Xasanova Shoiraning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Ip yigirishda yangi konstruksiyali pishitish mexanizmini ishlab chiqish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3345
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot:  Farg‘ona palitexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani dastlabki qayta ishlash va yigiruv korxonalaridan chiqadigan tolali chiqindilardan ip mahsulotlarini olish va zamonaviy texnologiyalar asosida olinadigan shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan ustki kiyimbop trikotaj to‘qima turlarini kengaytirish, sifatli va arzonligi, gigroskopikligi, gigienik jihatdan, shakl saqlash xususiyati yuqoriligi, resurs tejamkor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor aralashma tarkibidagi kalta tolalar 1% ga oshgan holda uning tarkibidagi tola uzunligining qisqarish ko‘rsatkichi va uzunlik bo‘yicha o‘zgarishini inobatga olingan hisoblash formulasi olingan;
tolali chiqindilardan ip olishda ishlab chiqilgan ipning sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashda aralashmaning maqbul tarkibi aniqlash inkonini beruvchi formula ishlab chiqilgan;
shakl saqlash xususiyati yuqori, turli tolali tarkibga ega bo‘lgan ustki trikotaj to‘qimaning gigroskopikligi, havo o‘tkazuvchanligi hamda mustaxkamlik ko‘rsatkichlarining optimal parametrlari regressiya tenglamalar orqali aniqlangan;
ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarida tolali chiqindilardan ishlab chiqilgan arqoq ipini taqsimlanishining texnologik ko‘rsatkichlariga va fizik-mexanik xususiyatlariga ta’sir etish qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik sanoatida tolali chiqindilardan samarali foydalanishda tolali chiqindilarning xossa ko‘rsatkichlarini o‘zgarishining ip xossalariga tasirini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tolali chiqindilar aralashmasini yigirishga tayyorlashda tozalash va eng maqbul variantdagi tolali chiqindilarning fizik-mexanik xossa ko‘rsatkichlarini aniqlab, pnevmomexanik usulda yigiriladigan ipning sifatini taminlaydigan ko‘rsatkichlar “Mega textile” MChJ korxonasida 100 % tolali chiqindilar qo‘shilgan aralashmalardan yigirilgan 50 teks chiziqli zichlikdagi ip yigirib olindi. Trikotaj to‘qimalarida kimyoviy iplar o‘rniga tolali chiqindidan yigirilgan ipdan arqoq tashlashda foydalanilib, “Porloq chust brendi” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etildi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi 11-dekabr 2024-yil, №03/25-3314 ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolali chiqindilardan yigirilgan ipdan to‘qilgan trikotaj mahsulotlarini sifatli va arzonligi, gigienik jihatdan, shakl saqlash xususiyati yuqoriligi, gigraskapikligi, resurstejamkor texnologiyalar asosida xomashyo sarfi kamligi bilan mavjudlaridan farq qiladi va bir tonna trikotaj to‘qimasi uchun xomashyo xarajatlarining 10 million so‘mga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish