Anarbaev Anvar Izatullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiqlik nasosi va quyosh energiyasidan foydalanish asosida binolarning issiqlik ta’minoti samaradorligini oshirish», 05.05.04 – «Sanoat issiqlik energetikasi».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/T89.
Ilmiy maslahatchi: Zohidov Romen Abdullaevich akademik, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent javlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor; Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Shavkat Mustakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Issiqlikelektrloyiha» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mavjud qozonxonalar uchun gelio qo‘shimchalarini qo‘llash va issiqlik ta’minoti tizimlarining eksergik-iqtisodiy mezonlari asosida binolarni isitishda issiqlik nasoslari qurilmalari uchun past darajadagi issiqlik manbai sifatida foydalanish bo‘yicha energiya tejamkor texnik echimlarni ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik yuklamasini quyosh energiyasiga almashtirish va quyosh issiqlik kollektorlarining samaradorligini oshirishni hisobga olib yoqilg‘i-quyosh qozonxonasining kombinasiyalangan sxemasi termoneytral rejim asosida ishlab chiqilgan;
issiqlik ta’minoti ob'ektining mahalliy iqlim va texnologik sharoitlarini hisobga olib yoqilg‘i-quyosh qozonxonalarini sxema-parametrik optimallashtirish usuli quyosh issiqlik qurilmaning samaradorligi ko‘rsatkichlarini ta’minlash mezonlari asosida ishlab chiqilgan;
ilk bor binolarni issiqlik ta’minoti tizimi uchun quyosh qurilmasi tomonidan ishlab chiqarilgan past darajadagi issiqlik asosida quvvatlanadigan issiqlik nasosi sxemasi ishlab chiqilgan;
binoni isitish uchun quyosh qurilmasi  bilan issiqlik nasosi tizimining tarkibiy qismlari o‘rtasida issiqlik uzatish uchun optimal harorat sharoitlarini eksergik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
quyosh issiqlik kollektorlari va issiqlik nasoslarini birgalikda qurilmaning optimal parametrlari eksergik-iqtisodiy tahlil usuli asosida hisoblash usuli keltirilgan eksergik xarajatlar kamaytirishi  hisobga olib ishlab chiqilgan;
quyosh-issiqlik nasoslari qurilmalari samarodorligi eksergik-iqtisodiy tahlil usuli asosida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlariga nisbatan taqqoslash natijasida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiqlik nasosi va quyosh energiyasidan foydalanish asosida binolarning issiqlik ta’minoti samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
quyosh qurilmasi tomonidan ishlab chiqarilgan past darajadagi issiqlik asosida quvvatlanadigan issiqlik nasosi sxemasi uchun FAP 01934-2022 «Avtonom issiqlik va sovuqlik ta’minoti tizimi» foydali modeliga patenti olingan. Natijada, binolarni ishonchli  va samaradorligi yuqori avtonom issiqlik va sovuqlik ta’minoti qurilmani ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
yoqilg‘i-quyosh kombinasiyalangan sxemasi va optimal parametrlarni hisoblash usuli «Chukursoy» qozonxonasiga joriy etilgan («Toshissiqlikenergo» unitar korxonasining 2009 yil 18 dekabrdagi 4425-07-son ma’lumotnomasi). Natijada qozonxonaning issiqlik yuklamasini quyosh energiyasiga almashtirish hisobiga yiliga 122,6 ming kub metr gaz miqdorida tabiiy gaz iste'molini kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
issiqlik nasosi sxemasi va optimal parametrlarni hisoblash usuli  Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Kamashi Korasuv Lalimisi” MChJ fermerlik xo‘jaligi issiqxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil 17-maydagi 04-11-3406-sonli ma’lumotnomasi). Natijada issiqxonada elektr isitish qurilmasi o‘rniga issiqlik nasosidan foydalanish hisobiga yiliga 66384 kVt·soat elektr energiyasi iste'molini kamaytirish imkoniyati yaratilib, ilmiy tadqiqot natijalarini joriy etishning umumiy yillik iqtisodiy samaradorligi 329 mln so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish