Kazakova Laylo Madorimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillaridagi harbiy texnikaga oid terminlarning semantikasi va leksikografik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2560
Ilmiy rahbar: Imyaminova Shuxratxon Salijanovna, filologiya fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Tilovova Gavhar Abdaxatovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillaridagi harbiy texnikaga oid terminlarning semantik va leksikografik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda harbiy va harbiy texnikaga oid termin tushunchalari bo‘yicha nazariy qarashlar o‘zaro farqlanishi va shu bilan birgalikda har xil klassifikatsiyalarga ajratilishi ularning umumiy tilshunoslikda tutgan o‘rnini belgilash orqali isbotlangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi harbiy texnikaga oid terminlar o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlar (sinonimiya, antonimiya, polisemiya, omonimiya) chog‘ishtirilishi asosida ikki til semantikasidagi allomorf va izomorflik jihatlar dalillangan;
nemis tilidagi harbiy texnikaga oid terminlar terminlashish va transterminlashish jarayonlari asosida shakllanishida o‘zbek tili bilan proporsional emasligi isbotlangan;
nemischa, o‘zbekcha harbiy lug‘atlar hamda ikkala tildagi izohli va ensiklopedik lug‘atlar tahlili natijalariga asosan, nemischa-o‘zbekcha harbiy terminlar lug‘ati modelida gipero-giponimik va partonimiya hodisalarining terminologik leksikografiyada termin izohini shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek tillaridagi harbiy texnikaga oid terminlar semantikasi va leksikografik xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslikda harbiy va harbiy texnikaga oid termin tushunchalari bo‘yicha nazariy qarashlar o‘zaro farqlanishi va shu bilan birgalikda har xil klassifikatsiyalarga ajratilishi ularning umumiy tilshunoslikda tutgan o‘rnini belgilashga, nemis va o‘zbek tillaridagi harbiy texnikaga oid terminlar o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlar (sinonimiya, antonimiya, polisemiya, omonimiya) chog‘ishtirilishi asosida ikki til semantikasidagi allomorf va izomorflik jihatlarga oid xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2022-2025-yillarda bajarilishi mo‘ljallangan “Erasmus+ International KA107 Creidit mobility Key action 1-Mobility for learners and staff–Higher education student and staff mobility” xalqaro ilmiy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 4-apreldagi 04/1-847-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy terminologiya umumiy tilshunoslikda o‘z o‘rniga egaligi, nemis va o‘zbek tillaridagi harbiy texnikaga oid terminlarning ma’no munosabatlari farqlanishi asoslangan;
nemis tilidagi harbiy texnikaga oid terminlar terminlashish va transterminlashish jarayonlari asosida shakllanishida o‘zbek tili bilan proporsional emasligi borasidagi dalillangan ilmiy xulosalardan 2020-2023-yillarda bajarilgan “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish (amaliy Olima ayollar granti)” grantida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 1-maydagi 04/1-1131-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy texnikaga oid terminologik birliklar va umumleksik qatlam doimiy uzviy aloqada ekanligi aniqlangan;
nemischa, o‘zbekcha harbiy lug‘atlar, hamda ikkala tildagi izohli va ensiklopedik lug‘atlar tahlili natijalariga asosan, nemischa-o‘zbekcha harbiy terminlar lug‘ati modelida gipero-giponimik va partonimiya hodisalarining terminologik leksikografiyada termin izohini shakllantirishdagi o‘rniga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Mahalla yangiliklari” dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2024-yil 27-maydagi 01-14-372-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur mazmuni tilshunoslikka oid ma’lumotlar bilan boyitilgan, hamda teletomoshabinlarning harbiy texnikaga oid terminlar va terminologik leksikografiya xususidagi tasavvur va bilimlarini kengaytirishda manba sifatida xizmat qilgan.