Mulladjanova Xilolaxon Jamoliddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston kompozitorlari ijodida modal tizimi”, 17.00.02 – Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/San152.
Ilmiy rahbar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunova Gulshanoy Artikdjanovna, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), dotsent; Amanova Nodira Allaberganovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston kompozitorlari ijodida modal tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy musiqa xususiyatlari va unga xos monodik tafakkurni ko‘povozli shaklda ifodalash asosidagi milliy “musiqiy til”ni aks ettirishga intilish tendensiyasining 1970-1980-yillarda yangi bosqichga ko‘tarilishi sababli ko‘povozli musiqada tabiiy ladlar va miksodiatonikaning izchil qo‘llanilishi asoslangan;
O‘zbekiston kompozitorlari ijodida modal tizimni tashkil qiluvchi lad tuzilmalarida dastlab an’anaviy musiqaga xos ioniy, lidiy, miksolidiy, eoliy, frigiy, doriy tabiiy ladlari qo‘llanilganligi, keyinchalik pentatonika, simmetrik ladlar, mikroxromatika, miksodiatonika, polimodal shakllar kabi yangicha tuzilmalar bilan boyitilganligi aniqlangan;
O‘zbekiston musiqashunosligida zamonaviy garmoniyaga xos gorizontal (tovushqatorlar, lad tuzilmalari) va vertikal (ohangdoshliklar, akkordlar) parametrlar tizim sifatida talqin etilishi natijasida garmonik bayonga asoslangan dissonanslik, ko‘p qatlamlilik, sonorizm kabi “musiqiy til”ning murakkablashuvi hamda polifonik shaffof faktura timsolidagi soddalashuv yuzaga kelganligi aniqlangan;
O‘zbekiston kompozitorlari garmoniyasida akkordlar aloqalarining turlari XX asrning birinchi yarmida tonal-funksional munosabatlarga tayanganligi, keyinchalik akkordikaning notersiyaviy ohangdoshliklar bilan boyishi, ularning aloqasida kuychanlik xususiyatlarining ortishi sababli linear parallel aloqalar ustuvorlikka ega bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston kompozitorlari ijodida modal tizimning tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
an’anaviy musiqa xususiyatlari va unga xos monodik tafakkurni ko‘povozli shaklda ifodalash asosidagi milliy “musiqiy til”ni aks ettirishga intilish tendensiyasining 1970-1980-yillarda yangi bosqichga ko‘tarilishi sababli ko‘povozli musiqada tabiiy ladlar va miksodiatonikaning izchil qo‘llanilishi hamda O‘zbekiston kompozitorlari ijodida modal tizimni tashkil qiluvchi lad tuzilmalarida dastlab an’anaviy musiqaga xos tabiiy ladlar qo‘llanilganligi, keyinchalik pentatonika, simmetrik ladlar, mikroxromatika, miksodiatonika, polimodal shakllar kabi yangicha tuzilmalar bilan boyitilganligi borasida olingan xulosalardan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti fonotekasi – infratuzilma va salohiyatni yaratish bo‘yicha uch tomonlama loyiha (D-UZ-A)” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy loyihada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining 2024-yil 11-noyabrdagi 01/231-son maʼlumotnomasi). Natijalar xalq musiqasi namunalarini notalashtirish va lad-intonatsion xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston musiqashunosligida zamonaviy garmoniyaga xos gorizontal (tovushqatorlar, lad tuzilmalari) va vertikal (ohangdoshliklar, akkordlar) parametrlar tizim sifatida talqin etilishi natijasida garmonik bayonga asoslangan dissonanslik, ko‘p qatlamlilik, sonorizm kabi “musiqiy til”ning murakkablashuvi hamda polifonik shaffof faktura timsolidagi soddalashuv yuzaga kelganligi hamda O‘zbekiston kompozitorlari garmoniyasida akkordlar aloqalarining turlari XX asrning birinchi yarmida tonal-funksional munosabatlarga tayanganligi, keyinchalik akkordikani notersiyaviy ohangdoshliklar bilan boyishi, ularning aloqasida kuychanlik xususiyatlarining ortishi sababli linear parallel aloqalar ustuvorlikka ega bo‘lganligi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 8-noyabrdagi 01-04/69-199-son ma’lumotnomasi). Natijalar zamonaviy kompozitorlik ijodiyotida modal tizimning asl mohiyati xususida yosh mutaxassislarning tasavvurlarini kengaytirishga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish