Edilov Umid Abdurazakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolalarda bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlarini tashxislash va davolashning zamonaviy jihatlari”, 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tib1267.
Ilmiy rahbar: Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Urinbaev Payzulla Urinbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Xujanazarov Ilxom Eshqulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maqsadi bolalarda bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlarini, tirsak bo‘g‘imi, tirsak suyagi deformatsiyalarini diagnostikasi va halqasimon boylam plastikasining optimal usulini yaratish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlari bo‘lgan kichik yoshdagi bolalarda noinvaziv ul`tratovush usuli yordamida halqasimon boylamni operatsiyadan oldingi va keyingi anatomik xususiyatlari va tuzilishi tavsiflangan, tirsak bo‘g‘imida yo‘qotilgan funksiyalarning tiklanish davriyligi davomidagi holati bilan bog‘liqligi isbotlangan;
bolalarda bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlarini xirurgik davolashda m.anconeusdan hosil qilingan boylam anatomik va funksional jihatdan xalqasimon boylamning vazifasini to‘liq bajara olishi isbotlangan;
bolalarda bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlarini xirurgik davolashda tirsak suyagi anatomik va mexanik o‘qlaridan o‘tkazilgan referent chiziqlardan hosil bo‘lgan burchaklarni inobatga olgan xolda hosil bo‘lgan burchaklar 5°dan 10°gacha bo‘lganda xalqasimon boylam plastikasi, burchak 10°dan yuqori bo‘lganda tirsak suyagi deformatsiya cho‘qqisidan korreksiyalovchi osteotomiya qilish ishlab chiqilgan, bunda bilak suyaklarini anatomik tiklanishi xamda elka-bilak va bilak-tirsak bo‘g‘imlari funksiyalarining normallashishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan xirurgik usul asosida: bilak suyagi boshchasini joyiga solish+halqasimon boylam plastikasi, transartikulyar six bilan fiksatsiya va tirsak suyagi osteotomiyasi jarrohlik kombinatsiyalarini differensial tanlash orqali bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlarida davolash natijalari yaqin davrda 99,4+0,43 ball, uzoq davrda 99,7+0,15 ball ko‘rsatkichlari orkali asoratlarning oldi olinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yilning 25 sentyabrdagi 6 -sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosa.
birinchi ilmiy yangilik: bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlari bo‘lgan kichik yoshdagi bolalarda noinvaziv ul`tratovush usuli yordamida halqasimon boylamni operatsiyadan oldingi va keyingi anatomik xususiyatlari va tuzilishi tavsiflangan, tirsak bo‘g‘imida yo‘qotilgan funksiyalarning tiklanish davriyligi davomidagi holati bilan bog‘liqligi isbotlangan; Buxoro (03.01.2020y.), va Sirdaryo (02.10.2023y.) viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining klinikalariga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlari bo‘lgan kichik yoshdagi bolalarda neinvaziv ul`tratovush to‘lqini yordamida halqasimon boylamni operatsiyadan oldingi va keyingi anatomik xususiyati va tuzilishi to‘liq o‘rganildi, bu esa tirsak bo‘g‘imida erta reabililitatsiya qilinishi natijasida, qoniqarli ko‘rsatkichlar 22,8%ga va qoniqarsiz natijalar 8,6% gacha kamayishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Yuqoridagilarni qo‘llanilishi qayta jarrohlik amaliyoti bajarmaslik, jarrohlik muolajasidan keyin uzoq vaqt mobaynida tashqi fiksatsiyalarni qo‘llanilmaslikka imkon beradi. 2) Yuqorida keltirilgan Ligamentum anulari boylami operatsiyadan keyin bilak suyagini mustahkam fiksatsiya qilish imkonini berdi. Xulosa: m.anconeus mushagidan tayyorlangan boylam anatomik va tarkibiy jihatdan Ligamentum anulari boylamini qo‘llash 1 nafar bemor uchun 2160000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlarini xirurgik davolashda m.anconeusdan hosil qilingan boylam anatomik va funksional jihatdan xalqasimon boylamning vazifasini to‘liq bajara olishi isbotlangan: tavsiya etilgan usul, bilak boshchasini anatomik joyida muallaq normada mustahqam fiksatsiya qilishi, bo‘g‘imda bilak suyagi boshchasini erkin harakat qilishini ta’minlashi va bilak suyagi boshchasi qayta chiqishi oldi olinishi; Buxoro (03.01.2020y.), va Sirdaryo (02.10.2023y.) viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish qo‘l o‘qini to‘g‘irlash, jarrohlik aralashuvi vaqtini qisqartirishi, erta reabilitatsiya boshlash va tirsak bo‘g‘imlari funksiyasini to‘liq tiklash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini 5,7% gacha kamaytirishga imkon beradi; • yumshoq to‘qimalarga kam jarohat etkazish, asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 96,5% yaxshi natijalar olish imkonini beradi; • taklif etilgan jarrohlik davolash usulidan foydalanish bolalarda bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlarini tashxislash va xirurgik davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada yotish davri uchun: - bemorning shifoxonada yotish muddatini o‘rtacha 10 kundan 7 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 5040000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 331000 so‘mni tashkil qiladi). - qayta operatsiyasi bilan taqlid etilgan jarrohlik muolajasining farqi 7420000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning sog‘lomlashishini tezlashtiradi va nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: m.anconeusdan tayyorlangan boylam autoplastikasi, bolalarda bilak suyagi boshchasi ekirgan chiqishlari bo‘lgan bemorlarni, bilak suyagi boshchasini joyiga solish, halqasimon bog‘lam plastikasi va transartikulyar six bilan fiksatsiyasi orqali amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti 1ta bemor uchun 7420000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlarini xirurgik davolashda tirsak suyagi anatomik va mexanik o‘qlaridan o‘tkazilgan referent chiziqlardan hosil bo‘lgan burchaklarni inobatga olgan xolda hosil bo‘lgan burchaklar 5°dan 10°gacha bo‘lganda xalqasimon boylam plastikasi, burchak 10°dan yuqori bo‘lganda tirsak suyagi deformatsiya cho‘qqisidan korreksiyalovchi osteotomiya qilish ishlab chiqilgan, bunda bilak suyaklarini anatomik tiklanishi xamda elka-bilak va bilak-tirsak bo‘g‘imlari funksiyalarining normallashishi isbotlangan; Buxoro (03.01.2020y.), va Sirdaryo (02.10.2023y.) viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - rentgenografiya va MSKT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanib, bolalarda bilak suyagi boshchasini eskirgan chiqishini davolashning klinik, funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, jarrohlik jarayonini va umumiy davolanish vaqtini qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va tirsak bo‘g‘imi funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - rentgenografiya va MSKT tekshiruvlarga asoslanib qabul qilingan algoritmini xirurgik davolash tavsiya etilishi, rentgenografiya va MSKT tekshiruvlarga ko‘ra, bolalarda bilak suyagi boshchasini eskirgan chiqishi bo‘lgan bemorlarni tirsak suyagi anatomik va mexanik o‘qlaridan o‘tkazilgan referent chiziqlardan hosil bo‘lgan burchaklarni inobatga olish va Ligamentum anulari boylamini autoplastika qilish orqali differensial yondashish jarrohlik muolajasidan foydalanish, amaliyotdan keyingi asoratlarni oldi olishi va nogironlik darajasini pasaytirish iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Bolalarda bilak suyagi boshchasini eskirgan chiqishini xirurgik davolashning takomillashtirilgan usulini tanlash taktikasini qo‘llash hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergan. Takror jarrohlik amaliyoti yordami bolalarda bilak suyagi boshchasini eskirgan chiqishi bo‘lgan bemorlarni, tirsak suyagi deformatsiya cho‘qqisini korreksiyalovchi osteotomiyasi, sixlar bilan osteosintezi, bilak suyagi boshchasini ochiq joyiga solish va halqasimon boylam plastikasi, six yordamida transartikulyar fiksatsiyasi orqali amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti 1 nafar bemor uchun 2880000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan xirurgik usul asosida: bilak suyagi boshchasini joyiga solish+halqasimon boylam plastikasi, transartikulyar six bilan fiksatsiya va tirsak suyagi osteotomiyasi jarrohlik kombinatsiyalarini differensial tanlash orqali bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlarida davolash natijalari yaqin davrda 99,4+0,43 ball, uzoq davrda 99,7+0,15 ball ko‘rsatkichlari orkali asoratlarning oldi olinishi isbotlangan. Buxoro (03.01.2020y.), va Sirdaryo (02.10.2023y.) viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: halqasimon boylam autoplastikasi, tirsak suyagini korreksiyalovchi osteotomiyasi amaliyotidan foydalanish bilak suyagi boshchasini eskirgan chiqishi bo‘lgan bemorlarning jarrohlik usulida davolash ko‘rsatkichlarini kengaytiradi va 96,5% hollarda yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi, bu esa bilak suyagi boshchasini mustahkamlash, joyida erkin muallaq harakatlanishi, minimal asoratlar, shifoxonada davolanishning muddati qisqarishi va tirsak bo‘g‘imining klinik, funksional va anatomik tiklanish vaqtini qisqartirish bilan davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada yotish davri uchun: - bemorning shifoxonada yotish muddatini 14 kundan 7 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada to‘lov miqdori taxminan 5040000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 331000 so‘mni tashkil qiladi qayta operatsiyasi bilan taqlid etilgan jarrohlik muolajasining farqi 7200000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi. 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: Halqasimon boylam autoplastikasi, tirsak suyagini korreksiyalovchi osteotomiyasi amaliyoti amalga oshiriladigan jarrohlik muolajasi 1 nafar bemor uchun 7200000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.