Ganieva Eleonora Rinatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston televideniesida kinoning estetik va kommunikativ funksiyalari”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/San274.
Ilmiy rahbar: Xaytmatova Saboxat Agzamovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafruz Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Yusupova Nataliya Yurevna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy televidenieda namoyish etilayotgan xorijiy va milliy kino hamda teleasarlarining estetik va kommunikativ xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomoshabinlarning xorijiy badiiy kinokontentlarni idrok etishi madaniy xususiyatlar va ijtimoiy stereotiplar bilan bog‘liqligi sababli filmlar va seriallarning estetik va kommunikativ funksiyasini saqlab qolish uchun ularni milliy qadriyatlar va madaniy kodlarni hisobga olgan holda televideniening o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi asoslangan;
dublyaj va adaptatsiyani o‘z ichiga qamrab olgan xorijiy filmlar va seriallarning lokalizatsiyasi badiiy materiallarning madaniy va estetik kontekstini o‘zgartirib, professional yondashuv bilan amalga oshirilgan lokalizatsiya kontentning kommunikativ funksiyasini kuchaytirishi va tomoshabinlarning asarlarni idrok etishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
televidenieda namoyish etilayotgan xorijiy va milliy filmlar hamda seriallarning kommunikativ funksiyasi uch bosqichda – kommunikativgacha (namoyishdan oldin), kommunikativ (namoyish vaqtida) va postkommunikativ (namoyishdan keyin) amalga oshirilishi televideniening tomoshaviylik va ommaboplik xususiyatlarini kuchaytirishga yordam berishi aniqlangan;
milliy seriallarda sitkomlar va protsedural (har bir seriyada to‘liq voqeani ifodalovchi dramatik serial) kabi yangi formatlarning joriy etilishi komediya janrining qisqa syujet va lokal muhitga asoslangan shakli hamda har yangi qismi alohida voqeani aks ettiruvchi, detektiv janri unsurlari bilan boyitilgan seriallar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston milliy telekanallarida namoyish etilgan badiiy filmlar, teleseriallarning estetik va kommunikativ (aloqaviy) imkoniyatlarini o‘rganish asosida:
tomoshabinlarning xorijiy badiiy kinokontentlarni idrok etishi madaniy xususiyatlar va ijtimoiy stereotiplar bilan bog‘liqligi sababli filmlar va seriallarning estetik va kommunikativ funksiyasini saqlab qolish uchun ularni mahalliy qadriyatlar va madaniy kodlarni hisobga olgan holda televideniening o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi asoslangani va dublyaj va adaptatsiyani o‘z ichiga qamrab olgan xorijiy filmlar va seriallarning lokalizatsiyasi badiiy materiallarning madaniy va estetik kontekstini o‘zgartirib, professional yondashuv bilan amalga oshirilgan lokalizatsiya kontentning kommunikativ funksiyasini kuchaytirishi va tomoshabinlarning asarlarni idrok etishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangani bilan bog‘liq xulosalardan “Kino va televidenie tarixi. Televidenie taraqqiyotining asosiy bosqichlari” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 28-noyabrdagi № 02/02-01-272-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil “25” dekabrdagi “538”-sonli buyrug‘iga asosan 5150200 – San’atshunoslik ta’lim yo‘nalishi uchun tavsiya etilgan o‘quv qo‘llanma. Ro‘yxatga olish raqami: 538-315). Natijada 5150200 – San’atshunoslik (sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi, kino san’ati tahlili va tanqidi) yo‘nalishi, shuningdek, “Rejissorlik (kino va televidenie rejissorligi)” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar O‘zbekiston milliy televideniesining vujudga kelishi va rivoji, uning hozirgi ahvoli va rivojlanish istiqbollari haqida o‘z bilim va tasavvurlarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘lgan;
milliy seriallarda sitkomlar va protsedural (har bir seriyada to‘liq voqeani ifodalovchi dramatik serial) kabi yangi formatlarning joriy etilishi komediya janrining qisqa syujet va lokal muhitga asoslangan shakli hamda har yangi qismi alohida voqeani aks ettiruvchi, detektiv janri unsurlari bilan boyitilgan seriallar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani isbotlangani va televidenieda namoyish etilayotgan xorijiy va milliy filmlar hamda seriallarning kommunikativ funksiyasi uch bosqichda – kommunikativgacha (namoyishdan oldin), kommunikativ (namoyish vaqtida) va postkommunikativ (namoyishdan keyin) amalga oshirilishi televideniening tomoshaviylik va ommaboplik xususiyatlarini kuchaytirishga yordam berishi aniqlangani bo‘yicha xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 05-fevraldagi 02-13-170-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv mavzusining atroflicha yoritilishiga, tomoshabinlarning zamonaviy O‘zbekiston televideniesidagi kino va teleseriallarning estetik va kommunikativ vazifalariga oid ma’lumotlar bilan kengroq tanishishga imkon bergan.