Mamadalieva Madina Vaxobjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Toshkent shahri sharoitida Monarda didyma L. va M.citriodora Cerv. ex Lag. ning bioekologiyasi”, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/V1306.
Ilmiy rahbar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O’zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Bexzod Abdullaevich, biologiya fanlari doktori; Nigmatullaev Alimjan Magmurovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Monarda didyma L. va M. citriodora Cerv. ex Lag. larning bioekologik xususiyatlarini asoslash va ko‘paytirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Toshkent shahri tuproq-iqlim sharoitida ontogenez davr va bosqichlarini o‘rganish orqali M. didyma, M. citriodora turlari va Jar-ptisa, Bergama, Cambridge scarlet, Mona Liza navlarining  moslashish xususiyatlari aniqlangan;
o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari havo harorati va havoning nisbiy namligiga bog‘liq holda ochib berilgan;
introdusentlarning sutkalik va mavsumiy gullash dinamikasi yoritilgan hamda potensial va haqiqiy urug‘ mahsuldorligini o‘rganish orqali mahsuldorlik koeffisienti baholangan;
turlarning o’sish rivojlanishi va urug‘ mahsuldorligi bilan tashqi muhit omillari o‘rtasidagi korrelyasiya koeffisientlari baholangan;
suv rejimining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali, o‘simliklarning suv miqdori, transpiratsiya jadalligi, suv tanqisligi, suv saqlash qobiliyati aniqlangan;
Tur va navlarning introduksiya sharoitida ko‘paytirish yo‘llari ishlab chiqilgan hamda introduksion baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Monarda didyma, M. citriodora larning bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘simliklarning biomorfologik xususiyatlari hamda urug‘idan va vegetativ ko‘paytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyanoma Toshkent Botanika bog‘i faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil 6-noyabrdagi №4/1255-2471-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent Botanika bog‘ining manzarali va dorivor o‘simliklar kolleksiyasi genofondini boyitish va tajriba ko‘chatxonasida o‘simliklarni ko‘paytirish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini bergan;
olingan natijalar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 26-noyabrdagi №03-03/3-11621-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Resublikamizning o‘rmon xo‘jaligi erlarida Monarda didyma, M. citriodora turlari va Jar-ptisa, Bergama, Mona Liza hamda Cambridge scarlet navlarining plantatsiyalarini yaratish va sifatli er ustki xom-ashyosini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish