Jamoliddinova Iroda Bahodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida “qat’iyat” konseptining ifodalanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2373
Ilmiy rahbar: Xakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
    Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich , filologiya fanlari doktori, professor. Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilida “qat’iyat” konseptining lisoniy ifodalanishi va nutqiy voqelanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“qat’iyat” konseptining o‘zbek tafakkuri va madaniyati bilan bog‘liq holda shakllanishi o‘rganilgan hamda uning konseptosferadagi o‘rni aniqlanib, mazkur konseptning kognitiv strukturasi so‘rovnomaga asoslangan tajriba natijalari asosida ochib berilgan;
“qat’iyat” konseptini ifodalovchi leksemalar aniqlangan, ma’noni ifodalash darajalari belgilangan, qat’iyatning signifikativ yoki konnotativ ifodalari dalillanib, mazkur semantikani berishdagi tilj     birliklarining o‘zaro hamkorligi isbotlangan;
“qat’iyat” konseptining frazemalar, maqollar, o‘xshatishlar orqali ifodalanishi dalillanib, shu orqali o‘zbek xaqli milliy xarakterining tilda voqelanishining o‘zga xosliklari ochiqlangan, olam lisoniy manzarasida xalqning madaniyati, milliy tafakkuri bilan birga milliy xarakteri ham namoyon bo‘lishi aniqlangan;
“qat’iyat” konseptining rasmiy va badiiy uslublarda o‘ziga xos ifodalanishlari isbotlangan va  uslubiy vosita va usullari aniqlanib, nutq maqsadiga ta’siri asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilida “qat’iyat” konseptining lisoniy ifodalanishi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Vatan, xalq, oilani asrashdagi, yaxshilik, taraqqiyot yo‘lidagi qat’iyat aks etgan leksik birliklar, frazema, o‘xshatish, maqollar tahlillariga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2019-2022-yillarda bajarilgan  PZ–2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada  foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti  2024- yil 28-avgustdagi 01/6-2257-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron platformaning til ta’limida madaniy xususiyatlarni singdirish maqsadiga xizmat qiluvchi ma’lumotlar bazasi boyitilgan;
“qat’iyat” konseptini ifodalovchi birliklardan ilmiy loyihada savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obekti nomlari sifatida qo‘llanilishining lingvomadaniy, pragmatik va gender xususiyatlari haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022-2023-yilda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2024-yil 28-iyuldagi 1273-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha “qat’iyat” konsepti orqali o‘zbek xalqi milliy xarakterining tilda voqelanishi ochiqlanganligi, olam lisoniy manzarasida xalqning madaniyati, tafakkur tarzi bilan birga milliy xarakteri ham nomoyon bo‘lishi haqidagi ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
     “qat’iyat” konseptining nutqiy voqelanishi maqollar semantikasi, badiiy va rasmiy uslubdagi matnlar tahlilidagi xulosalardan, shuningdek, tadqiqotda ilgari surilgan “qat’iyat” konsepti tahlili orqali shakllangan milliy mentalitetimizning o‘ziga xos qirralarini ochib beruvchi ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom O‘zbekiston” dasturi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali DUKning 2024-yil 29- oktyabrdagi 06-28 / 944-sonli ma’lumotnomasi). Natijada“qat’iyat” konsepti tahlili orqali shakllangan milliy mentalitetimizning o‘ziga xos qirralarini ochib beruvchi materiallar ko‘rsatuv ilmiy saviyasi oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish