Rahmonov Xurshid Xayriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mintaqada engil sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini innovatsion strategik boshqarishni takomillashtirish” 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2040
Ilmiy rahbar: Nizamov Aslitdin Badredinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD. 30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsenti Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsenti Ochilov Sherali Barotovich.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Mintaqada engil sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini innovatsion strategik boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mintaqadagi tarmoq raqobatbardoshligini baholash uslubiyoti, mintaqa raqobat afzalliklari va tarmoq raqobatbardoshligi integral ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liqligida hisoblanadigan “raqobatda barqarorlik indeksi”ni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
Raqobatda barqarorlik mezoni asosida mintaqa uchun engil sanoat tarmog‘ining strategik muhimligi jihatidan diversifikatsiya (0,61≤ ≤1,0), differensiyaatsiya (0,31≤ ≤0,6) va integratsiya (0≤ ≤0,3) chegara diapozonlarida hududlarda to‘qimachilik, tikuvchilik va charm-poyabzal sohalarining raqobatbardoshlik strategiyalari asoslab berilgan;
Buxoro viloyatida engil sanoat tarmoqlarining mintaqada raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishlari va 2028 yilgacha strategik ko‘rsatkichlari prognozi ishlab chiqilgan;
Buxoro viloyatida maqbul strategiya sifatida xalqaro charm-poyabzal klasterini yaratish hamda paxta – to‘qimachilik klasterlarini ilg‘or texnologiyalarga asoslangan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish asosida rivojlantirish taklifi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqalarda engil sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini innovatsion strategik boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy natijalar asosida:
Mintaqada tarmoq raqobatbardoshligini baholash uslubiyotini mintaqa raqobat afzalliklari va tarmoq raqobatbardoshligi integral ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liqligida hisoblanadigan “raqobatda barqarorlik indeksi”ni qo‘llash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari faoliyatida viloyatlarda 2030 yilgacha engil sanoat tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil “30“ sentyabrdagi 03/25-2584-sonli va “O‘zcharmsanoat” uyushmasining, 2024 yil “30” oktyabrdagi MZ-7/3001-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan faydalangan holda engil sanoatning to‘qimachilik, tikuvchilik ishlab chiqarish faoliyatlarini 2030 yilgacha respublika hududlari bo‘yicha rivojlanish parametrlari ishlab chiqilgan hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo “Mexovaya Moda” OK faolyatida raqobatbardoshligini baholash va strategiyasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan. Shuningdek, “Mintaqada engil sanoat tarmoq raqobatbardoshligini taʼminlash modeli” 30.08.2023 yil (№ DGU 27117-sonli) mavzusida berilgan elektron yaratilgan dastur guvohnomasi;
Raqobatda barqarorlik mezoni asosida mintaqa uchun engil sanoat tarmog‘ining strategik muhimligi jihatidan diversifikatsiya (0,61≤ ≤1,0), differensiyaatsiya (0,31≤ ≤0,6) va integratsiya (0≤ ≤0,3) chegara diapozonlarida hududlarda to‘qimachilik, tikuvchilik va charm-poyabzal sohalarining raqobatbardoshlik strategiyalarining asosi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalarining hududlarda tarmoqni rivojlantirish investisiya dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil “30“ sentyabrdagi 03/25-2584-sonli va “O‘zcharmsanoat” uyushmasining, 2024 yil “30” oktyabrdagi MZ-7/3001-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif engil sanoatning to‘qimachilik va tikuvchilik ishlab chiqarish faoliyatlarini 2023-2025 yillarda respublika hududlari kesimida investisiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi PQ-459-son qarori 1-ilovasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo ”BEK BAGS-BUSINESS” OK faolyatiga joriy qilingan bo‘lib, korxonaning 2030 yilgacha mahsulot ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirishni ko‘zda tutadigan rivojlanish parametrlari ishlab chiqilgan;
Buxoro viloyatida engil sanoat tarmoqlarining mintaqada raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishlari va 2028 yilgacha strategik ko‘rsatkichlari prognozidan Buxoro viloyati hokimligi tomonidan sanoatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil “30“ sentyabrdagi 03/25-2584-sonli va “O‘zcharmsanoat” uyushmasining, 2024 yil “30” oktyabrdagi MZ-7/3001-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif engil sanoat tarmoqlarining Buxoro viloyatida rivojlanish istiqbollarini belgilashda foydalanilgan;
Buxoro viloyatida maqbul strategiya sifatida xalqaro charm-poyabzal klasterini yaratish hamda paxta – to‘qimachilik klasterlarini ilg‘or texnologiyalarga asoslangan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish asosida rivojlantirish takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 maydagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-181-son qarorini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307-son qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil “30“ sentyabrdagi 03/25-2584-sonli va “O‘zcharmsanoat” uyushmasining, 2024 yil “30” oktyabrdagi MZ-7/3001-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni joriy etish natijasida Buxoro viloyatida xalqaro brend ostida charm-poyabzal klasterini tashkil etish, qo‘shimcha qiymat yaratish zanjirida tayor mahsulot sotish narxlarini 4-5 barobarga oshirish imkoniyati, shuningdek, “Buxoro Agroklaster” MChJ tarkibida sintetik tola ishlab chiqarishning yillik iqtisodiy samarasi 15,5 mln. AQSh dollarni tashkil qilishi asoslangan.