Rasulova Sarvinoz Sadatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tohir Malik qissalari poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil33.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoliqov Bahodir, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tohir Malik ijodining evolyusiyasi, adib qissalarida inson muammosi, personajlar originalligi, syujet kanonlari, ijodkor “men”i va qahramon munosabati, poetik nutq, badiiy tasvir vositalari va uslub badiiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tohir Malik ijodiy muhiti, ilk hikoyalarining mavzu ko‘lami, fantastik, detektiv va biografik qissalarining o‘ziga xosligi, diniy-ma’rifiy mavzularning XX asr qissalarida aks etishi, asarlarining tadrijiy takomili aniqlangan;
yozuvchi qissalarida inson muammosi, bosh qahramon va badiiy personajlar originalligi tekshirilib, olim, jinoyatchi, izquvar (tergovchi), oshiq, ma’shuqa va raqib obrazlarining ruhiyatidagi turli-tuman kechinmalarning o‘zgarishlari ijodkor g‘oyaviy maqsadini ifodalashda muhim o‘ringa ega ekani asoslangan;
o‘zbek adabiyotshunosligida yozuvchi Tohir Malik qissalari tilida xalqona obrazli ifoda, jonli xalq tiliga xos unsurlar, frazeologizmlarning o‘rnida va asosli qo‘llangani dalillanib, yozuvchi qissalarida mavjud maqol va iboralar aniqlangan;
yozuvchi qissalarida syujetning originalligi, adibning fantastik hamda detektiv asarlarida adabiy ta’sir va uslubiy o‘ziga xoslik masalalari asoslanib, adib qissalarida zamon va makon tasvirining individual ko‘rinishlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tohir Malik ijodiy muhiti, ilk hikoyalari, fantastik va detektiv qissalarining o‘ziga xosligi, tadrijiy takomili belgilangani, yozuvchi qissalarida inson muammosi, bosh qahramon va badiiy personajlar originalligi tahlil qilinib, obrazlar takomili asoslangani, adib qissalarida zamon va makon tasvirining individual ko‘rinishlari dalillanganiga oid ilmi-nazariy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga bajarilgan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2024-yil 4-sentyabrdagi 04/1-2249-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi Tohir Malik ijodiy muhiti, ilk hikoyalari, fantastik va detektiv qissalarining o‘ziga xosligiga oid  yangi xulosa hamda umumlashmalar bilan boyigan;
o‘zbek adabiyotshunosligida yozuvchi Tohir Malik qissalari tilida xalqona obrazli ifoda, jonli xalq tiliga xos unsurlar, frazeologizmlarning o‘rnida va asosli qo‘llangani, yozuvchi qissalarida foydalanilgan maqol va iboralar tasniflangani, yozuvchi qissalarida syujetning originalligi, adibning fantastik hamda detektiv asarlarida adabiy ta’sir va uslubiy o‘ziga xoslik masalalarining tadqiq qilingani muammosi asoslanganiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbektiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi  amaliy loyiha doirasida “UzNutq Sintezator” kompyuter dasturini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2024-yil 19-avgustdagi 04/1-2113-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma maqol, ibora, tashbehlar bilan boyigan;
hozirgi o‘zbek nasrida Tohir Malik qissalarining o‘rniga baho berilganligi, shuningdek, mavzuning badiiy muammo sifatida o‘rganilganidan, adib asarlarining mavzu ko‘lami, obrazlarning individualligi, yozuvchi ijodining evolyusiyasi, ijodkor laboratoriyasi bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” radioeshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2024-yil 10-iyuldagi 04-36-830-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Tohir Malikning hayot yo‘li, qissalarining mavzu ko‘lami, qahramonlari ruhiyati, qissalarning tili va yozuvchi uslubi haqidagi ma’lumotlar radiotinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otgan hamda teleko‘rsatuv materiallarining amaliy boyishiga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish