Akramov G‘olibjon Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarni barqaror iqtisodiy rivojlantirishda moliyaviy salohiyat ko‘rsatkichlari tizimini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2037..
Ilmiy rahbar: Kalonov Muhiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarni barqaror iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiluvchi hudud moliyaviy salohiyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro konsepsiyalarni tizimlashtirish orqali potensial daromadlarni real daromadlarga aylantirish imkonini beruvchi omillarni guruhlash asosida sinergetik samaraga erishishga yo‘naltirilgan hududning moliyaviy salohiyatini takomillashtirish usuli taklif qilingan;
hududiy byudjet siyosati samaradorligi va moliyaviy salohiyat darajasini baholashga imkon beruvchi ko‘rsatkichlar tizimlashtirilgan hamda ularning chegaraviy qiymatlari va mezonlari ishlab chiqilgan;
moliyaviy-iqtisodiy holatni baholash va byudjet mustaqilligini ta’minlash sohasidagi istiqbolli usullarni umumlashtirish natijasida moliyaviy salohiyat omillarini bloklarga ajratish asosida hududlarning moliyaviy salohiyatini takomillashtirish dasturi va algoritmi taklif etilgan;
O‘zbekiston hududlariningmoliyaviy salohiyat va byudjet samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni optimistik, pessimistik va realistik baholash orqali hududlarni 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda rivojlantirishning ko‘p variantli prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarni barqaror rivojlanishini ta’minlashda moliyaviy salohiyat va byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
xalqaro konsepsiyalarni tizimlashtirish orqali potensial daromadlarni real daromadlarga aylantirish imkonini beruvchi omillarni guruhlash asosida sinergetik samaraga erishishga yo‘naltirilgan hududning moliyaviy salohiyatini boshqarish usuli taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 16 oktyabrdagi 08/41-2-21559-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida potensial daromadlarni real daromadlarga aylantirish imkonini beruvchi omillarni guruhlash asosida sinergetik samaraga erishishga yo‘naltirilgan hududning moliyaviy salohiyatini boshqarish imkoni yaratilgan;
hududiy byudjet siyosati samaradorligi va moliyaviy salohiyat darajasini baholashga imkon beruvchi ko‘rsatkichlar tizimlashtirilgan hamda ularning chegaraviy qiymatlari va mezonlari ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 16 oktyabrdagi 08/41-2-21559-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy byudjet siyosati samaradorligi va moliyaviy salohiyat darajasini baholash ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlari va mezonlari yordamida aniqlik darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
moliyaviy-iqtisodiy holatni baholash va byudjet mustaqilligini ta’minlash sohasidagi istiqbolli usullarni umumlashtirish natijasida moliyaviy salohiyat omillarini bloklarga ajratish asosida hududlarning moliyaviy salohiyatini boshqarish dasturi va algoritmi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 16 oktyabrdagi 08/41-2-21559-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi istiqbolli usullarni umumlashtirish natijasida moliyaviy salohiyat omillarini bloklarga ajratish asosida ishlab chiqilgan hududlarning moliyaviy salohiyatini boshqarish dasturi va algoritmidan foydalanish imkoni yaratilgan;
moliyaviy salohiyat va byudjet samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi optimistik, pessimistik va realistik omillarni baholash orqali hududlarni 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda rivojlantirishning ko‘p variantli prognozlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 16 oktyabrdagi 08/41-2-21559-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarni rivojlantirishning uzoq muddatli asosiy parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.