Ulug‘ov Nurali Abdulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda spichrayter faoliyati va uni takomillashtirish mexanizmlari” mavzusidagi 23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ss452
Ilmiy rahbar: Saidolimov Saidxon Tal’at o‘g‘li. Siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc/03/29.12.2022/Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: Sultonova E’tibor Siddiqovna, s.f.d., professor; Omonov Baxtiyor Axtamovich, s.f.d., professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda spichrayter faoliyati va uni takomillashtirish mexanizmlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning qat’iy siyosiy irodasi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, xususan, davlat va jamiyat boshqaruvidagi shaffoflik va oshkoralik, ichki va tashqi siyosatdagi ochiqlik va pragmatizm sharoitida davlatning xalq bilan o‘zaro siyosiy kommunikatsiyasida yangi davr boshlangani, bu jarayonda spichrayter alohida siyosiy institut sifatida yuzaga kelayotgani ilk bor siyosatshunoslik fanlari kontekstida ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda demokratik tamoyillar asosida xalq bilan ochiq, ishonchli va samarali muloqot o‘rnatish, insonlarni o‘ylantiriyotgan o‘tkir va dolzarb muammolarga birgalikda echim topish, ularni umumiy maqsad va qadriyatlar atrofida birlashtirishda spichrayter instituti o‘ziga xos siyosiy texnologiyalardan biri ekanligi ochib berilgan;   
O‘zbekistonda spichrayter faoliyatini “xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi zarur” degan tamoyil asosida tashkil etish, shuningdek, davlat rahbariga ta’sirchan va ishonchli siyosiy nutq va ma’ruza matnlarini tayyorlashda ilg‘or xorijiy tajribalar, yangi usul va uslublar, zamonaviy texnologiya va mexanizmlarni amaliyotga keng tadbiq etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;    
Davlat rahbarlari va hukumat a’zolari, siyosiy partiyalar yetakchilari, mahalliy hokimiyat vakillarining fuqarolar bilan samarali va ishonchli muloqotni yo‘lga qo‘yish, siyosiy muloqot madaniyatini rivojlantirishda spichrayter va matbuot xizmatlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish hamda uni zamon talablari asosida takomillashtirish zaruriyati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda spichrayter faoliyati va uni takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
siyosiy yetakchilarning xalq va davlat o‘rtasidagi samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish, insonlarni o‘ylantirayotgan o‘tkir va dolzarb muammolar echimiga qaratilgan nutqlarni tayyorlashda ilg‘or xorijiy tajriba asosida yangi usullar, yondashuv va texnologiyalarni, ta’sirchan mexanizmlarni amaliyotga joriy etish yuzasidan ishlab chiqqan ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining rasmiy nutq va chiqishlari, xalqaro tashriflari chog‘idagi ma’ruza va bayonotlari loyihalarini tayyorlash  jarayonida, shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining Spichrayter faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan huquqiy hujjat – Spichrayterning lavozim yo‘riqnomasi hamda ish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 23 maydagi
1-sonli dalolatnomasi). Natijada Oliy Majlis Senati raisi Spichrayteri faoliyatida davlat va jamiyat hayotining dolzarb va o‘tkir muammolarini har tomonlama puxta o‘rganish, aniq dalil va raqamlar tahlili asosida axborot-tahliliy materiallar tayyorlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilib, xalq vakillarining xalqqa ochiq va erkin bo‘lishi, ularning nutq va ma’ruzalarini keng jamoatchilikka xolis va ta’sirchan etkazishda ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonning ijobiy imidjini yanada oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvida shaffoflik, ochiqlik va erkinlikni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri bo‘linmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’sirchan siyosiy texnologiya sifatida davlat rahbarining siyosiy nutqlarining aniq maqsadalarga qaratilganini ta’minlash, tashqi va ichki siyosiy jarayonlarga ta’sirini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida O‘zbekistonda spichrayter faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy chiqishlari, nutq va ma’ruzalari loyihalarini ishlab chiqishda, davlat va jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq o‘ta nozik va dolzarb mavuzlarga bag‘ishlangan “Axborotnoma” maxsus tahliliy to‘plamini muntazam ravishda tayyorlab borishda, shuningdek,  bo‘linma xodimlarining bilim va malakalarini oshirish maqsadida “Spichrayting – muhim siyosiy instrument” (“Spichrayting – kak vajniy politicheskiy instrument”) nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024 yil 21 maydagi 17-1-933-sonli dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri bo‘linmasi faoliyatini nazariy, amaliy hamda ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashga, xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga  xizmat qilmoqda.  
Mamlakatimizda yuz berayotgan muhim islohotlarning mazmun-mohiyatini ochiq va ta’sirchan shaklda ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka etkazish, jamiyat hayotiga oid dolzarb muammolar va ularning echimi yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga oid ilmiy natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan  vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shahar va tuman hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlari va mas'ul xodimlari malakasini oshirish uchun tashkil etilgan seminar-treninglarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2024 yil 23 maydagi 18/1-06-3091-sonli dalolatnomasi). Dissertatsiya natijalarining amaliyotga joriy etilishi respublika idoralarining axborot xizmatlari vakillari va matbuot sohasi xodimlarining bilim va malakalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish