Ochilova Xursanoy Maxmud qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarni ustoz-shogird tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Kreativ pedagogika fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 477 (B2023.4.)
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Rajabov Furkat Turakulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Misirov Soxibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Muhammadjon Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedgogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarni ustoz-shogird tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ustoz-shogird tizimi asosida talabalarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda “Kreativ pedagogika” fanini (kasbiy xarakterdagi integrativ topshiriqlar majmuasi, o‘quv axborotini ko‘rgazmali-obrazli va verbal-mantiqiy tarzda havola etish) orqali o‘qitishning uslubiy-didaktik ta’minoti o‘qitish jarayoni tuzilmasi va komponentlarini tadqiq etish hamda pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash orqali mazmunan takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning metodik modeli ustoz-shogird munosabatlarining umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilganligi asosida uzviylik, uzlyuksizlik, intellektuallik va mantiqiylik, umumiylik tamoyillari hamda mantiqiy, evristik, integrativ, tanqidiy, kreativ, innovatsion yondashuvlarga ustuvorlik berish orqali maqsad, pedagogik-jarayon, natija komponentlarining uzviyligida takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda “Kreativ pedagogika” fanini o‘qitish metodikasi kredit-modul tizimi asosida dars mashg‘ulotlarida ta’lim jarayonida interaktiv ta’lim metodlarini qo‘llash hamda texnik va pedagogik dasturiy vositalardan keng foydalanish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagogning kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorgarligini ustoz-shogird tizimi asosida rivojlantirilganligining reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalari, baholash tizimi va indikatorlari prognoz parametrlarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish natijasida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak pedagoglarni ustoz-shogird tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ustoz-shogird tizimi asosida talabalarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda “Kreativ pedagogika” fanini kasbiy xarakterdagi integrativ topshiriqlar majmuasi, o‘quv axborotini ko‘rgazmali-obrazli va verbal-mantiqiy tarzda havola etish orqali o‘qitishning uslubiy-didaktik ta’minoti o‘qitish jarayoni tuzilmasi va komponentlarini tadqiq etish hamda pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash orqali mazmunan takomillashtirishga doir ilmiy yangiliklar Kreativ pedagogika nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil, 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan № 438196 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ustoz-shogird tizizmi asosida bo‘lajak pedagoglarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak pedagoglarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning metodik modeli ustoz-shogird munosabatlarining umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilganligi asosida uzviylik, uzlyuksizlik, intellektuallik va mantiqiylik, umumiylik tamoyillari hamda mantiqiy, evristik, integrativ, tanqidiy, kreativ, innovatsion yondashuvlarga ustuvorlik berish orqali maqsad, pedagogik-jarayon, natija komponentlarining uzviyligida takomillashtirishga oid tavsiyalaridan O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2021-2024-yillarda efirga uzatilgan badiiy eshittirishlar muharriyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” hamda “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining  2024-yil 14-oktyabrdagi 04-36-1114-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashning uzlyuksiz tizimi takomillashtirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda “Kreativ pedagogika” fanini o‘qitish metodikasi kredit-modul tizimi asosida dars mashg‘ulotlarida ta’lim jarayonida interaktiv ta’lim metodlarini qo‘llash hamda texnik va pedagogik dasturiy vositalardan keng foydalanish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 16-noyabrdagi 04/11-10766-son maʼlumotnomasi). Natijada, Kreativ pedagogika fani asosida bo‘lajak pedagoglarni ustoz-shogird tizimi orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak pedagogning kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorgarligini ustoz-shogird tizimi asosida rivojlantirilganligining reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalari, baholash tizimi va indikatorlari prognoz parametrlarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish natijasida optimallashtirishga doir ilmiy tavsiyalar Kreativ pedagogika nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil, 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan № 438196 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashga hamda ta’limda o‘quv kurslar mazmuni, o‘qitish metodikasi va pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish