Mamajonova Shoxista Kamoldinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlarda addiktiv xulq shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P503.
Ilmiy rahbar: Yunusova Go‘zal Sultonovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shukurov Baxtiyor Suvonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlik yoshidagi yigit-qizlarda addiktiv xulq shakllanishining ijtimoiy-rsixologik omillarini aniqlash hamda ularni oldini olish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik yoshidagi o‘g‘il bolalarda, qiz bolalarga nisbatan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga tobelikning kuchliligi gender tafovvutlarga bog‘liq ekanligi raqobatbardoshlik, maqom, shuningdek, muvaffaqiyatga intiluvchanlikning omili bo‘lishi ilmiy dalillar bilan isbotlangan;
o‘smirlarda tengqurlar bosimiga qarshi turishi har qanday addiksiyalarga moyillikning pasayishiga olib kelishiga hamda o‘smirlardagi addiksiyalarning pasayishi qadriyatlar avtonomiyasi rivojlanishining psixologik jabhasi ekanligi aniq dalillar bilan asoslangan;
o‘smirlarda yolg‘izlikka moyillikning kuzatilishi, fikrdoshlarini topishga nisbatan ehtiyojning ortishi natijasida o‘smirlarning ijtimoiy munosabatlaridagi qiyinchiliklarga duch kelishi ularning o‘z emotsional holatlarini etkaza olmaslik kabi addiktiv xulq shakllanishining sabablari empirik jihatdan asoslab berilgan;
addiktiv xulqqa moyil o‘smirlarning ijtimoiy xulq-atvor psixokorreksiyasi dasturi asosida, o‘smirlardagi, «yolg‘izlikka moyillik», «emotsional hayrixohlik», «o‘smirlik avtonomiyalari» sohalariga ta’sir ko‘rsatish orqali addiktiv xulqni korreksiya qilishning metodologik-uslubiy imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘smirlarda addiktiv xulq shakllanishining ijtimoiy-rsixologik omillarini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlik yoshidagi o‘g‘il bolalarda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga tobelikning kuchliligi ulardagi gender tafovvutlarga bog‘liq ekanligi raqobatbardoshlik, maqom, shuningdek, muvaffaqiyatga intiluvchanlikning omili bo‘lishi dalillangan. Yangilik markaz qoshidagi rsixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ijtimoiy rsixologiya va xulqi og‘ishganlik rsixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi RM-148-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi emotsional xayrixohlikni me’yorida rivojlanishiga, yolg‘izlikni his qilish darajasini kamayishiga yordam bergan;
o‘smirlarda tengqurlar bosimiga qarshi turishi har qanday addiksiyalarga moyillikning pasayishiga olib kelishiga hamda o‘smirlardagi addiksiyalarning pasayishi qadriyatlar avtonomiyasi rivojlanishining psixologik jabhasi ekanligi asoslangan. Yanglik markaz qoshidagi rsixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ijtimoiy rsixologiya va xulqi og‘ishganlik rsixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi RM-148-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik avtonomiyalarining yosh me’yorlariga mos tarzda rivojlanishi addiktiv xulqqa moyillikni rasaytiruvchi omil sifatida xizmat qilgan;
o‘smirlarda yolg‘izlikka moyillikning kuzatilishi, fikrdoshlarini topishga nisbatan ehtiyojning ortishi natijasida o‘smirlarning ijtimoiy munosabatlaridagi qiyinchiliklarga duch kelishi ularning o‘z emotsional holatlarini etkaza olmaslik kabi addiktiv xulq shakllanishining sabablari empirik jihatdan isbotlangan. Yangilik markaz qoshidagi rsixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ijtimoiy rsixologiya va xulqi og‘ishganlik rsixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi RM-148-a-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘smirlarda addiktiv xulqqa qarshi turuvchi xulq modelini shakllantirishda kognitiv, emotsional, konativ boshqaruvchanlik modelini yaratish orqali uslubiy tavsiyalar takomillashtirilgan;
addiktiv xulqqa moyil o‘smirlarning ijtimoiy xulq-atvor psixokorreksiyasi dasturi asosida, o‘smirlardagi, «yolg‘izlikka moyillik», «emotsional hayrixohlik», «o‘smirlik avtonomiyalari» sohalariga ta’sir ko‘rsatish orqali addiktiv xulqni korreksiya qilishning metodologik-uslubiy imkoniyatlari takomillashtirilgan yangilik markaz qoshidagi rsixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ijtimoiy rsixologiya va xulqi og‘ishganlik rsixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi RM-148-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda addiktiv xulqqa qarshi ijobiy xulq-atvor strategiyalarini namoyon bo‘lishi jarayonida hamkorlik usulining ustuvor xarakterga egaligini dalillash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish