Begisheva Nailya Rinadovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy yondashuvlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli taʼlim ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmi”, 13.00.01 –  Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: _____________
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mavlanova Saidaxon Umarovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich pedagogika fanlari doktori, professor, Holikulova Feruza Xasanovna pedagogika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy yondashuvlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli ta’lim  ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-pedagogik asoslari  va didaktik imkoniyatlari kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismlarini maqsadli parametrlarga ko‘ra qiyosiy darajalash hamda xalqaro raqamli ta’limiy innovatsiyalarni implementatsiyalash asosida  takomillashtirilgan;
zamonaviy yondashuvlar asosida raqamli ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari obektiv va subektiv omillari, mezonlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim  texnologiyasidan real ta’limiy sharoitda foydalanishda, o‘rganishdan o‘rgatishgacha tamoyillari hamda “smartland” texnologiyalari asosida takomilllashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirishning funksional modeli universallik va normativlik tamoyillarini maqsaddan natijaga yo‘naltirish hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini modellashtirish usuli orqali modifikatsiyalash asosida optimallashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida mustaqil ta’lim jarayonida raqamli ta’lim ko‘nikmalarini ta’limga oid mobil ilovalar, “Raqamli ta’lim topshiriqlari dasturi” asosida shakllantirish bo‘yicha  ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan va tashkiliy-metodik ta’minoti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-pedagogik asoslari  va didaktik imkoniyatlari kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismlarini maqsadli parametrlarga ko‘ra qiyosiy darajalash hamda xalqaro raqamli ta’limiy innovatsiyalarni implementatsiyalash asosida  takomillashtirilga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ20l70929789-raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonidagi ilg‘or pedagogik ua zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy lohiyada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti 2024-yil 11-dekabrdagi №04/11-12966-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini raqamli ta’lim ko‘nikmalarini oshirishdagi  rolini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
zamonaviy yondashuvlar asosida raqamli ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari obektiv va subektiv omillari, mezonlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim  texnologiyasidan real ta’limiy sharoitda foydalanishda, o‘rganishdan o‘rgatishgacha tamoyillari hamda “smartland” texnologiyalari asosida takomilllashtirilga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mayzusidagi amaliy lohiyada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti 2024-yil 11-dekabrdagi №04/11-12965-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy yondashuvlar asosida raqamli ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari obektiv va subektiv omillari hamda mezonlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim  texnologiyasidan real ta’limiy sharoitda foydalanish texnologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirishning funksional modeli universallik va normativlik tamoyillarini maqsaddan natijaga yo‘naltirish hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini modellashtirish usuli orqali modifikatsiyalash asosida optimallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-461-raqamli “Umumta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik asoslari va qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rganish bo‘yicha multimedia texnologiyalariga asoslangan o‘quv kursi platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti 2024-yil 1-dekabrdagi №04/11-12964-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim fanlarini integratsiyalash asosida o‘qitishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalarni keng o‘qituvchilar ommasiga etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish