Valiev Abduaziz Abdusamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Psoriaz kasalligi bilan xastalangan bemor bolalarda klinik, immuno-genetik tekshiruvlar”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.3.PhD/Tib2108.
Ilmiy rahbar: Xaitov Qaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxam Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Azizov Baxodir Sadikovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi psoriaz kasalligi bilan xastalangan bemor bolalarda genetik va klinik-immunologik tekshiruvlar orqali kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda psoriaz kasalligining aksariyat hollarda 6 yoshdan keyin boshlanishi, teridagi patologik jarayonning bemorlarning bosh sochli qismi badani, qo‘l va oyoqlarining yozuvchi sohalarida tarqoq joylashishi, 85% bemorlarda rivojlanish (progressiv) klinik kechish davrining qayd etilishi hamda 70,1% bemorlarda toshmalarning bosh sochli qismida joylashish klinik xususiyatlari isbotlangan;
bolalarda o‘sma nekrozi omili-α (TNF-α) genining 308G>A (rs1800629) geterozigot genotipi mavjudligida psoriaz kasallikning rivojlanish xavfi ortishi, ushbu polimorfizm bolalarda psoriaz rivojlanishi yuqori xavfining genetik markeri sifatida e’tirof etilishi, G/G genotipi himoya funksiyasini bajarishi isbotlangan;
psoriazning chegaralangan shakli bilan og‘rigan bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan TNF-α ko‘rsatkichlarining (mos ravishda 14,96 ± 0,47 pg/ml va 24,29 ± 1,10 pg/ml) ishonchli oshishi (p<0,05) hamda kasallikning tarqoq shakli bo‘lgan bolalarda nazorat guruhiga nisbatan TNF-α ko‘rsatkichlari (mos ravishda 1,46 ± 0,07 pg/ml va 37,26 ± 1,47 pg/ml) ishonchli oshishi (p<0,001) va IL-4 miqdorining (mos ravishda 14,96 ± 0,47 pg/ml va 1,74 ± 0,15 pg/ml) ishonchli kamayishi (p<0,001) qayd etilib yallig‘lanishga xos va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ko‘rsatkichlari, kasallikning klinik kechishi (tarqoq shakli) va og‘irligi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
psoriaz bilan xastalangan bolalarda immunologik o‘zgarishlarni hisboga olgan holda glyukozaminilmuramildipeptid preparati yordamida kompleks davo natijasida an’anaviy davo usuliga nisbatan kasallikning chegaralangan (31,0 ± 0,97 dan 18,5 ± 0,76 gacha) va tarqoq (42,2 ± 0,42 dan 30,2 ± 0,35 gacha) shakllarida PASI indeksi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 1,5 baravarga ishonchli pasayishi (p<0,01), TNF-α miqdori kasallikning chegaralangan (23,25 ± 0,93 dan 16,32 ± 0,76 gacha) va tarqoq (37,65 ± 1,73 dan 26,81 ± 1,11 gacha) shakllarida o‘rtacha 1,4 baravarga ishonchli pasayishi (p<0,05) hamda bemorlarning 42,3% da klinik sog‘ayish va 30,5% da sezilarli yaxshilanish holatlari bilan ifodalangan ishlab chiqilgan kompleks davolash usulining yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Psoriaz kasalligi bilan xastalangan bemor bolalarda genetik va klinik-immunologik tekshiruvlar orqali kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish hamda patogenetik asoslangan davolash usullarini takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda psoriaz kasalligi aksariyat hollarda 6 yoshdan keyin boshlanishi, jarayonning bemorlarning bosh sochli qismi, badani, qo‘l va oyoqlarining yozuvchi sohalarida tarqoq joylashishi, 85% bemorlarda rivojlanish (progressiv) klinik kechish davrining qayd etilishi hamda 70,1% bemorlarda toshmalarning bosh sochli qismida joylashish klinik xususiyatlari kuzatilishi Toshkent shahar 3-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 28.08.2023 yildagi №73-son buyruq hamda Toshkent shahar 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 24.08.2023 yildagi №116-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/45-son xulosasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi bolalarda psoriaz kasalligi aksariyat hollarda 6 yoshdan keyin boshlanishi, jarayonning bemorlarning bosh sochli qismi, badani, qo‘l va oyoqlarining yozuvchi sohalarida tarqoq joylashishi, 85% bemorlarda rivojlanish (progressiv) klinik kechish davrining qayd etilishi hamda 70,1% bemorlarda toshmalarning bosh sochli qismida joylashish klinik xususiyatlari mutaxassislar tomonidan kasalliknni erta tashxislashda aniq diagnostik mezonlardan foydalanishga va psoriaz bilan xastalangan bemorlarni davolashda samarali patogenetik usulni belgilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bolalarda psoriaz kasalligi aksariyat hollarda 6 yoshdan keyin boshlanishi, jarayonning bemorlarning bosh sochli qismi, badani, qo‘l va oyoqlarining yozuvchi sohalarida tarqoq joylashishi, 85% bemorlarda rivojlanish (progressiv) klinik kechish davrining qayd etilishi hamda 70,1% bemorlarda toshmalarning bosh sochli qismida joylashish klinik xususiyatlarini e’tiborga olish kasallikni tashxislashda qo‘shimcha invaziv tekshiruvlardan (gistologik tahlil) dan voz kechish hisobiga bir tekshiruvga sarflanadigan 279 600 so‘m, 96 nafar bemorga 26841600 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: psoriazni to‘g‘ri va erta tashxislashda aksariyat hollarda 6 yoshdan keyin boshlanishi, jarayonning bemorlarning bosh sochli qismi, badani, qo‘l va oyoqlarining yozuvchi sohalarida tarqoq joylashishi, 85% bemorlarda rivojlanish (progressiv) klinik kechish davrining qayd etilishi hamda 70,1% bemorlarda toshmalarning bosh sochli qismida joylashish klinik xususiyatlari isbotlanib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 279600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘sma nekrozi omili-α (TNF-α) genining 308G>A (rs1800629) geterozigot genotipi mavjudligida psoriaz kasallikning rivojlanish xavfi ortishi, ushbu polimorfizm bolalarda psoriaz rivojlanishi yuqori xavfining genetik markeri sifatida e’tirof etilishi, G/G genotipi himoya funksiyasini bajarishi Toshkent shahar 3-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 28.08.2023 yildagi №73-son buyruq hamda Toshkent shahar 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 24.08.2023 yildagi №116-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/45-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi bolalarda o‘sma nekrozi omili-α (TNF-α) genining 308G>A (rs1800629) geterozigot genotipi mavjudligida psoriaz kasallikning rivojlanish xavfi ortishi, ushbu polimorfizm bolalarda psoriaz rivojlanishi yuqori xavfining genetik markeri sifatida e’tirof etilishi, G/G genotipi himoya funksiyasini bajarishini aniqlanishi dermatolog hamda pediatr, allergolog mutaxassislari tomonidan psoriazni erta tashxislashda aniq immun-genetik diagnostik mezonlardan foydalanishga hamda psoriaz bilan xastalangan bemorlarni davolashda samarali patogenetik usulni belgilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bolalarda o‘sma nekrozi omili-α (TNF-α) genining 308G>A (rs1800629) geterozigot genotipi mavjudligida psoriaz kasallikning rivojlanish xavfi ortishi, ushbu polimorfizm bolalarda psoriaz rivojlanishi yuqori xavfining genetik markeri sifatida e’tirof etilishi, G/G genotipi himoya funksiyasini bajarishini isbotlanishi orqali kasallikni tashxislash muddatini qisqartirish hamda erta samarali patogenetik davolashni begilash imkonini yaratgan (ToshPTI klinikasining preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 120000 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 106 nafar bemor hisobidan 114480000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi). Xulosa: bolalarda psoriazni o‘sma nekrozi omili-α (TNF-α) genining 308G>A (rs1800629) geterozigot genotipi aniqlanishi kasallikni erta tashxislashda dermatolog hamda boshqa mutaxassislarni jalb qilish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 55000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: psoriazning chegaralangan shakli bilan og‘rigan bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan TNF-α ko‘rsatkichlarining (mos ravishda 14,96 ± 0,47 pg/ml va 24,29 ± 1,10 pg/ml) ishonchli oshishi (p<0,05) hamda kasallikning tarqoq shakli bo‘lgan bolalarda nazorat guruhiga nisbatan TNF-α ko‘rsatkichlari (mos ravishda 1,46 ± 0,07 pg/ml va 37,26 ± 1,47 pg/ml) ishonchli oshishi (p<0,001) va IL-4 miqdorining (mos ravishda 14,96 ± 0,47 pg/ml va 1,74 ± 0,15 pg/ml) ishonchli kamayishi (p<0,001) qayd etilib yallig‘lanishga hos va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ko‘rsatkichlari, kasallikning klinik kechishi (tarqoq shakli) va og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi Toshkent shahar 3-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 28.08.2023 yildagi №73-son buyruq hamda Toshkent shahar 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 24.08.2023 yildagi №116-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/45-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi psoriazning chegaralangan shakli bilan og‘rigan bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan TNF-α ko‘rsatkichlarining (mos ravishda 14,96 ± 0,47 pg/ml va 24,29 ± 1,10 pg/ml) ishonchli oshishi (p<0,05) hamda kasallikning tarqoq shakli bo‘lgan bolalarda nazorat guruhiga nisbatan TNF-α ko‘rsatkichlari (mos ravishda 1,46 ± 0,07 pg/ml va 37,26 ± 1,47 pg/ml) ishonchli oshishi (p<0,001) va IL-4 miqdorining (mos ravishda 14,96 ± 0,47 pg/ml va 1,74 ± 0,15 pg/ml) ishonchli kamayishi (p<0,001) qayd etilib yallig‘lanishga hos va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ko‘rsatkichlari, kasallikning klinik kechishi (tarqoq shakli) va og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi dermatolog hamda pediatr, allergolog mutaxassislari tomonidan psoriazni erta tashxislashda aniq immunologik diagnostik mezonlardan foydalanishga hamda psoriaz bilan xastalangan bemorlarni davolashda samarali patogenetik usulni qo‘llash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi psoriazning chegaralangan shakli bilan og‘rigan bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan TNF-α ko‘rsatkichlarining (mos ravishda 14,96 ± 0,47 pg/ml va 24,29 ± 1,10 pg/ml) ishonchli oshishi (p<0,05) hamda kasallikning tarqoq shakli bo‘lgan bolalarda nazorat guruhiga nisbatan TNF-α ko‘rsatkichlari (mos ravishda 1,46 ± 0,07 pg/ml va 37,26 ± 1,47 pg/ml) ishonchli oshishi (p<0,001) va IL-4 miqdorining (mos ravishda 14,96 ± 0,47 pg/ml va 1,74 ± 0,15 pg/ml) ishonchli kamayishi (p<0,001) qayd etilib yallig‘lanishga hos va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ko‘rsatkichlari, kasallikning klinik kechishi (tarqoq shakli) va og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi isbotlanishi orqali kasallikni tashxislash muddatini qisqartirish hamda erta samarali patogenetik davolashni begilash imkonini yaratgan (ToshPTI klinikasining preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 120000 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 106 nafar bemor hisobidan 114480000 mablag‘ iqtisod qilinadi). Xulosa: bolalarda psoriazni erta tashxislashda tegishli immunologik tekshiruvlarni o‘tkazish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 225000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: psoriaz bilan xastalangan bolalarda immunologik o‘zgarishlarni hisboga olgan holda glyukozaminilmuramildipeptid preparati yordamida kompleks davo natijasida an’anaviy davo usuliga nisbatan kasallikning chegaralangan (31,0 ± 0,97 dan 18,5 ± 0,76 gacha) va tarqoq (42,2 ± 0,42 dan 30,2 ± 0,35 gacha) shakllarida PASI indeksi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 1,5 baravarga ishonchli pasayishi (p<0,01),  TNF-α miqdori kasallikning chegaralangan (23,25 ± 0,93 dan 16,32 ± 0,76 gacha) va tarqoq (37,65 ± 1,73 dan 26,81 ± 1,11 gacha) shakllarida o‘rtacha 1,4 baravarga ishonchli pasayishi (p<0,05) hamda bemorlarning 42,3% da klinik sog‘ayish va 30,5% da sezilarli yaxshilanish holatlari qayd etilishi Toshkent shahar 3-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 28.08.2023 yildagi №73-son buyruq hamda Toshkent shahar 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 24.08.2023 yildagi №116-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/45-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra glyukozaminilmuramildipeptid (likopid) dori vositasini qo‘llash bemorlarda PASI indeksi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 1,5 baravarga pasayishi, TNF-α miqdori o‘rtacha 1,4 baravarga pasayishi, klinik sog‘ayish va teridagi patologik jarayonning yaxshilanishi holatlarining sezilarli ravishda 72,8%ga oshishiga olib keladi. Olingan natijalar asosida glyukozaminilmuramildipeptid (likopid) dori vositasini dermatologiya amaliyotida keng qo‘lamda foydalanish imkoniyatini bergan. Taklif etilgan kompleks davolash usuli bemor immun tizimi holatini korreksiyalagan va klinik jihatdan ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi olib borilgan davolash usuli bemorlarda davolanish samaradorligini 72,8%ga oshirgan. Buning negizida bemorlarning davolanishga qaratilgan pullik harajatlari 1,2 baravarga kamaygan (ToshPTI klinikasining preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 120000 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 59 nafar bemor hisobidan 14160000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi). Xulosa: bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 8 kunga qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori tahminan 240000 so‘mga kamaytirilgan (ToshPTI klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 120000 so‘mni tashkil qiladi), shifoxonada bo‘lish davrining 8 kunga qisqarishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Psoriazning turli shakllari bilan xastalangan bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 240000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish