Mamatqulova Saida Raxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04 – Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni - “Turli tikuv-trikotaj mashinalarida mahsulotlarni tikishga sarflanadigan vaqt me’yorini ishlab chiqish tadqiqi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4273
Ilmiy rahbar: Nabidjanova Nargiza Nasimjonovna, texnika fanlari doktori, proffesor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Aripdjanova Dilafruz Uktamovna, texnika fanlari doktori, professor; Maqsudov Nabijon Baxodirovich, PhD., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuv-trikotaj kiyimlari assortimentini ishlab chiqarish sharoitida mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradigan tejamkor texnologiyalar asosida bitta mahsulotni tikishga ketadigan o‘rtacha vaqt sarfi me’yorini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bora texnologik jarayonlarni xronometraj usulida bitta mahsulot (futbolka)ni tikishga sarflangan vaqt me’yori bo‘yicha texnik shartlari va ALT asosida konstruksiya chizmalari ishlab chiqilgan;
tikuv-trikotaj sanoatida texnologik jarayonlarda yuqori elastik xususiyatli matolarni biriktirish, choklarni pishiqligi hamda unda uchraydigan nuqsonlarning ishlab chiqarishga ta’sirining maqbulligi empirik tadqiqot metodini qo‘llash orqali aniqlangan;
tikuvchining psixologik holatiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va tahlil qilish asosida mahsulotni tikish jarayonidagi operatsiyalarning vaqtini moslash orqali mehnat unumdorligini oshirishga erishilgan;
mashina va uskunalarning vaqt sarfi me’yorlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga tejamkor ishlab chiqarish (Lean Production) tizimini tadbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarida mashinalarining tikishga sarflanadigan vaqt me’yorlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilk bora texnologik jarayonlarni xronometraj usulida bitta mahsulot (futbolka)ni tikishga sarflangan vaqt me’yori bo‘yicha texnik shartrlari va ALT asosida konstruksiya bo‘yicha chizmalar taklifi “Argolid” MChJ va “Farg‘ona Bobur Fayz” XK faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 25 noyabrdagi №03/25-3166 son ma’lumotnomasi). Natijada “Argolid” MChJ va “Farg‘ona Bobur Fayz” XKlarida mehnat unumdorligini 15-20% ga ortishiga olib kelgan;
tikuv-trikotaj sanoatida texnologik jarayonlarda yuqori elastik xususiyatli matolarni biriktrish, choklarni pishiqligi hamda unda uchraydigan nuqsonlarni ishlab chiqarishga ta’sirining maqbulligi bo‘yicha empirik tadqiqot metodini qo‘llash taklifi “Argolid” MChJ va “Farg‘ona Bobur Fayz” XK faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 25 noyabrdagi №03/25-3166 son ma’lumotnomasi). Natijada “Argolid” MChJ, Fargʻona Bobur Fayz” xususiy korxonasi hamda “Baht Textile Andijon” MChJ larda ishchi uchun ish vaqtidan yo‘qotishlarni mos ravishda 19,6%, 16,7% va 14,8% kamaytirishga erishilgan bo‘lib, mashina uchun yoʻqotishlar darajasi mos ravishda 17,3%, 14,8% va 14,2% ga kamayishiga erishilgan;
tikuvchining psixologik holatiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va tahlil qilish asosida mahsulotni tikish jarayonidagi operatsiyalarning vaqtini moslash orqali mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha taklif “Argolid” MChJ va “Farg‘ona Bobur Fayz” XK faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 25 noyabrdagi №03/25-3166 son ma’lumotnomasi). Natijada “Argolid” MChJ va “Farg‘ona Bobur Fayz” XK sini 2025-2030 yillarda rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish hamda mashinalarning vaqt me’yorlari parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish, ishchilarga ergonomik va ish sharoitlarini yaxshilash hamda ish yukini teng taqsimlash imkoniyati yaratilgan;
mashina va uskunalarning vaqt sarfi me’yorlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga tejamkor ishlab chiqarish (Lean Production) tizimini tadbiq etish taklifi “Argolid” MChJ va “Farg‘ona Bobur Fayz” XK faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 25 noyabrdagi №03/25-3166 son ma’lumotnomasi). Natijada “Argolid” MChJ korxonasida ishlab chiqarish xarajatlari 723 254 ming so‘mga kamaygan, korxonaning daromadlari esa 1 572 048 ming so‘mga oshgan. “Farg‘ona Bobur Fayz” XK da esa ishlab chiqarish xarajatlari 1 287 936 ming so‘mga kamaygan, korxonaning daromadlari esa 2 994 200 ming so‘mga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish