Xolova Zarina Boymurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda fetoplatsentar disfunksiyasini profilaktikasi va davolashning klinik va patogenetik jihatlari”, 14.00.01– Akusherlik va ginekologiya.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib2998.
Ilmiy rahbar: Shukurov Farxad Ishkulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Baxodir Boburovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: homilador ayollarda COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq fetoplatsentar disfunksiyani klinik-patogenetik jixatlari hamda platsentaning morfologik xususiyatlari va mikrobiotasini tahlil natijalariga asoslangan prognozlash, profilaktika va davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlik davrida COVID-19 bilan bog‘liq fetoplatsentar disfunksiyasini o‘tkazgan ayollarda platsenta hajmining kichrayishi va so‘rg‘ichlar stromasida shish paydo bo‘lishi, xorion villalari sonining kamayishi, distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlar, kapillyarlar sonining kamayishi va gemoliz o‘choqlari kabi morfologik o‘zgarishlar aniqlangan;
homiladorlik davrida platsentadagi Lactobacillus sonining kamayishi va Clostridium difficile va Prevotella bivia bakteriyalarning ko‘payishi oqibatida chaqaloqlarda asfiksiya, kam vaznli tug‘ilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlanib, kasallikning og‘irlik darajasi bilan platsenta mikrobiotasidagi o‘zgarishlar o‘rtasida kuchli korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda sitokinlar miqdor darajasi ko‘rsatkichlariga asoslangan Fetoplacental Inflammatory Index (FPI) yordamida fetoplatsentar disfunksiyasini rivojlanish ehtimolini prognozlash usuli ishlab chiqilgan;
homiladorlik davrida COVID-19 bilan bog‘liq fetoplatsentar disfunksiyani kechirgan ayollarning platsenta mikrobiotasi tarkibiy ko‘rsatkichlari asosida mikrobiotik indeks yordamida fetoplatsentar disfunksiyasini tashxislash modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollarda COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq fetoplatsentar disfunksiyani klinik-patogenetik jixatlari hamda platsentaning morfologik xususiyatlari va mikrobiotasini tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlik davrida COVID-19 bilan bog‘liq fetoplatsentar disfunksiyasini o‘tkazgan ayollarda platsenta hajmining kichrayishi va so‘rg‘ichlar stromasida shish paydo bo‘lishi, xorion villalari sonining kamayishi, distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlar, kapillyarlar sonining kamayishi va gemoliz o‘choqlari kabi morfologik o‘zgarishlar aniqlangan. Ijtimoiy samaradorli.: COVID-19 bilan bog‘liq fetoplatsentar disfunksiyani davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqish orqali homilador ayollardagi salomatlikni yaxshilash imkoniyati paydo bo‘ldi. Ushbu tadqiqot natijasiga ko‘ra, onalar va bolalar sog‘lig‘iga oid xavf-xatarlar kamayib, akusherlik asoratlari va perinatal muammolarni oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 850000 so‘m byudjet mablag‘lari fetoplatsentar disfunksiyani davolash va profilaktika usullarini joriy etish orqali statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyoj 25% ga kamayishi natijasida iqtisod qilinadi. Xulosa:
ikkinchi ilmiy yangilik: homiladorlik davrida platsentadagi Lactobacillus sonining kamayishi va Clostridium difficile va Prevotella bivia bakteriyalarning ko‘payishi oqibatida chaqaloqlarda asfiksiya, kam vaznli tug‘ilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlanib, kasallikning og‘irlik darajasi bilan platsenta mikrobiotasidagi o‘zgarishlar o‘rtasida kuchli korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq fetoplatsentar disfunksiya aniqlangan homilador ayollarda akusherlik va perinatal natijalarni baholash orqali tadqiqotda qo‘llanilgan tashxisot, davolash va profilaktika usullarining samaradorligini yaxshilash hamda akusherlik asoratlarini 2,2 baravar va perinatal asoratlarni 2,1 baravarga kamaytirish hamda davolash sifatini oshirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 600000 so‘m byudjet mablag‘lari fetoplatsentar disfunksiya aniqlangan homilador ayollarda akusherlik va perinatal natijalarni baholash orqali statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyoj 15% ga kamayishi natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik:  COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda sitokinlar miqdor darajasi ko‘rsatkichlariga asoslangan Fetoplacental Inflammatory Index (FPI) yordamida fetoplatsentar disfunksiyasini rivojlanish ehtimolini prognozlash usuli ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda fetoplatsentar disfunksiyaning rivojlanishini prognozlash maqsadida, qon zardobidagi IL-1β, IL-4, IL-6, IL-8, IL-10 va IFN-γ kabi sitokinlarning miqdor darajalariga asoslangan Fetoplacental Inflammatory Index (FPI) yordamida fetoplatsentar disfunksiyani erta aniqlash va homiladorlik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 3930000 so‘m byudjet mablag‘lari Fetoplacental Inflammatory Index (FPI) ni qo‘llash fetoplatsentar disfunksiya rivojlanishini prognozlash orqali mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar sonini 2 martaga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi
to‘rtinchi ilmiy yangilik. homiladorlik davrida COVID-19 bilan bog‘liq fetoplatsentar disfunksiyani kechirgan ayollarning platsenta mikrobiotasi tarkibiy ko‘rsatkichlari asosida mikrobiotik indeks yordamida fetoplatsentar disfunksiyasini tashxislash modeli ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mikrobiotani tahlil qilish natijalariga ko‘ra, Clostridium difficile va Prevotella bivia bakteriyalarining soni 2,5 baravarga oshib, Lactobacillus bakteriyalarining miqdori 2,1 baravarga kamaygani aniqlangan. Platsenta mikrobiotasi tarkibiy ko‘rsatkichlariga asoslangan mikrobiotik indeksi yordamida ishlab chiqilgan tashxislash modeli homilador ayollarda fetoplatsentar disfunksiyani samarali tashxislash hamda davolash strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 1320000 so‘m byudjet mablag‘lari platsenta mikrobiotasi tahlillari asosida ishlab chiqilgan mikrobiotik indeksga tayangan fetoplatsentar disfunksiyani tashxislash modeli tufayli tashxislash jarayoni 1,5 baravar tezlashib, laborator tahlillar va instrumental tekshiruvlar soni qisqarishi natijasida iqtisod qilinadi. Xulosa. COVID-19 bilan bog‘liq fetoplatsentar disfunksiyani kechirgan ayollarning platsenta mikrobiotasi tarkibiy ko‘rsatkichlari asosida mikrobiotik indeks yordamida fetoplatsentar disfunksiyasini tashxislash modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 mayda 05-23/33-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda fetoplatsentar disfunksiyani tashxislash, prognozlash, davolash va profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 04.04.2024-yildagi №62-son va 3-tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 17.04.2024-yildagi №63-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/83-son xulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish