarida jarrohlik davolash usulini tanlashning prognostik omillari (bo‘qoqning morfologik shakli, tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalar darajasi, hamda operatsiya hajmi) ga asoslangan tavsiya etilgan davolash-diagnostika algoritmi operatsiyadan keyingi bo‘qoq qaytalanishini 16,5%dan 3,2% gacha, hamda operatsiyadan keyingi gipotireoz rivojlanishini 17,8% dan 5,6% gacha kamaytirish orqali davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qalqonsimon bez xavfsiz kasalliklarini tashxislash va jarrohlik davosini maqbullashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.10.2024 y. 07/92-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: bo‘qoqning qaytalanish chastotasi uning patomorfologik shakllariga, tireoperoksidazaga nisbatan antitanchalar darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha autoimmun jarayonning faollik darajasiga, shuningdek, bajarilgan operatsiya hajmiga bog‘liqligi aniqlangan va ingichka ignali punksion aspiratsion biopsiya, hamda intraoperatsion ekspress diagnostikadan iborat morfologik tekshiruvni bosqichma-bosqich qo‘llash bo‘qoqning gistologik shaklini aniqlashtirish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bo‘qoq qaytalanishi prognostik omillarining aniqlanishi operatsiya hajmini tanlashga tabaqalashtirilgan yondashuv, ya’ni, qaytalanish ehtimoli yuqori bo‘lgan holatlarda total tireoidektomiya, qaytalanish ehtimoli kam bo‘lgan holatlarda esa a’zo saqlovchi amaliyotlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar SamDTU Ilmiy kengashi tomonidan 26.06.2024 y. 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez xirurgik kasalliklarini tashxislash» va «Primenenie sovremennix texnologiy v xirurgicheskom lechenii dobrokachestvennix zabolevaniy shhitovidnoy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 29.06.2024 y. 2198-6-101-TB/2024 sonli buyrug‘i va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi 1.07.2024 y. 7 – sonli buyruqlari bilan xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bo‘qoq qaytalanishining prognostik omillarining aniqlanishi operatsiyaning eng maqbul hajmini aniqlash orqali ortiqcha tireoidektomiyalarni va bu orqali operatsiyadan keyingi gipotireoz rivojlanishini oldini olish, bu esa davolash natijalarini, hamda bemorlar yashash sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘qoq qaytalanishining prognostik omillarini aniqlash orqali davolash hamda diagnostika algoritmi bilan davolash odatda umumiy o‘rtacha 3894562 so‘m (Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 732400 so‘m sarflanadi. Bemorlarda to‘liq iqtisod qilingan qiymat 824600 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: bo‘qoq qaytalanishining prognostik omillarini aniqlash orqali davolash hamda diagnostika algoritmining qo‘llanilishi kasallik qaytalanishini, hamda bemorlarda ortiqcha tireoidektomiyalarni kamaytirish orqali gipotireozni oldini olish hisobiga 1 nafar bemorda 824600 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 348400 so‘m byudjet mablag‘lari, 476200 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qalqonsimon bez xavfsiz kasalliklarini tashxislash va jarrohlik davosini maqbullashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 16-oktabrdagi 11318-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez to‘qimalarida morfologik o‘zgarishlarning rivojlanishi qalqonsimon bez epiteliyasining proliferatsiyasi va transformatsiyasining ustunligini ko‘rsatuvchi tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalar darajasiga bevosita bog‘liq ekanligi isbotlangan, bu esa antitanacha titrining yuqori ko‘rsatkichlari bo‘lgan buqoq bilan bemorlarda tireoidektomiya bajarishni taqozo etadi, shuningdek, a’zoni saqlashga qaratilgan rezeksiyalar qaytalanish yuzaga kelishiga olib keluvchi noradikal operatsiya ekanligi, hamda tiroidektomiya va yaqqol subtotal rezeksiyalar, ayniqsa toksik buqoq bo‘lgan bemorlarda adekvat radikal aralashuv ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tireoperoksidazaga qarshi antitanachalarning yuqori titri qalqonsimon bez epiteliysining proliferatsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi orqali kasallikning qaytalanishiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Antitanachalar titrining yuqori ko‘rsatkichlarida kasallik qaytalanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli, bu kabi bemorlar guruhida total tireoidektomiya bajarish maqsadga muvofiqligi belgilangan. Toksik bo‘qoq bo‘lgan bemorlarda mazkur algoritmning qo‘llanilishi kasallik qaytalanish chastotasini sezilarli ravishda qisqartirish hisobiga davolash natijalarini yaxshilash imkonini berishi bo‘yicha takliflar SamDTU Ilmiy kengashi tomonidan 26.06.2024 y. 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez xirurgik kasalliklarini tashxislash» va «Primenenie sovremennix texnologiy v xirurgicheskom lechenii dobrokachestvennix zabolevaniy shhitovidnoy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 29.06.2024 y. 2198-6-101-TB/2024 sonli buyrug‘i va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi 1.07.2024 y. 7 – sonli buyruqlari bilan xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: antitanachalar titrining yuqori ko‘rsatkichlarida total tireoidektomiya bajarilishi kasallik qaytalanishini oldini olgan, hamda kasallikning qaytalangan shakllarida kuzatiluvchi operatsiyadan keyingi erta va kechki asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga bemorlar yashash sifatini yaxshilash, hamda bemorlarning nogironligini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tireoperoksidazaga qarshi antitanachalar titri yuqori bo‘lgan bemorlarda total tireoidektomiyaning bajarilishi kasallik qaytalanishini oldini olishi hisobiga bemorlarni shifoxonaga takroriy yotqizilishi, hamda operatsiya o‘tkazilishini oldini olishi hisobiga har bir bemorda o‘rtacha 3768000 so‘m (Samarqand ShTB preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tireoperoksidazaga qarshi antitanachalar titri yuqori bo‘lgan bemorlarda total tireoidektomiyaning bajarilishi hisobiga kasallik qaytalanishining oldi olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1768000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qalqonsimon bez xavfsiz kasalliklarini tashxislash va jarrohlik davosini maqbullashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 16-oktabrdagi 11318-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ultratovushli disektor-aspirator (CUSA) qo‘llash bilan strumektomiyani amalga oshirishning texnik jihatlarini takomillashtirilishi qalqonsimon bez arteriya tuzilmalarining xavfsiz ajratilishini, qaytuvchi xiqildoq nervi, hamda qalqonoldi bezlari identifikatsiyasini ta’minlashi va shu orqali operatsiya ichi asoratlar xavfini kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ultratovushli dissektor aspirator (CUSA) ning qo‘llanilishi operatsiya ichi asoratlarni oldini olish orqali bemorlarning shifoxonada bo‘lish davomiyligini kamaytirishi bo‘yicha takliflar SamDTU Ilmiy kengashi tomonidan 26.06.2024 y. 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez xirurgik kasalliklarini tashxislash» va «Primenenie sovremennix texnologiy v xirurgicheskom lechenii dobrokachestvennix zabolevaniy shhitovidnoy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 29.06.2024 y. 2198-6-101-TB/2024 sonli buyrug‘i va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi 1.07.2024 y. 7 – sonli buyruqlari bilan xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ultratovushli dissektor aspirator (CUSA) ning qo‘llanilishi qalqonsimon bez to‘qimalarini qaytuvchi hiqildoq nervi, qalqonoldi bezlariga zarar ko‘rsatmasdan ajratish imkonini bergan. Natijada operatsiyadan keyingi bemorlarning nogironlanishi keskin kamaygan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ultratovushli dissektor aspirator (CUSA) ning qo‘llanilishi tireoidektomiya operatsiyasidan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketish, gipoparatireoz, qaytuvchi hiqildoq nervining vaqtinchalik, yoki turg‘un parezi kabi asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Natijada bemorlarning shifoxonada bo‘lish davomiyligining 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 775000 so‘mga (Samarqand ShTB ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 225000 so‘mni tashkil qiladi), reabilitatsiya sarf xarajatlariga 2350000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ultratovushli dissektor aspirator (CUSA) ning qo‘llanilishi hisobiga operatsiya ichi asoratlar yuzaga kelishining oldi olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1900000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1225000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qalqonsimon bez xavfsiz kasalliklarini tashxislash va jarrohlik davosini maqbullashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 16-oktabrdagi 11318-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tireostatiklar qo‘llash mumkin bo‘lmaganligi tufayli buqoqning toksik shakli og‘irlashgan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlashda plazmani gipoxlorit natriy bilan bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi, qo‘shimcha ozonlash va detoksikatsiya qilingan plazmani qayta quyish orqali diskret plazmoferezning qo‘llanilishi eutireoz holatiga erta erishish orqali operatsiya ichi qon ketishini 6,8%dan 1,2%gacha kamaytirishi, hamda operatsiyadan keyingi davrda tireotoksik krizlarni to‘liq bartaraf etishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tireostatiklarnining nojo‘ya ta’siri bo‘lgan toksik bo‘qoq bo‘lgan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmaferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda tireotoksikoz holatidan eutireoz holatiga o‘tishini tezlashtirish imkonini berishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar SamDTU Ilmiy kengashi tomonidan 26.06.2024 y. 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez xirurgik kasalliklarini tashxislash» va «Primenenie sovremennix texnologiy v xirurgicheskom lechenii dobrokachestvennix zabolevaniy shhitovidnoy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 29.06.2024 y. 2198-6-101-TB/2024 sonli buyrug‘i va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi 1.07.2024 y. 7 – sonli buyruqlari bilan xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tireostatiklarnining nojo‘ya ta’siri bo‘lgan, hamda uzoq muddat davomida tireotoksikozni medikamentoz bartaraf etish imkonsiz bo‘lgan toksik bo‘qoq bilan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmaferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasi usulidan foydalanish operatsiyadan keyingi davrda hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tireostatiklarnining nojo‘ya ta’siri bo‘lgan, hamda uzoq muddat davomida tireotoksikozni medikamentoz bartaraf etish imkonsiz bo‘lgan toksik bo‘qoq bilan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmaferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasi usulining amaliyotda qo‘llanilishi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1125000 so‘mga kamaytirgan (Samarqand ShTB preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 225000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 130000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: tireostatiklarnining nojo‘ya ta’siri bo‘lgan, hamda uzoq muddat davomida tireotoksikozni medikamentoz bartaraf etish imkonsiz bo‘lgan toksik bo‘qoq bilan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmaferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasi usulining amaliyotda qo‘llanilishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarni kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qalqonsimon bez xavfsiz kasalliklarini tashxislash va jarrohlik davosini maqbullashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 16-oktabrdagi 11318-sonli xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez xavfsiz kasalliklarida jarrohlik davolash usulini tanlashning prognostik omillari (bo‘qoqning morfologik shakli, tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalar darajasi, hamda operatsiya hajmi) ga asoslangan tavsiya etilgan davolash-diagnostika algoritmi operatsiyadan keyingi bo‘qoq qaytalanishini 16,5%dan 3,2% gacha, hamda operatsiyadan keyingi gipotireoz rivojlanishini 17,8% dan 5,6% gacha kamaytirish orqali davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: operatsiya hajmini tanlashning prognostik omillariga asoslangan tavsiya etilgan davolash-diagnostika algoritmining qo‘llanilishi operatsiyadan oldingi erta nojo‘ya natijalarning 27% dan 4,5% gacha, hamda operatsiyadan keyingi kechki nojo‘ya natijalarning 28% dan 8% gacha kamaytirish imkonini berishi bo‘yicha takliflar SamDTU Ilmiy kengashi tomonidan 26.06.2024 y. 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez xirurgik kasalliklarini tashxislash» va «Primenenie sovremennix texnologiy v xirurgicheskom lechenii dobrokachestvennix zabolevaniy shhitovidnoy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 29.06.2024 y. 2198-6-101-TB/2024 sonli buyrug‘i va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi 1.07.2024 y. 7 – sonli buyruqlari bilan xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiya hajmini tanlashning prognostik omillariga asoslangan tavsiya etilgan davolash-diagnostika algoritmining qo‘llanilishi erta va kechki nojo‘ya natijalar chastotasini kamaytirishi orqali bemorlar yashash sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: operatsiya hajmini tanlashning prognostik omillariga asoslangan tavsiya etilgan davolash-diagnostika algoritmining qo‘llanilishi bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 4 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1100000 so‘mga kamaytirgan (Samarqand ShTB preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 225000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bemorlarni tekshirishga ketgan o‘rtacha xarajatni 465000 so‘mga (Samarqand ShTB preyskurantiga ko‘ra umumiy tekshiruv xarajatlari 1236000 so‘m) iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: operatsiya hajmini tanlashning prognostik omillariga asoslangan tavsiya etilgan davolash-diagnostika algoritmining qo‘llanilishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarni kamaytirish imkonini bergan, hamda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1000000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 565000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qalqonsimon bez xavfsiz kasalliklarini tashxislash va jarrohlik davosini maqbullashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 16-oktabrdagi 11318-sonli xat yuborilgan.