Choriev Siroj Hamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxondaryo vohasida eryong‘oq o‘simligi nematodalari va ularning parazit turlariga qarshi kurash choralari”, 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1180.
Ilmiy rahbar: Xurramov Shukur Xurramovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Juginisov Tangirbergan Isaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Saidova Shoira Olimovna, biologiya fanlari falsafa doktori, kichik ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo vohasi sharoitida eryong‘oq o‘simligi ildizi va rizosferasida uchrovchi nematodalar faunasi tarkibini aniqlash hamda keng tarqalgan parazit fitonematodalarga qarshi uyg‘unlashgan samarali kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo vohasi eryong‘oq o‘simligi ildizi va rizosferasida nematodalarning zamonaviy holati tahlil qilinib, 136 tur nematodalar aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston sharoitida eryong‘oq o‘simligi nematodalar faunasi uchun 28 tur fitogelmint qayd etilgan;
nematodalarning ekologik guruhlari va ularning o‘simliklar bilan trofik aloqalari ochib berilgan;
eryong‘oq o‘simligining vegetatsiya davrida nematodalarning populyasiya dinamikasining mavsumiy o‘zgarishlari asoslangan;
eryong‘oq o‘simligida uchrovchi parazit nematodalarga qarshi uyg‘unlashgan profilaktik–agrotexnik, fizikaviy, kimyoviy qarshi kurash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo vohasida eryong‘oq o‘simligi nematodalari va ularning parazit turlariga qarshi kurash choralari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
fermer xo‘jaliklari xodimlari uchun amaliy qo‘llanma sifatida yaratilgan “Eryong‘oq o‘simligini parazit nematodalardan himoya qilish choralari” nomli tavsiyanomasi Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan Surxondaryo vohasining fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024-yil 13-maydagi 01/03-857-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo vohasi eryong‘oq o‘simligi ildizi va rizosferasida uchrovchi nematodalarni aniqlash, ekologiyasini asoslash, mavsumiy dinamikasini o‘rganish va eryong‘oq o‘simligini parazit nematodalardan himoya qilish imkonini bergan;
ildiz bo‘rtma nematodalari bilan zararlangan tuproqlardagi eryong‘oq o‘simligida nematodalarga qarshi Vidat L. 24% preparatini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar (50, 70, 90 ml/m2 sarf meyori) Surxondaryo vohasining Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Sulton Azizbek Paxtakori”, “Sharof O‘sarov” va “Sherdanaqulov Eshpo‘lat” fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 28-maydagi 05/06-04-231-son ma’lumotnomasi). Natijada, parazit nematodalarga qarshi 89,1% biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan;
ildiz bo‘rtma nematodalariga qarshi solyarizatsiya usulini qo‘llash yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar (3 xil variantda rangsiz va qora plyonkalar yordamida hamda ochiq maydonda) Surxondaryo vohasining Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Sulton Azizbek Paxtakori”, “Sharof O‘sarov” va “Sherdanaqulov Eshpo‘lat” fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 28-maydagi 05/06-04-231-son ma’lumotnomasi). Natijada, solyarizatsiya usulini parazit nematodalarga nisbatan qora polietilen plyonka yordamida qo‘llanilganda 90,3%, rangsiz polietilen plyonka yordamida qo‘llanilganda esa 87,8% biologik samadorlikka erishilgan hamda fermer xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqalarda eryong‘oq o‘simligi hosildorligini oshirish imkonini bergan.