Abdixamidov Nurbek Ural o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Urug‘lik chigitni saralash va tozalash uskunasining ishchi qismlari konstruksiyasini takomillashtirish” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4434
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.T.181.02
Rasmiy opponentlar: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Engil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi texnika fanlari nomzodi, dotsent Safarov Nurali Kudratovich;
Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti Mexanika muhandisligi kafedrasi texnika fanlari doktori, professor Rosulov Ruzimurad Xasanovich:
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tukli urug‘lik chigitni saralash va tozalash uskunasini yuqori ish unumdorligida saralash samarasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tukli chigitni saralashda chigit uzatuvchi tarnovga chigitni yoyish uchburchakli moslamali va ajratish kamerasida chigitni donalovchi taroq moslamasi bilan takomillashtirilgan saralash uskunasi ishlab chiqilgan;
chigitlarning tebranuvchi taroq sirtida sochilishini yaxshilash hamda shikastlanishini kamaytirishda o‘rnatilgan prujinaning elastik kuchi ta’sirida uzatishdagi o‘zgaruvchan burchakka ikkinchi tartibli differensial tenglamani echish orqali bog‘liqlik ifodasi ishlab chiqilgan;
ikkinchi tartibli bir jinsli bo‘lmagan differensial tenglamalardan foydalanib, rostlanuvchi taroq sirtidagi chigitlarni saralashdagi traektoriyalarining chigitni donalovchi taroqni vertikal devorga nisbatan o‘rnatish burchagiga, taroq qoziqlari orasidagi masofalarni o‘zgartirishiga bog‘liqlik ifodasi ishlab chiqilgan;
amalie tajribalar asosida chigit uzatish tarnovining og‘ish burchagi, chigit donalovchi taroqni o‘rnatish burchagi va taroq qoziqlari oraliq masofasin aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Urug‘lik chigitni saralash va tozalash uskunasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
Surxondaryo viloyati “SURXONDARYo BEST SEEDS” MChJ dagi urug‘lik chigit tayyorlash sexiga takomillashtirilgan tukli chigit saralash ChSA agrigari joriy etilgan. (“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi” Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/04-04-691-sonli ma’lumotnomasi.).
Natijada takomillashtirilgan ChSA agregatining 3000 kg/soat ish unumdorligida amaldagi agregatga nisbatan urug‘lik fraksiya chiqishi 6,8 % ga, 1000 dona chigit massasi 4,1 gr. ga yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Taklif etilgan chigit saralash agregatini takomillashtirish xisobidan uruglikning unuvchanligi 3 % ga oshishidan urug‘lik chigitni gektariga sarfini 5 kg ga kamaytirishga erishilgan.