Hayitov Qobil Qurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sust o‘zlashtiruvchi talabalarning shaxslilik xususiyatlari” 19.00.01 – “Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi” (Psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P837
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdumo‘min Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Tursunov Lutfullo Sayfullaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dorsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sust o‘zlashtiruvchi talabalar shaxsining psixologik xususiyatlarini tavsiflovchi yetakchi psixologik omillarni aniqlash va psixologik profilini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
individuallikning formal-dinamik xususiyatlarida plastiklik va tempning etishmasligi intellektual sohadagi erglik va tezlikning quyi darajalari bilan  o‘zaro ta’sirlashuvida  psixomotor, intellektual va kommunikativ sohalardagi faollikning pasayishi sababli  sust o‘zlashtiruvchi talabalarning umumiy moslashuvchanlik imkoniyatini cheklanishiga olib kelishi  aniqlangan;
muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi bilan mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik va g‘ayratlilik kabi irodaviy sifatlari nisbatan quyi shakllanganligi sababli sust o‘zlashtiruvchi talabalar o‘quv faoliyatida pasayishni olib kelganda maqsadli va vositali qadriyatlari ularning ta’lim jarayonidagi yutuqlarini kompensatsiyalashi isbotlangan;
“Sust o‘zlashtiruvchi talaba” = “o‘zini nazorat qilish (-3,2Q3)” va “quvvatsiz (-3.4Q4)”ning quyi darajasi bilan “jasurlik (+8.2H)” va “shubhalanuvchanlik (+9.2L)”ning yuqori darajalari uyg‘unligini ifodalovchi psixologik modelining  mazmuniy tuzilmasiga ko‘ra talabalarning psixologik profilida ijtimoiy jasoratlik, beparvolik, tavakkalchi, betashvishlik, shubhalanuvchan, ichki zo‘riqish, hasad, yuqori mag‘rurlik, dogmatizm, muvaffaqiyatizlik va egosentrizmga moyillik, intizomsiz va o‘zi to‘g‘risidagi fikrlarida ichki ziddiyat  xosligi dalillangan;
faktorli tahlil asosida sust o‘zlashtiruvchi  talabalar faoliyatiga aloqador “qadriyatlar birligi”, “kommunikativlik”, “ijtimoiylashganlik” va “ijodiy o‘zini o‘zi anglash motivlari”dan iborat ijobiy faktorlar bilan birgalikda “yuqori xavotirlanish va quyi mustaqillik”, “maqsad bilan imkoniyatdagi nomutanosiblik”, “quyi kreativlik”, “intellekt sohasidagi plastiklikning quyi darajasi”, “xavotirlanishning kuchayishi sobitqadamlikni pasaytiruvchi”, “quvvatsizlik”, “quyi tashabbuskorlik”, “quyi kasbiy motivlar” va “o‘zini nazorat qilishning quyi darajasi” kabi yetakchi salbiy faktorlar mujassamlashganligi empirik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sust o‘zlashtiruvchi talabalarning shaxslilik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
individuallikning formal-dinamik xususiyatlarida  plastiklik va tempning etishmasligini intellektual sohadagi erglik va tezlikning quyi darajalariga ta’sirida psixomotor faollik, intellektual faollik va kommunikativ faollik indekslarini pasayishi aniqlanganligiga doir ilmiy taklif-tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-sentyabrdagi LM-202a-sonli buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi LM-202a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazilgan o‘quv kurslarida sust o‘zlashtiruvchi talabalarning formal-dinamik xususiyatlari haqida ma’lumot berishga erishilgan;
muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi bilan mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik va g‘ayratlilik kabi irodaviy sifatlari nisbatan quyi shakllanganligi sababli sust o‘zlashtiruvchi talabalar o‘quv faoliyatida pasayishni olib kelganda maqsadli va vositali qadriyatlari ularning ta’lim jarayonidagi yutuqlarini kompensatsiyalashi isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-sentyabrdagi LM-202a-sonli buyrug‘iga asosan “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi LM-202a-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida moduliga kiritilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda, ta’lim samaradorligini oshirishda sust o‘zlashtiruvchi talabalar bilan ishlashda qadriyatlar yo‘nalganligini inobatga olish muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan;
“Sust o‘zlashtiruvchi talaba” = “o‘zini nazorat qilish (-3,2Q3)” va “quvvatsiz (-3.4Q4)”ning quyi darajasi bilan “jasurlik (+8.2H)” va “shubhalanuvchanlik (+9.2L)”ning yuqori darajalari uyg‘unligini ifodalovchi psixologik modelining  mazmuniy tuzilmasiga ko‘ra, talabalarning psixologik profilida ijtimoiy jasoratlik, beparvolik, tavakkalchi, betashvishlik, shubhalanuvchan, ichki zo‘riqish, hasad, yuqori mag‘rurlik, dogmatizm, muvaffaqiyasizlik va egosentrizmga moyillik, intizomsiz va o‘zi to‘g‘risidagi fikrlarida ichki ziddiyat  xosligi dalillanganligiga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-sentyabrdagi LM-202a-sonli buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi LM-202a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan ishlaydigan ta’lim subektlariga sust o‘zlashtiruvchi talabalar shaxs profili haqida ma’lumot berishga xizmat qilgan;
faktorli tahlil asosida sust o‘zlashtiruvchi  talabalar faoliyatiga aloqador “qadriyatlar birligi”, “kommunikativlik”, “ijtimoiylashganlik” va “ijodiy o‘zini o‘zi anglash motivlari”dan iborat ijobiy faktorlar bilan birgalikda “yuqori xavotirlanish va quyi mustaqillik”, “maqsad bilan imkoniyatdagi nomutanosiblik”, “quyi kreativlik”, “intellekt sohasidagi plastiklikning quyi darajasi”, “xavotirlanishning kuchayishi sobitqadamlikni pasaytiruvchi”, “quvvatsizlik”, “quyi tashabbuskorlik”, “quyi kasbiy motivlar” va “o‘zini nazorat qilishning quyi darajasi” kabi yetakchi salbiy faktorlar mujassamlashganligi empirik aniqlanganligiga doir taklif va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-sentyabrdagi LM-202a-sonli buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi LM-202a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sust o‘zlashtiruvchi talabalar shaxsining ustuvor va nuqsonli  xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirishgan xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish