Ergasheva Shaxlo Turgunovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobi metodologiyasini takomillashtirish », 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt714.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Samiddin Nizamovich Tashnazarov, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor, Il`xamov Shavkat Islamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining buxgalteriya hisobi metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korporativ moliyaviy hisobot” tushunchasining iqtisodiy mazmuni hisob usullarining mavjud muqobil variantlarini taqqoslashda talqin etishni tanlash va moliyaviy hisobotlarni standartlashtirishning birxillashtirilishi tufayli moliyaviy axborotni taqdim etishning sifatini oshirish imkonini beruvchi boshqaruv, fiskal, investisiyaviy va tizimli yondashuvlarni chegaralash asosida takomillashtirilgan;
boshqaruvni optimallashtirish (FefBU), innovatsion faollik (PefBU), soliqni optimallashtirish (NefBU), investisiyaviy tuzilmani optimallashtirish (IefBU), ekologiyani optimallashtirish (EefBU), mehnatni optimallashtirish (SefBU) koeffisientlarining o‘rtacha arifmetik qiymatini taqqoslashga asoslangan koeffisientli usuli qo‘llash orqali buxgalteriya hisobi samaradorligini baholash takomillashtirilgan;
elektr energiya korxonalari buxgalteriya hisobini baholash natijalarini koeffisientli usulda baholash shkalasi “g‘oyat past” [BHSg‘p < 0], “past” [0 ≤ BHSp < 1], “o‘rtacha” [1 ≤ BHSo‘ <1,5], “yuqori” [1,5 ≤ BHSyu ≤ 2], “juda yuqori” [2 < BHSjyu] samaradorlik mezonlari qiymatlarining chegaralarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
energetika sohasidagi kompaniyalarda texnik (buxgalteriya hisobining interaktivligi va uni avtomatlashtirish), tashkiliy (buxgalteriya xizmatini optimallashtirish), iqtisodiy (batafsil moliyaviy va ishlab chiqarish buxgalteriya hisobi), ekologik (detallashtirilgan «yashil» buxgalteriya hisobi) va ijtimoiy (korxonada inson resurslariva sifatni boshqarish) novatsiyalarni uyg‘unlashtirish orqali korporativ rejalashtirishning aniqligi va moslashuvchanligini oshirish taklifi asoslangan;
elektr energiya korxonalari boshqaruv hisobini optimallashtirish asosida «Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJning 2027 yilga qadar aktivlari hajmining prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy-uslubiy va amaliy ishlanmalari O‘zbekiston Respublikasi elektr energetikasi bozori xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari buxgalteriya hisobi, ularni korporativ nazorat qilish va korporativ rejalashtirish amaliyotiga joriy etilgan:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra “korporativ moliyaviy hisobot tushunchasi” ning mohiyati "standartlarni birxillashtirishda moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishning yaxshilangan sifati va taqqoslanishida talqin qilishni tanlash" nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Moliyaviy hisobot-2” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 yil 29 yanvardagi 21-sonli buyrug‘i, nashr ruxsatnomasi № 21-09), «Korporativ moliyaviy hisobot» (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 26- oktyabrdagi 340-son buyrugʻiga asosan nashr ruxsatnomasi №340-16), «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06 oktyabrdagi 522-son buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi №522-190) o‘quv kurslarini ishlab chiqishda ta’lim amaliyotida qo‘llanilgan;
boshqaruvni optimallashtirish (FefBU), innovatsion faollik (PefBU), soliqni optimallashtirish (NefBU), investisiyaviy tuzilmani optimallashtirish (IefBU), ekologiyani optimallashtirish (EefBU), mehnatni optimallashtirish (SefBU) koeffisientlarining o‘rtacha arifmetik qiymatini taqqoslashga asoslangan koeffisientli usuli qo‘llash orqali buxgalteriya hisobi samaradorligini baholash bo‘yicha takliflar «Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJ buxgalteriya amaliyotiga joriy etilgan. («Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJ 30 sentyabrdagi № 05-08/1629- sonli ma’lumotnomasi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2024 yil 9 oktyabrdagi №01-02-33/5005-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJ va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ zararlarini qisqartirish hamda ularning zarar ko‘rmay faoliyat ko‘rsatadigan zonaga o‘tishi imkoniyatlarini ochgan holda boshqaruv xarajatlarini kamaytirish, buxgalteriya hisobining samaradorligini, qamrovini va tezkorligini oshirish imkonini bergan;
elektr energiya korxonalari buxgalteriya hisobini baholash natijala-rini koeffisientli usulda baholash shkalasi “g‘oyat past” [BHSg‘p < 0], “past” [0 ≤ BHSp < 1], “o‘rtacha” [1 ≤ BHSo‘ <1,5], “yuqori” [1,5 ≤ BHSyu ≤ 2], “juda yuqori” [2 < BHSjyu] samaradorlik mezonlari qiymatlarining chegaralarini ishlab chiqish asosida asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJlarning buxgalteriya faoliyatiga joriy etilgan. («Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJ 30 sentyabrdagi № 05-08/1629- sonli ma’lumotnomasi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2024 yil 9 oktyabrdagi №01-02-33/5005-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJ va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ buxgalteriya hisobi samaradorligi baholanib, uni oshirish imkoniyatlari yaratilgan.
energetika sohasidagi kompaniyalarda texnik (buxgalteriya hisobining interaktivligi va uni avtomatlashtirish), tashkiliy (buxgalteriya xizmatini optimallashtirish), iqtisodiy (batafsil moliyaviy va ishlab chiqarish buxgalteriya hisobi), ekologik (detallashtirilgan «yashil» buxgalteriya hisobi) va ijtimoiy (korxonada inson resurslariva sifatni boshqarish) novatsiyalarni uyg‘unlashtirish orqali korporativ rejalashtirishning aniqligi va moslashuvchanligini oshirish taklifi «Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJ buxgalteriya amaliyotiga joriy etilgan. («Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJ 30 sentyabrdagi № 05-08/1629- sonli ma’lumotnomasi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2024 yil 9 oktyabrdagi №01-02-33/5005-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJ va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJlarda novatsiyalar birligida tizimli takomillashtirilishi hisobiga korporativ rejalashtirishning aniqligi va moslashuvchanligining oshirilishini ta’minlandi;
elektr energiya korxonalari boshqaruv hisobini optimallashtirish asosida «Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJning 2027 yilga qadar aktivlari hajmining prognoz qiymatlari asosida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJlarning buxgalteriya faoliyatiga joriy etilgan. («Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJ 30 sentyabrdagi № 05-08/1629- sonli ma’lumotnomasi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2024 yil 9 oktyabrdagi №01-02-33/5005-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Issiqlik Elektr Stansiyalari» AJ va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ buxgalteriya faoliyatidagi noaniqlik va xavf-xatarlarni kamaytirdi hamda prognoz qilish imkoniyatlarini kengaytirdi.