Komolova Shaxnozaxon Adxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillaridagi paremiyalarning lingvosotsiomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.2.PhD/Fil.2565
Ilmiy rahbar: Imyaminova Shuxratxon Salijanovna, filologiya fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ziyaeva Sevara Anvarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillaridagi paremiyalarning lingvosotsiomadaniy xususiyatlarini o‘zaro chog‘ishtirgan holda ularning universal va milliy o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nemis va o‘zbek tillaridagi paremiyalar va frazeologizmlar o‘rtasidagi o‘zaro integrallashuv va differensiallashuv jarayonlarini aniqlash asosida maqollarning til sistemasidagi maqomini belgilovchi tamoyillarga maqollar lisoniy birliklar tarkibiga kiruvchi kommunikativ paremiologik birlik tamoyilini kiritish asoslangan;
nemis va o‘zbek xalqining ijtimoiy hayotidagi vaqtni qadrlash, aniqlik, mehmondo‘stlik, jamoaviylik kabi stereotiplar va universal xususiyatlar ularning paremiyalarida aks etishi isbotlangan;
har ikkala xalqning milliy madaniyati paremiyalarda o‘xshatish usuli yordamida va ma’no ko‘chishining metafora hamda metonimiya turlari orqali aks etishi yoritilib, ular o‘rtasidagi sotsiomadaniy farqlar hamda universal jihatlar zoonim komponentli maqollar orqali aniqlangan.
o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida jamlangan nemis va o‘zbek xalq maqollari aholining qaysi ijtimoiy qatlamida keng qo‘llanilishi aniqlanib, aholining paremiologik bilimlariga ta’sir etuvchi omillar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek tillaridagi paremiyalarning lingvosotsiomadaniy xususiyatlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida:
nemis xalqining madaniy va sotsial hayotidagi tejamkorlik, aniqlik, tartiblilik, o‘zbek xalqiga xos mehnatsevarlik, jamoaviylik, mehmondo‘stlik, mehr-oqibatlilik kabi stereotiplar hamda har ikkala xalq uchun umumiy bo‘lgan halollik, xushmuomalalik kabi tushunchalar paremiyalar misolida dalillangan ilmiy xulosalaridan Davlat ilmiy texnik dasturi doirasidagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan “Erasmus+International Credit Mobility Programm” xalqaro ilmiy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetinig 2014 yil 4 apreldagi 04/1-848 - son ma’lumotnomasi). Natijada qarindosh bo‘lmagan nemis va o‘zbek tillari asosida tilshunoslikning paremiologiya sohasi uchun nazariy manbalar yaratish, paremiyalarning qo‘llanish jarayonlari, har ikkala tilda o‘zaro muvofiqligi ochib berilgan;
paremiyalarda qo‘llaniladigan metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi ma’no ko‘chish usullari orqali xalq madaniyatining ifodalanishi, ular o‘rtasidagi sotsiomadaniy farqlari hamda universal jihatlarini ochib berish yuzasidan amalga oshirilgan tahlillaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining 2024 yil 16 yanvar kuni “Reportyor” information dasturi lavhalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 25 apreldagi 01-14-373 - son ma’lumotnomasi). Natijada nemis va o‘zbek xalqi madaniyatidagi o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlar aniqlangan;
nemis va o‘zbek xalqining ijtimoiy hayotida ko‘p qo‘llaniladigan maqol va matallarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma natijalari sifatida jamlangan maqol va matallar hamda ular asosida dalillangan ilmiy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan RZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish (amaliy olima ayollar granti)” nomli Davlat granti asosidagi loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetinig 2024 yil 1 maydagi №04/1-1132 ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalar paremiologik bosma lug‘atlar asosida elektron lug‘atlarni yartilishi va mavjudlarini yanada takomillashtirilishida nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.