Toshboeva Saidaxon Raxmonberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06- Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P955.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridagi ijodiy qobiliyatlarning namoyon bo‘lishida shaxs qiziquvchanligining tashkilotchilik va muloqotchanlik sifatlariga integratsiyasi ijtmoiy refleksiyani kuchaytirib, fikrlashdagi murakkablik va xayolni intensiv namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli  shaxs xususiyatlari ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy qobiliyatlarni rivojlanishida xayol va tavakkalchilikka moyillikning analitik va sintetik, qiziquvchanlik va qarashlardagi murakkablikning realistik fikrlashga uyg‘un tarzda pedagogik jarayonda namoyon bo‘lishi tufayli tafakkur uslubi yetakchi psixologik determinant ekanligi asoslangan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlanishiga kasbiy-pedagogik yo‘nalganlikning ta’siri natijasida talabaning oliy intellektual hislaridan qiziquvchanligi, ta’limiy keyslarni hal qilishdagi fikrlashning murakkabligi, kreativ g‘oyalarni amalga tatbiq etishdagi tavakkalchilikka moyillikning ta’lim jarayonida intensiv namoyon bo‘lishiga asoslanib, “o‘quv-kasbiy faoliyatga munosabat”ning ustuvor xarakterga ega ekanligi aniqlangan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy qobiliyatni rivojlantirish uchun kreativ fikrlarni malakaviy amaliyotda qo‘llash, pedagogik-psixologik savodxonlik, kuzatuvchanlikni kasbiy-pedagogik yo‘nalganlik negizida shakllanishi muhimligi tufayli ijtimoiy-kognitiv jarayonlarga psixologik ustuvorlik berish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlariga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridagi ijodiy qobiliyatlarning namoyon bo‘lishida shaxs qiziquvchanligining tashkilotchilik va muloqotchanlik sifatlariga integratsiyasi ijtmoiy refleksiyani kuchaytirib fikrlashdagi murakkablik va xayolni intensiv namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli  shaxs xususiyatlari ustuvor harakterga ega ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-196 son buyrug‘i bilan  «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-196 a son ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari taxlil etish imkoniyati yaratilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy qobiliyatlarni rivojlanishda xayol va tavakkalchilikka moyillikning analitik va sintetik, qiziquvchanlik va qarashlardagi murakkablikning realistik fikrlashga uyg‘un tarzda pedagogik jarayonda namoyon bo‘lishi tufayli tafakkur uslubi yetakchi psixologik determinant ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-196 son buyrug‘i bilan  «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-196 a son ma’lumotnoma). Natijada oliy ta’lim muassasalarining amaliyotda ishtirok etayotgan talabalarini ijodiy qobiliyatlari rivojlantirish mezonlarini tadqiq etish imkoniyati asoslab berilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlanishiga kasbiy-pedagogik yo‘nalganlikning ta’siri natijasida talabaning oliy intellektual hislaridan qiziquvchanligi, ta’limiy keyslarni hal qilishdagi fikrlashning murakkabligi, kreativ g‘oyalarni amalga tadbiq etishdagi tavakkalchilikka moyillikning ta’lim jarayonida intensiv namoyon bo‘lishiga asoslanib, “o‘quv-kasbiy faoliyatga munosabat”ning ustuvor harakterga ega ekanligi aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-196 son buyrug‘i bilan  «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-196 a son ma’lumotnoma). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga kasbga bo‘lgan munosabatning ta’sirini aniqlashtirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy qobiliyatni rivojlantirish uchun kreativ fikrlarni malakaviy amaliyotda qo‘llash, pedagogik-psixologik savodxonlik, kuzatuvchanlikni kasbiy-pedagogik yo‘nalganlik negizida shakllanishi muhimligi tufayli ijtimoiy-kognitiv jarayonlarga psixologik ustuvorlik berish zarurati dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-196 son buyrug‘i bilan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-196 a son ma’lumotnoma). Natijada malakaviy amaliyot jarayonida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish