Jumabaeva Gulmira Kairbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kovakli legirlangan YBa2Cu3O7-δ va lantan asosli kupratlarda metal-dielektrik oʻtishlar va ularning yuqori haroratli oʻtaoʻtkazuvchanlikka ta’siri”, 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1108
Ilmiy rahbar: Kurbanov Ulugbek Tajibaevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSs.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar:
Raximov Abdulla Mannabovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim;
Yavidov Bahram Yangibaevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot ishining maqsadi legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarda bir va ikki turdagi tok tashuvchilarni lokallashish mexanizmlari, yangi metall/o‘ta o‘tkazgich-dielektrik o‘tishlarni amalga oshirish mexanizmlarini va ularning o‘ta o‘tkazuvchanlikka o‘tish kritik haroratiga Tc ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
La2-xBax-yCayCuO4 va La2-x-yNdySrxCuO4 kuprat o‘ta o‘tkazgichlarning ikki tashuvchili modeli doirasida metall-dielektrik o‘tishlar dastlab kirishmasiz sohalarda kam legirlangan rejimdan optimal legirlangan rejimgacha, keyin esa optimal legirlangan va o‘ta legirlangan rejimlarda kichik radiusli kirishmali sohalarda sodir bo‘lishi ko‘rsatilgan;
kovakli legirlangan La2-xBaxCuO4 va La2-xSrxCuO4 kupratlarda kuchli kovak-fonon o‘zaro ta’sirlari va polyaron effektlari natijasida yuzaga keladigan yangi metall/o‘ta o‘tkazgich-dielektrik o‘tishlarning yuqori chastotali dielektrik singdruvchanlik ε_∞ ga va ulardagi polyaronlarning bog‘lanish energiyasiga bog‘liqligi aniqlangan, bu o‘tishlar kam legirlangan rejimdan o‘ta legirlangan rejimgacha bo‘lgan oraliqda kuzatilgan;
kam legirlangan va optimal legirlangan YuHO‘O‘-kupratlar La2-xBaxCuO4,      La2-xSrxCuO4 va YBa2Cu3O7-δ da metall/o‘ta o‘tkazgich-dielektrik o‘tishlarning o‘ta o‘tkazuvchanlikning kritik haroratiga mumkin bo‘lgan ta’sirlari va ularda o‘ta o‘tkazuvchanlikning susayishi va kuchayishi sabablari aniqlangan;
YuHO‘O‘-kupratlarda o‘tao‘tkazuvchanlikka o‘tish kritik harorati Tc kam legirlangan kupratlarda polyaron effektining susayishi va uning optimal legirlangan kupratlarda yo‘qolishi sababli o‘tao‘tkazuvchanllik faza ulushining ortishi va dielektrik faza ulushining pasayishi bilan kam legirlangan rejimdan optimal legirlangan rejimgacha ortishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kovakli legirlangan kupratlarda bir va ikki turdagi zaryad tashuvchilarning metall/o‘ta o‘tkazgich-dielektrik o‘tishlari va ularning yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchanlikka ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
La2-xBax-yCayCuO4 va La2-x-yNdySrxCuO4 kupratli o‘tao‘tkazgichlarning ikki tashuvchili modeli, shuningdek, o‘tao‘tkazuvchanlikning kritik haroratiga metall/o‘tao‘tkazuvchan-dielektrik o‘tishlarning ta’siri va La2-xBaxCuO4, La2-xSrxCuO4 va YBa2Cu3O7-δ materiallarda o‘tao‘tkazuvchanlikning susayishi va kuchayishining aniqlangan sabablari bo‘yicha olingan natijalar, “Kvant fizikasi” kursi dasturi doirasida o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (Qizil-Qiya gumanitar-pedagogika institutining 2024 yil 3 dekabrdagi 395-sonli xati). Natijalardan foydalanish talabalarning zamonaviy kondensirlangan holat fizikasi muammolari haqidagi tushunchalarini kengaytirish va kvant fizikasi kursi bo‘yicha talabalar uchun ta’lim sifatini oshirish imkonini bergan;
kovakli legirlangan La2-xBaxCuO4 va La2-xSrxCuO4 kupratlarda kuchli kovak-fononli o‘zaro ta’sirlar va polyaron effektlar natijasida hosil bo‘lgan yangi metall/o‘ta o‘tkazgich-dielektrik o‘tishlarni amalga oshirish bo‘yicha olingan natijalar Birlashgan yadro tadqiqotlar instituti N.N. Bogolyubov nomidagi Nazariy fizika laboratoriyasida yuqori haroratli o‘ta o‘tkazgichlarda olib borilayotgan nazariy tadqiqotlar doirasida foydalanilgan (Birlashgan yadro tadqiqotlar instituti N.N. Bogolyubov nomidagi Nazariy fizika laboratoriyasi 13.12.2024-yildagi 300-20/25-sonli xati). Natijalardan foydalanish nazariy modellarning eksperimental natijalar bilan muvofiqligini baholash, xususan, zamonaviy kondensirlangan holat fizikasi muammolari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish